Ushbu tadqiqot tabiiy tanlanishdan ilhomlangan kuchli cvolyutsion usul bo‘lgan genetik algoritmlar (GA) yordamida Noravshan xulosa tizimlarini (FIS) optimallashtirishning ilg'or yondashuvini taqdim etadi. An’anaviy FISni ishlab chiqish qoidalar bazasi va tegishlilik funksiyalarini evristik sozlashga asoslanadi, bu esa samaras iz bo‘lishi mumkin. ushbu tadqiqot FISning qoidalar bazasini tizimli optimallashtirish imkonini beradi, bu esa qaror qabul qilish tizimlarining aniqligi, moslashuvchanligi va mustahkamligini oshiradi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, tizimning ishlashini saqlab qolgan holda qoidalar bazasining murakkabligi sezilarli darajada kamayadi. Shuningdck, tadqiqotda global optimallikka erishishda seleksiya, krossover va mutatsiya kabi GA operatorlarining ahamiyati yoritilgan. Ushbu integratsiya real vaziyatlarga moslasha oladigan intellektual tizimlami ishlab chiqishga yordam beradi, bu esa ekspert tizimlari, avtomatlashtirish va boshqaruv ilovalari uchun istiqbolli natijalami taqdim etadi.
Maqolada xalqaro integratsiya sharoitida О zbekiston hududlanning eksport salohiyatini baholash va rivojlantirishda aqlli tizimlar va raqamli tcxnologiyalaming roli tahlil qilingan. Mavjud muammolar o‘rganilib, eksportning barqaror o'sishini ta’minlash uchun raqamli vositalami samarali joriy ctish bo‘yicha tavsiyalar bcrilgan.
Ushbu maqola kechki bo‘lim talabalari uchun masofaviy ta’limda teng sharoit yaratish muammosiga bag'ishlangan. Ish jadvali, turmush sharoiti va tcxnik cheklovlar ta’lim imkoniyatlarini kamaytiradi. Intellektual tizimlar yordamida ta’lim jarayonini shaxsiylashtirish, o'quv materiallarini moslashtirish va o'qituvchi bilan talabalar o‘rtasida samarali aloqa tashkil etish mumkin. Maqolada amaliy yechimlar, intellektual yordam arxitekturasi va uning ta’siri tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish uchun raqamli transformatsiya amalga oshirish, ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilishning muhim vositalari haqida so‘z boradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalami joriy etish orqali ta’lim rcsurslarini optimallashtirish, talabalar va o’qituvchilaming ishlash jarayonlarini samarali boshqarish, ta’lim sifatini yaxshilash imkoniyatlari chora tadbirlari, tavsiyalari keltirib o’tilgan.
Ushbu tadqiqotning maqsadi sun’iy intellekt Al ta’lim jarayonida qanday muhim rol o'ynashini tahlil qilishdir. Maqolada zamonaviy Al texnologiyalari ta’lim sohasidagi bir qator muammolami, masalan, o’quv materiallariga kirish to'siqlari, o’qishdagi qiyinchiliklar va ta’lim resurslarining yctishmasligi kabi muammolami qanday hal qilishi mumkinligi ko'rib chiqiladi.