Ushbu maqolada pansharpening (fazoviy aniqlikni oshirish) usullarida multispektral tasvirlarga qo'llaniladigan interpolyatsiya usullarining ta’siri o'rganilgan. Xususan, IHS, Brovcy, PCA, Gram-Schmidt va BDSD pansharpening usullarida eng yaqin qo‘shnilar, bilinear, bikubik hamda Lansosh interpolyatsiya usullari qo‘llanilib, ular orasidagi farqlar fazoviy tafsilotlami saqlab qolish va spektral buzilishlami kamaytirish nuqtayi nazaridan taqqoslangan. Tajribaviy natijalarda ERGAS, SAM, SS1M va QAVE kabi tasvir sifatini baholash ko‘rsatkichlardan foydalanilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, bikubik va Lansosh interpolyatsiya usullari tasvir sifatini yaxshilashda eng yaxshi natijalarni taqdim etdi.