Ushbu maqolada dennoskopik tasvirlar asosida teri saratonlarini, xususan melanomani avtomatik aniqlashga ixtisoslashgan axborot tizimining infratuzilmasi taklif etilgan. Tizim arxitekturasi Laravel va Django freymvorklarining RESTful API orqali integratsiyasiga asoslangan bo‘lib, modulli va moslashuvchan tuzilishda yaratilgan. Maqolada tizimning texnologik afzalliklari, funktsional imkoniyatlari va tibbiy amaliyotda qo'llash samaradorligi tahlil qilingan.