• Kirish
    • en
    • ru
    • uz
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
Youtube Facebook Instagram Telegram

Eng so'nggi nashrlar

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning fan, ta’lim va sanoatdagi o‘rni: jahon iqtisodiyotiga ta’siri

Dinara Abdurasulova (Muallif)
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning zamonaviy dunyodagi o‘mi, ayniqsa uning jahon iqtisodiyotiga ta’siri kontekstida ko'rib chiqiladi. Sun’iy intellektni fan, ta’lim va sanoatda qo'llashning nazariy jihatlari, shuningdek, raqamli texnologiyalami iqtisodiy jarayonlarga muvaffaqiyatli tatbiq etishning amaliy misollari muhokama qilinadi.
27-08-2025
  • PDF (Russian)
9-12 0 0

Mexanik ishlov berish sanoatida raqamli texnologiyalar kesib aylana silliqlash jarayonini modellashtirish misolida

Larisa Sulyukova, Sindor Jumayev, Mavludaxon Iminjonova (Muallif)
Ushbu maqolada mexanik ishlov bcrish sanoatining texnologik jarayonlarini tahlil qilish va optimallashtirishda metama’lumotlarga asoslangan raqamli modeliar va tizimlaming o'mi ko‘rib chiqilgan. Dasturiy muhitda modcllashtirilgan dumaloq tashqi o'yma silliqlash jarayoni misolida jarayonning dinamik tizimini bosqichma-bosqich tahlil qilish amalga oshirildi.
24-08-2025
  • PDF (Russian)
183-186 0 0

Oliy ta’limda raqamli texnologiyalarni sanoat 4.0 bo‘yicha qo‘llanish uchun innovatsion trajektoriyalari

Irina Jukovskaya (Muallif)
Ushbu maqola sanoat 4.0 sharoitida ekanligini ko'rsatadi. Oliy ta’limdagi raqamli tcxnologiyalar o'quv jarayonining sifati, batafsilligi va ko'rinishini oshirishga xizmat qiladi, har bir talaba uchun individual ta’lim yo'nalishlarini yaratish imkonini beradi, universitet professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, bu esa pirovardida iqtisodiyot tannoqlari va tannoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning kaliti bo'lib xizmat qiladi.
21-08-2025
  • PDF (Russian)
7-10 0 0

Raqamli texnologiylar va sun’iy intellektning fan-ta’lim va sanoatdagi roli

Shoira Sottorova, Hilola Hikmatova (Muallif)
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektning zamonaviy jamiyatdagi o'rni, xususan, ularning fan, ta'lim va ishlab chiqarishda qo'llanilishi ko'rib chiqiladi. Sun'iy intellekt texnologiyalarining amaliy qo'llanilishi, ularning inson faoliyatiga ta'siri, samaradorligi va rivojlanish istiqbollari yoritilgan.
22-08-2025
  • PDF
64-66 0 1

Xalqaro iqtisodiy integratsiya sharoitida o‘zbekiston hududlarining eksport salohiyatini tahlil etishda aqlli tizimlar va raqamli texnologiyalardan foydalanish

Akmal Abdujabborov (Muallif)
Maqolada xalqaro integratsiya sharoitida О zbekiston hududlanning eksport salohiyatini baholash va rivojlantirishda aqlli tizimlar va raqamli tcxnologiyalaming roli tahlil qilingan. Mavjud muammolar o‘rganilib, eksportning barqaror o'sishini ta’minlash uchun raqamli vositalami samarali joriy ctish bo‘yicha tavsiyalar bcrilgan.
22-08-2025
  • PDF (Russian)
88-91 0 0

YER TUZISH CHIZMALARINI ISHLAB CHIQISHDA RAQAMLI TEXOLOGIYALARNING ROLI

Madina Tadjiyeva (Muallif)
Ushbu maqolada yer tuzishda jumladan, yer tuzish chizmalarini ishlab chiqishda raqamli texnologiyalardan foydalanish zarurati, bugungi kunda foydalanilayotgan raqamli texnologiyalar va dasturiy ta’minotlar haqida fikr mulohazalar keltirilgan.
22-08-2025
  • PDF
66-69 0 0

