Mazkur maqolada ko‘p mezonli qaror qabul qilish masalalarini yechishda intuitsionistik noravshan to'plamlar hamda agrcgatsiya opcratorlaridan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Asosiy e’tibor mezonlararo o'zaro bog'liqliklarni samarali hisobga oluvchi intuitsionistik noravshan Choquet integral operatoriga qaratilgan bo'lib, u lingvistik baholash natijalarini intuitsionistik noravshan qiymatlar ko'rinishida ifodalash imkonini beradi.