Maqolada onkologik kasalliklarning erta tashxisida qo'llaniladigan mashina o‘qitish algoritmlari solishtirma tahlili taqdim etilgan. Maqolada Random Forest, XGBoost, AdaBoost va boshqa algoritmlar turli klinik vazifalarda, masalan, bachadon bo‘yi saratoni, o‘pka saratoni va teri saratoni kabi kasalliklarda sinovdan o‘tkazilgan. Ansambl usullari, ayniqsa Random Forest (tasodifiy o'rmon) algoritmi, eng yuqori aniqlik ko‘rsatkichlarini namoyon etgani sababli, alohida e’tibor markazida bo‘lib, ushbu usullaming universalligi va turli xil tibbiy ma’lumotlarga moslashuvchanligi aniqlangan. Shuningdck, maqolada intcllcktual tizimlar yordamida shifokor qarorlarini qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari yoritilgan.