LSTM Asosida matnlardan bilimlar bazasini yaratish

Dilnoz Muhamediyeva, Sanjar Ungalov, Nafisaxon Turg‘unova (Muallif)
Ushbu maqolada matnlardan muhim obyektlami ajratib olish va bilimlar bazasini yaratish uchun chuqur o'rganishga asoslangan model taklif etiladi. Nomlangan obyektlami aniqlash (Named Entity Recognition, NER) vazifasi uchun uzoq qisqa muddatli xotira (Long Short-Term Memory, LSTM) modcli qo'llanilgan. Ma’lumotlar oldindan qayta ishlanib, tokenizatsiya va one-hot kodlash usullari orqali raqamli shaklga o‘tkaziladi. Model turli obyekt turlarini (shaxs nomlari, sanalar, joy nomlari) ajratib olish uchun o'qitiladi va baholanadi. Eksperimental natijalar modelning samaradorligini ko‘rsatadi va turli parametrlaming ta’siri tahlil qilinadi.
27-08-2025
  • PDF
315-318 0 1

Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiris

Fotima Abdikarimova (Muallif)
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar bo‘lajak boshlang'ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu jarayonda yuzaga keladigan muammolami bartaraf etish uchun innovatsion ta’lim metodlarini qo‘llash zarurligi aytib o'tiladi.
21-08-2025
  • PDF
17-20 1 0

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirishning raqamli transformasiyasini amalga oshirish mexanizmi

Sojida Abdurazaqova, Zafar Xasanov (Muallif)
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish uchun raqamli transformatsiya amalga oshirish, ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilishning muhim vositalari haqida so‘z boradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalami joriy etish orqali ta’lim rcsurslarini optimallashtirish, talabalar va o’qituvchilaming ishlash jarayonlarini samarali boshqarish, ta’lim sifatini yaxshilash imkoniyatlari chora tadbirlari, tavsiyalari keltirib o’tilgan.
28-08-2025
  • PDF
131-135 0 0

Yerni masofadan zondlash tasvirlariga dastlabki ishlov berishda diskret gistogramma modeli

Mirzayan Kamilov, Mirzaakbar Xudayberdiyev, Anvar Ravshanov, Feruza Samadova (Muallif)
Ushbu maqolada yerni masofadan zondlash tasvirlariga dastlabki ishlov berishda diskret gistogramma modeli asosida tahlil qilingan. Modelni qo'llash samaradorligi va uning muhim darajasi, sifati va o'ziga xosligi kcltirib o'tilgan. Bundan tashqari, ycmi masofadan zondlash orqali obektlami tanib olish samaradorligini oshirishda infraqizil kanallaming amaliy ahamiyati kcltirilgan.
22-08-2025
  • PDF
150-153 0 0

Rentgen tasvirlarni shakllantirish vositalari

Narzullo Mamatov, Malika Jalelova, Islomjon Jo‘raev (Muallif)
Mazkur ishda rentgen tasvirlarini shakllantirish texnologiyalarini tarixiy rivojlanishi, ishlash tamoyillari va zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Bunda asosan rentgen tasvirlashni an’anaviy usullaridan tortib, sun’iy intellekt bilan integratsiyalangan ilg‘or tizimlargacha bo'lgan texnologiyalar ko'rib chiqilgan. Shuningdek, ishda rentgen tizimlarini yutuq va kamchiliklari tahlil qilingan bo‘lib, ushbu ma’lumotlar tibbiyot mutaxassislari va ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
21-08-2025
  • PDF
44-46 1 1

Rossiya, xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi logistikada raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning o‘rni

Dinara Abdurasulova (Muallif)
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar va sun ly intcllcktning Rossiya, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi logistikaga ta’siri ko'rib chiqiladi. Logistika tizimlarida sun’iy intellektni qo'llashning nazariy va amaliy jihatlari tavsiflanadi, shuningdek jarayonlami optimallashtirish, samaradorlikni oshirish va xarajatlami kamaytirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Globallashuv sharoitida ushbu mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun logistikaning strategik ahamiyati ta’kidlangan.
28-08-2025
  • PDF (Russian)
136-139 0 0

