Mazkur tadqiqotda kaft tasviri bazalari biometrik identifikatsiya tizimlarining asosiy resursi sifatida har tomonlama tahlil qilingan bo'lib. unda bazalami tuzish jarayoni, ularni texnik xususiyatlari va qo'llanilish sohalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, CASIA Palmprint, NEC Palm Database va PolyU Multispcetral kabi mavjud bazalar tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida sifat muammolari, maxfiylik masalalari, standartlashtirishdagu muammolar va texnik cheklovlar aniqlangan bo'lib, ishda ularni hal etish uchun tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.
Мақолада сунъий интеллект усулларига асосланган модулларни бирлаштиришга асосланган илмий ва ўкув ахборот қидирув тизимларини яратиш муҳокама қилинади. Муаммонинг долзарблиги илмий, ўқув ва технологик муаммоларни ҳал қилиш учун маълумотлар базаларида маълумот кидириш самарадорлигини ошириш зарурати билан изохланади.
Mazkur tadqiqotda IDEF mctodologiyasini turlari tahlil qilingan bo'lib. unda nutqni matnga va matnni nutqqa o‘tkazish hamda o‘zbek tilidan rus va ingliz tillariga tarjima qilish jarayonlarini modellashtirish uchun mos metodologiyalar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, STT va TTS jarayonlari uchun IDEFO va IDEF3, tarjima tizimlari uchun esa IDEF1X eng maqbul metodologiyalar sifatida tanlangan hamda ushbu model asosida foydalanuvchilami nutq va matnli ma’lumotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan veb-ilova ishlab chiqilgan.