Ushbu maqolada ESP32 mikrokontrolleri asosida quduq suvi sathini monitoring qilish va nazorat qilish uchun web server arxitekturasi, apparativ hamda dasturiy ta’minotining tahlili amalga oshirilgan. Shuningdek, ESP32 platformasida real vaqt rejimida monitoring olib borish imkoniyatlarini kengaytirish uchun loT (Internet of Things- Buyumlar interneti) texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari o'rganiladi. Maqolada yer osti suvlarini kuzatish va nazorat qilish metod hamda usullari to‘la tahlil qilib chiqilgan. Ish davomida ishlab chiqilgan uskunaning texnik parametrlari va dasturiy ta’minotining ishlash tezligi bo’yicha eksperimental natijalar keltirilgan. Mazkur tizim suv resurslarini samarali boshqarish, ekologik monitoring hamda qishloq xo'jaligi sohasida kcng qo'llanilishi mumkin.