Матнларни таҳлил қилиш иловалари

Нилуфар Ниёзматова, Нарзулло Маматов, Нафисахон Турғунова, Шаҳноза Туракулова (Muallif)
Ушбу маколада матнли маълумотларни тахлил қилиш ва таснифлаш жараёнлари тахлил этилган бўлиб, матнли маълумотлар турлари, яъни структураланган, структураланмаган ва ярим структураланган маълумотлар кўриб чиқилди ха мда уларни хусусиятлари келтириб ўтилди. Бундан ташкари, узбек тилидаги матнли маълумотларни қайта ишлаш бўйича мавжуд имкониятлар ва муаммоларга алохида эътибор каратилди. Хусусан, “Tahrirchi” тизими мисолида ўзбек тилидаги матнли маълумотларни тахлил қилишдаги ютуқлар ва камчиликлар келтириб ўтилди.
21-08-2025
  • PDF
14-17 0 0

Чуқур нейрон тармоқ технологиялари ёрдамида буйрак патологияларини фарқлаш

Нарзулло Маматов, Исломжон Жўраев, Барно Абдуллаева (Muallif)
Мазкур тадқиқот иши буйрак компьютер томография тасвирларидаги патологияларни чукур нейрон тармоклар ёрдамида таснифлаш масаласига бағишланган бўлиб, унда нафакат «нормал/патологик» каби бинар таснифлаш, балки патологиялар ўртасидаги мураккаб дифференциал ташхис масалалари х,ам тахдил қилинган. Шунингдек, ишда патологияларни таснифлаш учун комбинатор ёндашув таклиф этилган бўлиб, бунда дастлаб тўртлик таснифлаш модели орқали умумий ташхис қўйиш, шубҳали холатларда эса иккилик ёки учлик моделлар билан қўшимча текширув ўтказиш клиник амалиёт учуй мақбул бўлиши кўрсатиб бсрилган.
27-08-2025
  • PDF
268-271 0 0

Videoendoskopiya usuli asosida olingan inson organlarining tasvirlari ishlov berish masalalari

Yusuf Yuldoshev, Lobar Badalova (Muallif)
Ushbu maqolada videoendoskopiya usuli asosida olingan inson organlarining tasvirlarini raqamli ishlov bcrish jarayonida uchraydigan muammolar va ulami bartaraf etish usullari tahlil qilingan. Tibbiyotda keng qo'llanilayotgan videoendoskopik tasvirlar diagnostika va jarrohlik amaliyotlarida muhim ahamiyat kasb ctsa-da, ulaming sifati yoritishning yctarli cmasligi, shovqinlar, geometrik buzilishlar, rang balansining o'zgaruvchanligi kabi omillar ta’sirida pasayadi. Shuningdek, inson organizmining biologik xilma-xilligi va kasalliklarning patologik ko‘rinishlaridagi farqlar sun’iy intellekt modellarining aniqligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Maqolada tasvir sifatini oshirish va diagnostik samaradorlikni ta’minlash uchun zamonaviy algoritmik yondashuvlar, jumladan, chuqur o'qitish texnologiyalarini qo‘llashning dolzarbligi asoslab berilgan.
29-08-2025
  • PDF
346-350 0 0

Oliy ta’limda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt orqali barqaror ekotizimlarni shakllantirish

Maksim Ponomarev (Muallif)
Maqola raqamli transformatsiya va sun’iy intellektning oliy ta’limda barqaror ekotizimlami shakllantirishga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan. Ishda ilg'or raqamli tcxnologiyalarni, masalan, bulutli xizmatlar, katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt va mashinaviy o’qitishni joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari ko’rib chiqiladi. Ushbu texnologiyalar ta’lim jarayonini optimallashtirish va o'quv yurtlarini boshqarish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
21-08-2025
  • PDF (Russian)
30-32 0 0

Fizika-texnika institutining tarixiy ilmiy kashfiyotlarini raqamli kontentga aylantirish va ularni ilmiy-ta’limiy resurslarga integratsiya qilish

Dilrabo Fazilova (Muallif)
Mazkur maqolada Fizika-texnika institutining tarixiy ilmiy merosi, xususan, muhim kashfiyotlar va ishlanmalarning raqamli kontentga aylantirilishi va ularni zamonaviy ilmiy-ta’limiy resurslarga integratsiya qilish masalalari o'rganiladi. Raqamli texnologiyalar orqali ilmiy merosni vizuallashtirish, interaktiv o’quv vositalar yaratish hamda ularni ta’lim jarayoniga joriy qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida zamonaviy raqamli ta’lim rcsurslari ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq ctish bo’yicha taklif va tavsiyalar bcriladi.
27-08-2025
  • PDF
5-8 7 0

