Maqolada qismiy pretsedentlik tamoyillariga asoslangan ansambl algoritmlaming saraton bosqichlarini tasniflashdagi samaradorligi o'rganilgan. Chiziqli tutashuv asosidagi vaznlashgan qaror qabul qilish mexanizmi saraton turlarini (Cl6, Cl7, Cl8, C44, C50, COO) yuqori aniqlikda tasniflash imkonini berdi. Manhattan masofasi va bo‘sag‘a qiymatlari asosidagi tasniflash usuli ishlab chiqilib, natijalari klassik algoritmlar bilan taqqoslangan. Taklif etilgan ansambl algoritm tasniflash aniqligini 94,7-96,2% ga oshirib, mavjud algoritmlardan 3-10% yaxshiroq natija ko'rsatdi.
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) muammolarini hal qilishda algoritmlaming o'rni va ulaming samaradorligini oshirish usullari haqida so‘z yuritiladi. SI tizimlarida qo‘llaniladigan asosiy algoritmik yondashuvlar tahlil qilinadi hamda ulaming afzalliklari va chcklovlari yoritiladi. Maqolada ilg‘or adabiyotlardan foydalanilgan bo’lib, ular sun’iy intellekt algoritmlarining nazariy va amaliy jihatlarini o’rganishga yordain beradi.
Ushbu maqolada ilmiy-tarixiy merosni raqamlashtirish, tizimlashtirish va tahlil qilishda sun’iy intellekt tcxnologiyalarining imkoniyatlari tahlil qilinadi. Fizika-tcxnika instituti arxiv materiallari misolida amaliy tajriba asosida yaratilgan raqamli platformaning metodologiyasi va dasturiy vositalari ko’rib chiqiladi. Arxiv hujjatlarini OCR tcxnologiyalari yordamida raqamlashtirish, semantik tahlil, avtomatik tasniflash va ilmiy bilimlar grafikini yaratish kabi yo’nalishlar tahlil qilinadi.
Tibbiyot tasvirlarini intcllcktual tahlil qilishda sun’iy intellckt (SI) modellari ko'plab imkoniyatlar yaratmoqda. Biroq, ushbu modellarning samarali ishlashi uchun katta va sifatli belgilangan (yorliqlangan) ma’lumotlar talab qilinadi. Tibbiyot sohasida bunday ma’lumotlami to'plash qiyin va xarajatli bo'lgani sababli, ma’lumotlar augmentatsiyasi usullari muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu ish raqamli iqtisodiyot sharoitida biznes jarayonlarini o'zgartirish uchun mashinaviy o'qitish (ML) algoritmlaridan foydalanishni o‘rganishga bag'ishlangan. ML algoritmlaridan boshqaruvni avtomatlashtirish, asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) bashorat qilish va resurslami taqsimlashni optimallashtirishda foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Maqolada nazariy asoslar, dasturiy yechimni ishlab chiqish metodologiyasi hamda logistika va elektron tijorat sohasidagi real ma’lumotlar bo'yicha o'tkazilgan tajribalar natijalari batafsil bayon etilgan. Chiziqli regressiya, tasodifiy o'rmon, gradient boosting va neyron tarmoqlaridan foydalanish misollari keltirilib, ulaming samaradorlikni oshirish va xarajatlami kamaytirishdagi ta’siri ko‘rsatilgan. Ishda ML texnologiyasining raqobatbardoshlikni ta’minlovchi strategik vosita sifatidagi roli ta’kidlanadi va texnologiyalarni turli sohalarga moslashtirish bo‘yicha kcyingi tadqiqot yo'nalishlari taklif ctiladi.
Ушбу маколада матнли маълумотларни тахлил қилиш ва таснифлаш жараёнлари тахлил этилган бўлиб, матнли маълумотлар турлари, яъни структураланган, структураланмаган ва ярим структураланган маълумотлар кўриб чиқилди ха мда уларни хусусиятлари келтириб ўтилди. Бундан ташкари, узбек тилидаги матнли маълумотларни қайта ишлаш бўйича мавжуд имкониятлар ва муаммоларга алохида эътибор каратилди. Хусусан, “Tahrirchi” тизими мисолида ўзбек тилидаги матнли маълумотларни тахлил қилишдаги ютуқлар ва камчиликлар келтириб ўтилди.
Мазкур тадқиқот ишида тиббиёт, география, қишлоқ хўжалиги ва биометрик технологиялар сохаларида фойдаланиладиган асосий тасвирлар базалари, хусусан LIDC-IDRI, OASIS, Landsat, Sentinel-2, Google Earth Engine, PlantVillage, UAV-based erop monitoring datascs, LFW ва CASIA-WebFacc каби базалар таҳлил қилинган бўлиб, унда ушбу базалар ёрдамида амалга оширилган тадқикотлар ва ишланмалар кўриб чиқилган.
Ушбу мақола молиявий тахлилларнинг ахамияти ва молиявий кўрсатгичлар таснифига бағишланган. Молиявий таҳлилнинг асосий мақсади хўжалик юритувчи субъектлар фаолиятининг самарадорлигини ошириш, молиявий ҳолатини бахолаш ва унинг келажаги учун асосий қарорлар кабул килишга ёрдам беришдан иборат. Мақола молиявий тахлилнинг турли объектлари ва кўрсаткичларини, хусусан ликвидлик, рентабеллик, молиявий баркарорлик, активлардан самарали фойдаланиш ва карздорлик кўрсаткичларини кўриб чиқади.