Koddan yaralgan ong – algoritmlar biznesni qanday muvaffaqiyatli

Javoxirbek Esonov, N Egamberdiyev (Muallif)
Ushbu ish raqamli iqtisodiyot sharoitida biznes jarayonlarini o'zgartirish uchun mashinaviy o'qitish (ML) algoritmlaridan foydalanishni o‘rganishga bag'ishlangan. ML algoritmlaridan boshqaruvni avtomatlashtirish, asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) bashorat qilish va resurslami taqsimlashni optimallashtirishda foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Maqolada nazariy asoslar, dasturiy yechimni ishlab chiqish metodologiyasi hamda logistika va elektron tijorat sohasidagi real ma’lumotlar bo'yicha o'tkazilgan tajribalar natijalari batafsil bayon etilgan. Chiziqli regressiya, tasodifiy o'rmon, gradient boosting va neyron tarmoqlaridan foydalanish misollari keltirilib, ulaming samaradorlikni oshirish va xarajatlami kamaytirishdagi ta’siri ko‘rsatilgan. Ishda ML texnologiyasining raqobatbardoshlikni ta’minlovchi strategik vosita sifatidagi roli ta’kidlanadi va texnologiyalarni turli sohalarga moslashtirish bo‘yicha kcyingi tadqiqot yo'nalishlari taklif ctiladi.
28-08-2025
  • PDF
219-224 0 0

Qismiy pretsedentlik tamoyillariga asoslanib ishlab chiqilgan algoritmlar ansamblidan foydalanib saraton bosqichlarini tasniflash

Mirzayan Kamilov, Nurmuhammad Alimqulov, Mahliyoxon Madaminova (Muallif)
Maqolada qismiy pretsedentlik tamoyillariga asoslangan ansambl algoritmlaming saraton bosqichlarini tasniflashdagi samaradorligi o'rganilgan. Chiziqli tutashuv asosidagi vaznlashgan qaror qabul qilish mexanizmi saraton turlarini (Cl6, Cl7, Cl8, C44, C50, COO) yuqori aniqlikda tasniflash imkonini berdi. Manhattan masofasi va bo‘sag‘a qiymatlari asosidagi tasniflash usuli ishlab chiqilib, natijalari klassik algoritmlar bilan taqqoslangan. Taklif etilgan ansambl algoritm tasniflash aniqligini 94,7-96,2% ga oshirib, mavjud algoritmlardan 3-10% yaxshiroq natija ko'rsatdi.
26-08-2025
  • PDF
264-268 0 0

Raqamli hukumat: fuqarolar murojaatlarini avtomatlashtirishda aktning roli

Sherzod Saidrasulov (Muallif)
Mamlakatimizda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, ulami qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonlari, shuningdek, bu jarayonlarda zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, Virtual qabulxona va “Murojaatlar” portalining o‘rni tahlil qilinadi. Shu bilan birga, fuqarolar huquqlarini ta’minlash, shaffoflikni oshirish va inson omilini kamaytirish maqsadida avtomatlashtirilgan tizimlarning joriy etilishi muhokama qilinadi. Maqola davlat va fuqarolar o'rtasidagi muloqotni yaxshilashda elektron hukumat platformalarining ahamiyatini ta’kidlaydi.
28-08-2025
  • PDF
184-188 0 0

Mahalliy oziq-ovqat marketlari uchun mobil ilova ishlab chiqish

Тимур Турдиев, Темурбек Бахрамов (Muallif)
Bugungi raqamli asrda mahalliy oziq-ovqat do'konlari uchun qulay va samarali mobil ilovani ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. OVVO - xarid qilish tajribasini yaxshilash uchun turli funksiyalami o‘z ichiga olgan mahalliy oziq-ovqat do‘konlari uchun mo'ljallangan mobil ilova. Ushbu maqola minimalist interfeys, intuitiv navigatsiya va mahsulotni uzluksiz ko'rib chiqish tajribasiga e'tibor qaratgan holda OVVO ilovasida amalga oshirilgan dizayn tamoyillari, funktsional komponentlari va tcxnologiyalarini o'rganadi. Ilova mahsulot toifalari, chegirmalar, eng ko'p sotuvchilar va maxsus to'plamlarni yaratish qobiliyatiga ega xarid qilish savati kabi bo'limlarni o'z ichiga oladi. Foydalanuvchilar xaridlarini boshqarishi, buyurtmalar tarixini kuzatishi va chat orqali qo'llab-quvvatlash bilan bog'lanishi mumkin.
29-08-2025
  • PDF (English)
301-306 0 0

Ilmiy merosni saqlashda sun’iy intellektdan foydalanish: fizika-texnika instituti arxivlarini tizimlashtirish va raqamli tahlil qilish

Dilrabo Fazilova (Muallif)
Ushbu maqolada ilmiy-tarixiy merosni raqamlashtirish, tizimlashtirish va tahlil qilishda sun’iy intellekt tcxnologiyalarining imkoniyatlari tahlil qilinadi. Fizika-tcxnika instituti arxiv materiallari misolida amaliy tajriba asosida yaratilgan raqamli platformaning metodologiyasi va dasturiy vositalari ko’rib chiqiladi. Arxiv hujjatlarini OCR tcxnologiyalari yordamida raqamlashtirish, semantik tahlil, avtomatik tasniflash va ilmiy bilimlar grafikini yaratish kabi yo’nalishlar tahlil qilinadi.
22-08-2025
  • PDF
126-129 0 0

Dasturiy ta’minotni loyihalashda idef metodologiyalarini qo‘llash

Narzullo Mamatov, Nurbek Nuritdinov (Muallif)
Mazkur tadqiqotda IDEF mctodologiyasini turlari tahlil qilingan bo'lib. unda nutqni matnga va matnni nutqqa o‘tkazish hamda o‘zbek tilidan rus va ingliz tillariga tarjima qilish jarayonlarini modellashtirish uchun mos metodologiyalar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, STT va TTS jarayonlari uchun IDEFO va IDEF3, tarjima tizimlari uchun esa IDEF1X eng maqbul metodologiyalar sifatida tanlangan hamda ushbu model asosida foydalanuvchilami nutq va matnli ma’lumotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan veb-ilova ishlab chiqilgan.
25-08-2025
  • PDF
259-260 0 0

Atmosferaning chegara qatlamida chang va aerozol zarrachalarining tarqalish jarayonini sonli tadqiq etish

Normaxmad Ravshanov, Nadira Tashtemirova (Muallif)

Ushbu ishda atmosferaning yerga yaqin qatlamida ifloslantiruvchi moddalaming tarqalishini tahlil qilish va bashorat qilish uchun mo'ljallangan matematik model hamda o'tkazilgan sonli hisob-kitoblar natijalari taqdim etilgan. Model ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining ulaming tabiiy parchalanishi va fotokimyoviy o'zgarishi hisobiga kamayish jarayonini, shamol yo'nalishlarining o'zgarishi va hududning relyefi ta’sirini, shuningdek, atmosfera qatlamlanishining barqarorligiga qarab diffuziya va turbulent aralashish koeffitsiyentlarining o'zgarishini hisobga oladi. Qo'yilgan masalalarni yechish uchun yarim yashirin chekli ayirmalar sxemasi va “to'g'ri chiziqlar” usulini qo'llash orqali natijalaming yuqori aniqligi va barqarorligi ta’minlanadi.

22-08-2025
  • PDF (Russian)
155-158 0 0

Raqamli video tasvirni qayta ishlashga zamonaviy yondashuvlar tahlili

Mirzaakbar Xudayberdiyev, Ra’noxon To‘xtasinova (Muallif)
Ushbu maqola raqamli video tasvirlarni qayta ishlash - bu videolarning sifatini yaxshilash, tasvirlarni optimallashtirish va tahlil qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Maqolada zamonaviy tcxnologiyalar, xususan, sun’iy intcllckt va mashinaga o'qitish asosidagi usullar, shuningdek, videolarda shovqinlarni kamaytirish, tasvimi tikiash, rangni to‘g‘rilash va video siqishni takomillashtirish kabi yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.
24-08-2025
  • PDF
158-163 0 0
1 - 25 from 40 1 2 > >> 
© Copyright 2025 Современные проблемы интеллектуальных систем All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer