2412, 2021

TEMIR YO‘LCHILARNING MALAKASINI OSHIRISH FAKULTETI UCHUN DASTURIY TA’MINOTNI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI

Рубрики: Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте|Метки: , , , , , , , , |

Автор(ы): Muxamadaziz RASULMUXAMEDOV, Raximjon RAUFJONOV

Ushbu maqolada temir yo‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda xodimlarning bilim salohiyatlarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan boyitish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi uchun elektron axborot tizimini ishlab chiqish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Laravel dastulash tili va MySQL ma’lumotar bazasi orqali axborot tizimi dasturining interfeysi yaratildi.

 

  1. KIRISH.

Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan sohalar qolmadi. Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va chora-tadbirlar ham aynan shu sohani rivojlantirishga qaratilgandir.

“2020-yil 28-aprelda Davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish va koordinatsiya qilish uchun Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etildi.

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “elektron hukumat” xizmatlariga talab kundan kunga oshib bormoqda. Lekin hozirda 780 tur davlat xizmatidan bor-yo‘g‘i 185 tasidan “elektron portal” orqali foydalanish imkoni mavjud. Aksariyat tashkilotlarda ish jarayonini raqamlashtirish faqat hujjat almashinuvini elektronlashtirish bilan cheklanib qolmoqda. Shu bois “elektron o‘qitish dasturi” orqali o‘qib, diplom olgan dasturchilarni davlat va xo‘jalik muassasalariga IT-mutaxassis sifatida ishga olish zarurligi ta’kidlandi. Ular tashkilotlarning barcha faoliyatini an’anaviy elektron formatdan raqamli ko‘rinishga o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi.

Misol uchun, bugungi kunda kambag‘al oilalarga kredit va subsidiyalar berish masalasini maxsus elektron dastur aniq mezonlar asosida avtomatik ravishda belgilashi kerak, deyiladi yig‘ilishda.

  1. MUAMMONING QO‘YILISHI.

Temir yo‘l transporti mavjud bo‘lgandan beri va faoliyati davomida O‘zbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Uning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z vaqtida yuk va yo‘lovchi tashishni ta’minlash hisoblanadi. Bu boradagi ishlar turli ko‘rinishlarda amalga oshirilmoqda va O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l tarmog‘ini o‘tkazish va tashish imkoniyatlarining maksimal xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Yuk va yo‘lovchi tashishni shakllantirish, temir yo‘ldan foydalanish xarajatlarini optimallashtirish, poyezd harakati xavfsizligini ta’minlash xalqaro shartnomalar doirasida xorijiy sheriklar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi strategik geografik o‘rinni egallashi va mintaqadagi geosiyosiy rivojlantirish markazi ekanligini hisobga olib, asosiy tranzit yo‘laklari qit’amizning Shimoliy va Janubiy Sharq va G‘arbni bog‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘tgan. Bu AJni rivojlantirishni rejalashtirishda hamda qo‘shimcha o‘rganishga va optimallashtirishga muhtoj bo‘lgan muammolarni aniqlashda muhim omil hisoblanadi .

III. METOD.

Temir yo‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning ahamiyati jamiyatimizda xizmat ko‘rsatish sohasida yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish, sohalardagi kadrlar malakasini oshirish tizimlarini maqbullashtirish, ularning qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibdagi vaqt me’yorlarida o‘z malakalarini oshirishlari hamda xodimlarning bilim salohiyatlarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan boyitish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tashkiloti uchun elektron axborot tizimini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu ishlar natijasida sohalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari to‘liq ko‘rinishdagi zamonaviy markazlashtirilgan axborot tizimiga aylanadi. Shuningdek, bu tizimning ish jarayoniga tatbiq etilishi natijasida minglab xodimlarning malaka oshirish vaqtlari, ularning so‘nggi qayta tayyorlovdan o‘tgan vaqtlari hamda xodimlar haqidagi to‘liq ma’lumotlarni doimiy ravishda elektron ko‘rinishda saqlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa nafaqat “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xodimlarining malakasini oshirish, ularning belgilangan muddatlarda qayta tayyorlov bosqichlaridan o‘tishlarini nazorat qilishni yengillashtirish bilan, balki ish jarayonidagi xatoliklarni kamaytirishga qaratilganligi hamda soha uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llanilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Barcha tizimlarni tashkil etish jarayonlarida birinchi darajadagi ishlar tahlil etilgan ish jarayon asosida ma’lumotlar bazasini imkon qadar to‘liq yaratishni nazarda tutadi. Yuqoridagi vazifa asosida temir yo‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ma’lumotlar bazasining tuzilish strukturasini aniqlash jarayonlari bilan boshlandi hamda yuqorida to‘plangan ma’lumotlar asosida quyidagi ma’lumotlar bazasining tuzish strukturasi ishlab chiqildi(1-rasm).

 

 

1-rasmga asosan, temir yo‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti uchun yaratilgan ma’lumotlar bazasi MySql ma’lumotlar bazasida yaratildi.

 

MySQL bu eng mashhur va juda ko‘p foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha, biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko‘p sayt va bloklarning ma’lumotlari aynan shu MBBTda saqlanadi. Saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab ma’lumotlar saqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya’ni fayl ochilib, kerakli ma’lumotlar u yerga saqlanib, kerakli paytda chiqirib ishlatilgan. Keyinchalik fayllardan voz kechilib (noqulayliklar yuzaga kelgan, ya’ni faylni ochish, o‘qish, yopish, ko‘p vaqtni olib qo‘ygan, u yerdan qidirish, xullas, juda ko‘p), ma’lumotlar bazasiga o‘tilgan. Bazada saytdagi maqolalar, sayt foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlar, sayt kontentlari, qoldirilgan kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va shunga o‘xshash juda ko‘p ma’lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi.

MySQL – juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o‘rganish qiyinchilik tug‘dirmaydi.MySQL tizimi Tcx kompaniyasi tomonidan ma’lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida foydalanish maqsadida yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi. So‘rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.

MySQL MBBTi 2 turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya’ni MYSQLni ko‘chirib olish va ishlatish hech qanday xarajat talab qilmaydi hamda GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi GPL shartiga ko‘ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu dasturingiz ham GPL(tekin) bo‘lishi kerak. Bu esa dasturchiga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun bu dasturingizni pulli qilishingiz uchun MySQL pulli litsenziyasini sotib olishingiz kerak.

  1. NATIJA VA MUHOKAMALAR

Jamiyatimizda xizmat ko‘rsatish sohasida yangi o‘zgarishlarni tatbiq qilish, sohalardagi kadrlar malakasini oshirish tizimlarini maqbullashtirish, ularning qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibdagi vaqt me’yorlarida o‘z malakalarini oshirishlari hamda xodimlarning bilim salohiyatlarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan boyitish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tashkiloti uchun elektron axborot tizimini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu ishlar natijasida sohalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari to‘liq ko‘rinishdagi zamonaviy markazlashtirilgan axborot tizimiga aylanadi. Shuningdek, bu tizimning ish jarayoniga tatbiq etilishi natijasida minglab xodimlarning malaka oshirish vaqtlari, ularning so‘nggi qayta tayyorlovdan o‘tgan vaqtlari hamda xodimlar haqidagi to‘liq ma’lumotlar doimiy ravishda elektron ko‘rinishda saqlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa nafaqat “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xodimlarining malakasini oshirish, ularning belgilangan muddatlarda qayta tayyorlov bosqichlaridan o‘tishlarini nazorat qilishni yengillashtirish bilan , balki ish jarayonidagi xatoliklarni kamaytirishga qaratilganligi hamda soha uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi bilan ham ahamiyatlidir.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-rasm. 3-rasm.

 

2-,3-rasmga asosan, Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Yo‘l markaziga kelgan malaka oshiruvchilarni ro‘yxatga olish jarayoni sturukturasi.

 

 

4-rasm.

 

4-rasmga asosan, Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Yo‘l markazida qilinayotgan dasturiy ta’minotning asosiy oynasi ko‘rinishi.

 

 

5-rasm.

5-rasm asosan, Service sahifasida Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Yo‘l markazi faoliyatining “O‘qitish metodikasi” ,ya’ni yo‘nalish turlari haqida umumiy ma’lumot berilgan.

 

 

6-rasm.

 

6-rasmga asosan, Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Yo‘l markazida hozirda mavjud bo‘limlar ro‘yxati.

 

 

7-rasm.

 

7-rasmga asosan, (6-rasmda) ko‘rsatilgan bo‘limlardan biri tanlanadi, bu ish “Дальше” tugmasi ustiga bosish orqali amalga oshiriladi va yangi sahifaga o‘tiladi. U yerda aynan shu bo‘limda tahsil olayotgan malaka oshiruvchilar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Bundan tashqari bu sahifada “Yangi malaka oshiruvchini kiritish” tugmasi, malaka oshiruvchilar ma’lumotini Excel faylga yuklab olish uchun “Export Excel” tugmasi va (async) “Qidiruv” tizimlari mavjud.

  1. XULOSA.

Ushbu maqola “Temir yo‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish” mavzusida amalga oshirildi. Bu ma’lumotlar bazasini yaratish Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Yo‘l markazi ish faoliyati takomillashtirish maqsadida bajarilgan bo‘lib, ish jarayonlarida amalga oshirilayotgan xizmatlarni qabul qilishni elektronlashtirishga qaratilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yaratilgan dasturiy ta’minot ish faoliyati va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu dasturiy ta’minot veb-sahifa ko‘rinishida amalga oshirilgan bo‘lib, unda ixtiyoriy qurilmalar orqali aloqa o‘rnatish mumkin. Bu ham bizning yutuqlarimizdan biri hisoblanib, Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Yo‘l markazi faoliyati mehnat unumdorligini oshirish uchun xodimlarning bilim salohiyatlarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan boyitish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi uchun elektron axborot tizimini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yuqorida muammo sifatida ta’kidlanganidek, bu dastur temir yo‘l sohasida kadrlar malakasini oshirish tizimlarini maqbullashtirish, ularning qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibdagi vaqt me’yorlarida o‘z malakalarini oshirishlari uchun qulay ko‘rinishda elektronlashtirildi. Ushbu maqolada tizim jarayonini elektron ko‘rinishda amalga oshirish ishlarini tahlil etish, loyihalash, qurish va ish jarayonlari tashkil etishning turli usullari tashkil etildi. Ushbu da’sturiy ta’minot PhP dasturlash tili, Laravel frameworki va ma’lumotlar bazasining MySQL tilidan foydalangan holda yaratiladi.

2312, 2021

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI UCHUN ELEKTRON BUYURTMALAR QABUL QILISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI

Рубрики: Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте|Метки: , , , , , , |

Автор(ы): Muxamadaziz RASULMUXAMEDOV, Eldor ABDULLAYEV, Baxtiyor QO‘CHQOROV

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan universitet bo‘limining ish jarayonlarini optimallashtirish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu maqola ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida tizim ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar bazasi tushunchalari, ularni boshqarish tizimi tushunchasi hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda ikki qism dasturiy ta’minot yaratish ishlari va ularga qo‘yiladigan talablarni turli metodlar yordamida tashkil etishni nazarda tutadi.

 

  1. KIRISH

2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida [1] keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun elektron tizimlar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda [2]. Bu esa barcha sohalarda zamonaviy axborot kommunikatsiya qurilmalaridan keng va salmoqli ko‘rinishda foydalanilayotganidan dalolatdir. Yuqorida qayd etilganidek, xizmat ko‘rsatish sohasida elektron tizimlarni qo‘llash hozirgi kunda barcha sohalarda ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda. Chunki insoniyat hayot darajasining o‘sishi va xizmat ko‘rsatish sohalariga bo‘lgan talabning keskin ortishi natijasida ushbu sohalarda bir qancha noqulayliklar vujudga kelmoqda. Jumladan:

  • xizmat ko‘rsatish shahobchalarida buyurtmachilar navbatlarining kattaligi;
  • qabul qilinayotgan buyurtmalarga xizmat ko‘rsatish tezligining pasayishi va buning natijasida ba’zi buyurtmalar dolzarbligining yo‘qolishi;
  • buyurtmalarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilmasligi natijasida ish unumining pasayishi va hokazolar sodir bo‘lmoqda.

Shu sababli hozirgi kunda barcha xizmat ko‘rsatish va sanoat tarmoqlarida elektronlashtirilgan buyurtma qabul qilish portallari asta-sekin joriy qilinmoqda. Buning natijasida esa ish hajmini yangi-yangi bosqichlarga ko‘tarishga erishilmoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirish va ish jarayonini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Toshkent davlat transport universitetining Axborot texnologiyalari markazi(ATM) ish jarayonlari uchun elektron xizmat buyurtmalarini berish tizimini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

  1. MUAMMONING QO‘YILISHI.

Avvalambor, ushbu ishlarni amalga oshirish Axborot texnologiyalari markazi ish jarayonlarini o‘rganish, ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil etish ishlari bilan boshlandi. Buning natijasida ma’lum bo‘ldiki , hozirgi vaqtda ish jarayonlari telefon qo‘ng‘iroqlari yoki yuzma-yuz ko‘rishish orqali tashkillashtirilayotgan bo‘lib, buning natijasida hamma vaqt ATM xodimi o‘z buyurtmachilari bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. Chunki har bir ATM xodimiga katta ko‘lamdagi ish hajmi yuklatilgan bo‘lib, bunda har bir xodim bir vaqtning o‘zida bir qancha sohalar bo‘yicha o‘z ish faoliyatini tashkillashtiradi.

Bu esa o‘z navbatida, ushbu bo‘lim xodimlari hamma vaqt o‘z ish o‘rnida bo‘lishi uchun to‘sqinlik qiladi.

III. METOD.

Shu sababli ushbu bo‘lim ish jarayonini jadallashtirish hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalarini qo‘llagan holda, xodimlar va buyurtmachilar o‘rtasida doimiy aloqani ta’minlash maqsadida Axborot texnologiyalari markazining elektron buyurtma qabul qilish tizimini amalga oshirishga kirishildi. Hozirgi kunga kelib, ish jarayonlari uch bosqichda amalga oshirilayotgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  • ish jarayoni yuzasidan tahlillarni amalga oshirish;
  • tizimda amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni qayd etib borish uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  • xodim va buyurtmachilar o‘zaro aloqasini ta’minlash uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish.

Birinchi bosqich. Yuqorida ta’kidlanganidek, ish jarayonlari ATM ish jarayonini izchil o‘zganish bilan boshlandi. Buning natijasida hozirgi kunda ATM da quyidagi xizmat ko‘rsatish jarayonlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi:

  • kompyuter va printer qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • kompyuter tarmog‘i liniyalarini hosil qilish;
  • kafedralar va bo‘limlar xodimlariga texnik va amaliy maslahatlar berish.

Ikkinchi bosqich. Ish jarayoni uchun ma’lumotlar bazasini tashkil etish ishlari ma’lumotlar bazasi haqidagi zaruriy ko‘rsatkichlarni o‘rqanish jarayonini ham qamrab oldi. Unga ko‘ra ma’lumotlar bazasi – bu bir yoki bir nechta dasturiy ta’minotlar uchun mo‘ljallangan ombor(baza) bo‘lib, ma’lumotlarni saqlash va ulardan zarur hollarda foydalanish imkonini beruvchi majmuadir. Shuningdek, ma’lumotlar bazasini yaratish va uni boshqarish ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordamida markazlashgan holda amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (ma’lumotlar bazasini boshqarish, ma’lumotlar bazasini yaratish), ularning zamonaviyligini ta’minlash va ulardan kerakli ma’lumotlarni qidirishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot majmui hisoblanadi.

Bu esa barcha tizimlarni tashkil etish jarayonlarida birinchi darajadagi ishlar tahlil etilgan ish jarayon asosida ma’lumotlar bazasini imkon qadar to‘liq yaratishni nazarda tutadi. Yuqoridagi vazifa asosida ATM uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish ma’lumotlar bazasining tuzilish strukturasini aniqlash jarayonlari bilan boshlandi hamda yuqorida to‘plangan ma’lumotlar asosida quyidagi ma’lumotlar bazasining tuzish strukturasi ishlab chiqildi(1-rasm).

 

 

1-rasm. ATM xizmat buyurtmalarini qayd etib borish tizimi uchun ma’lumotlar bazasi tuzishning strukturaviy sxema (ER-diagramma)si.

 

1-rasmga asosan ,ATM bo‘limida amalga oshiriladigan ish jarayonlari bir vaqtning o‘zida universitetning barcha bo‘lim va kafedralari bilan uzviy bog‘liq holda bo‘lib, uzluksiz aloqani ta’minlash vazifasini qo‘yadi. Bunga ko‘ra bo‘lim yoki kafedradan buyurtma amalga oshirayotgan  buyurtmachi  xizmat buyurtmasi turini tanlaydi hamda  ATM bo‘limi xodimini tanlash orqali ma’lumotlarni yakuniy  ma’lumotlar bazasida saqlanishini ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda,  ATM xodimining ish jarayonidan qoniqish hosil qilinmagan holatlar uchun norozilik bildirish uchun elektron ro‘yxatga olish tizimi ham yaratiladi. Shu bilan birgalikda, bir vaqtning o‘zida biz yaratayotgan ma’lumotlar bazasiga bir necha xizmat buyurtmalari qayd etishilining imkoniyati yaratilishini ham talab qiladi. Bu esa ushbu jarayonda hozirgi kunda foydalanishda bo‘lgan va ish jarayonlari uchun ijobiy natijalar qayd etayotgan ma’lumotlar bazalarini tahlil qilish vazifasini ham qo‘yadi. Hozirgi kunda ma’lumotlar bazasi yaratish uchun mo‘ljallangan juda ko‘plab tizimlar mavjud, ammo ularning barchasi ham bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchilarga ma’lumotlardan foydalanish uchun imkon bermaydi. 1-rasmga asosan esa biz ATM xizmat buyurtmalarini qayd etib borish uchun ko‘p foydalanuvchilar bilan ishlay olish imkoniyatiga ega bo‘lgan ma’lumotlar bazasi yaratish tizimini tanlashimiz zarur bo‘ladi. Hozirgi vaqtga kelib, bir qancha ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari mutaxassislar tomonidan keng foydalanilayotgan bo‘lib, bu tizimlar o‘z navbatida bir necha turlarga bo‘linadi. Xususan, NoSql va Sql turidagi ma’lumotlar bazalari shular jumlasidandir. Bunda, NoSQL ma’lumotlar bazalari maxsus ma’lumotlar modellari uchun mo‘ljallangan va zamonaviy dasturlarni yaratish uchun moslashuvchan jadvallarga egadir. Shu bilan birga, Big Data (katta hajmdagi ma’lumotlar) uchun ishlab chiqish qulayligi, funksionalligi va ishlashi uchun kengligi bilan alohida e’tirof etiladi. Unda hujjat, diagramma, kalit qiymati, xotira va qidirish kabi turli xil ma’lumotlar modellaridan foydalaniladi [3]. SQL esa ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun standart til bo‘lib, ma’lumotlar bazasi yozuvlarini kiritish, qidirish, yangilash va o‘chirish uchun ishlatilishi mumkin. SQL ma’lumotlar bazalarini optimallashtirish va ularga xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan boshqa ko‘plab operatsiyalarni bajarishi mumkin [4].

  1. NATIJA VA MUHOKAMALAR.

Yuqoridagi ma’lumotlar bazalarining qisqa tahlillari shuni ko‘rsatadiki, tashkil etilishi nazarda tutilgan ATMning elektron buyurtmalar qabul qilish tizimi uchun SQL turidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish yetarli ahamiyat kasb etib, quyida uning tuzilish jarayoni yoritiladi. ATM bo‘limining ish jarayonini o‘rganish bilan olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ish jarayoni uchun tartiblashgan hamda ko‘p foydalanuvchilar bilan ishlash imkoniga ega ma’lumotlar bazasini shakllantirish zarur bo‘ladi. Ushbu jarayonda ma’lumotlar bazalarini qurish ishlarini PhPMyAdmin dasturidan foydalanilgan holda amalga oshirildi. Ushbu dastur foydalanuvchilar uchun qulay ish muhitiga ega bo‘lish bilan bir qatorda bizning ko‘p foydalanuvchilar tomonidan kelib tushadigan xizmat buyurtmalarimizni ham qayd etib borish uchun yetarli darajada ish unumdorligiga egaligi ushbu tizimning tanlanishiga zamin yaratdi. ATM ma’lumotlar bazasining tuzilish ER-diagrammasi 2-rasmda keltirilgan:

 

 

2-rasm. Ma’lumotlar bazasini tuzishning ER-diagrammasi.

 

Quyida 2-rasm asosida PhPMyAdmin dasturidan foydalanilgan holda Toshkent davlat transport universiteti ATM ish jarayonlaridagi xizmat buyurtmalarini qayd etib borish uchun yaratilgan va ma’lum ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan ma’lumotlar bazasining ishchi holati keltirilgan(3 rasm).

 

 

3-rasm. Ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan ma’lumotlar bazasida kafedralar jadvalining ko‘rinishi

Uchinchi bosqich. So‘ngra keyingi jarayonlar yuqoridagi ma’lumotlar bazasi bilan bog‘langan hamda foydalanuvchilar uchun qulay ish muhitiga ega bo‘lgan dasturiy ta’minot yaratish bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu jarayonda dasturiy ta’minot uchun qo‘yiladigan talablarni oldindan aniqlab olish maqsadga muvofiq.

Unga ko‘ra dasturiy ta’minot yaratish ishlari Axborot texnologiyalari markazining ish jarayonlaridan kelib chiqqan holda quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:

  1. Dasturiy ta’minot xodimlar va buyurtmachilar uchun qulay va alohida bo‘limlardan tashkil topishi zarur;
  2. Qabul qilinayotgan buyurtmalar doimiy ravishda qayd etib borilishi lozim hamda ushbu ma’lumotlardan zarur hollarda foydalanish imkoniyati yaratilishi zarur;
  3. Dasturiy ta’minot barcha uchun ixtiyoriy texnik ta’minot yordamida qo‘llab-quvvatlanish imkoniga ega bo‘lishi zarur.

Yuqorida keltirilgan talablar asosida dasturiy ta’minot yaratish bosqichlari va ularning ish jarayonlarini amalga oshirishni quyidagi tashkiliy struktura asosida barpo etish maqsadga muvofiqdir(4-rasm).

 

 

4-rasm. ATMning dasturiy ta’minot tuzish strukturasi.

 

4-rasmdan shuni ko‘rish mumkinki, barcha turdagi xizmat buyurtmalari doimiy ravishda ma’lumotlar bazasida qayd etib boriladi hamda ushbu ma’lumotlardan zarur holatlarda foydalanish imkoniyati yaratiladi. Shu bilan birgalikda, tizimdan foydalanish natijasida barcha turdagi buyurtmalarni masofaviy tarzda tahlil qilish orqali vaqtdan unumli foydalangan holda tezda amalga oshirish ham mumkin bo‘ladi. Jumladan, hozirgi kunda universitet bosh binosi hududi 7 ta sektorga ajratilgan bo‘lib, ATM xodimi o‘z xizmat vazifasini turli hududlarda amalga oshirishi mumkin.
Misol tariqasida ATM xodimi o‘z xizmat vazifasini universitet hududining 1-sektorida amalga oshirmoqda, deb tassavur qilsak hamda 2-sektorda joylashgan universitetning biron bo‘limi yoki kafedrasi tomonidan xizmat buyurtmasi kelib tushishi tizim tomonidan qayd qilinadi va xizmatchining ushbu murojaatni ko‘rishi buyurtmaching muammosini ortiqcha kutishlardan bartaraf etadi va xizmatchi ushbu buyurtmani tezda hal etishi mumkin bo‘ladi. Agarda ushbu jarayonni hozirgi kundagi ish jarayoni bilan taqqoslaydigan bo‘lsak , quyidagi farqlarni ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda ishning amalga oshirilishi yuqoridagi misol kesimida:

  1. ATM xodimi 1-sektorda amalga oshirayotgan vazifasini yakunlaydi hamda o‘z ish joyiga qaytadi(ATM universitetning 7-sektorida joylashgan).
  2. Buyurtmachi xodim bilan aloqaga chiqadi yoki ATMga tashrif buyurgan holda murojaatni amalga oshiradi.
  3. ATM xodimi buyurtmani qabul qilganidan so‘ng qayta universitet 2-sektoriga tashrif buyuradi va xizmat vazifasini bajaradi(universitet 2-sektori 1-sektor yonida joylashganligi bois xodim 2-sektorga qaytib borishi zarur bo‘ladi).

Elektron xizmat buyurtmalarini qabul qilish tizimi ish jarayoniga tatbiq qilinganidan so‘ng jarayon quyidagicha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda:

  1. ATM xodimi 1-sektorda amalga oshirayotgan vazifasini yakunlaydi hamda tizim orqali qo‘shni sektorlardan buyurtmalar mavjudligini tekshiradi.
  2. Buyurtma mavjudligi aniqlansa, ushbu vazifa uchun yo‘nalish tanlaydi hamda 1- va 7-sektorlar oralig‘ida ushbu vazifalarni bajarishni amalga oshiradi.

Yuqoridagi ish jarayonlarini amalga oshirish bosqichlarini ish jarayonini baholashning FIFO(First-In, First-Out) va LIFO(Last-In, First-Out) tizimlari bilan bog‘lasak, hozirgi kundagi ish jarayoni FIFO tizimi asosida amalga oshirilayotganligini va bunda quyidagi struktura asosida amalda ekanligini ko‘rishimiz mumkin(5-rasm).

 

 

5-rasm Ish jarayonlarining FIFO metodi asosida amalga oshirilishi.

 

5-rasmdan shuni ko‘rish mumkinki, ish jarayoni faqat bir xil struktura asosida  bir yo‘nalishdagina amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu tizimdagi ish jarayonlarida buyurtmalarning to‘planib qolish holatlarini keltirib chiqarish ehtimolligini oshiradi. Shu bilan birgalikda, bu orqali korxona miqyosida bajariladigan ishlarning tugallanish vaqtlarini kechiktirib bo‘lmaslik koeffitsientlarini baholashga ham katta e’tibor qaratmaydi. Bu esa o‘z navbatida ish jarayonida katta uzilishlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim bo‘lgan bo‘lim yoki o‘quv jarayonlarida turli xildagi muammolarga duch kelinishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ammo ish jarayonlarida LIFO metodini ham, FIFO metodi bilan birgalikda qo‘llash ushbu jarayonlardagi kamchiliklarni bartaraf etishda katta ahamiyat kasb etadi(6-rasm).

 

 

6-rasm Ish jarayonlarida FIFO va LIFO metodlarini birgalikda amalga oshirish

 

6-rasmga asosan shuni ko‘rish mumkinki, ish jarayonida FIFO va LIFO tizimlaridan birgalikda foydalanish ish vaqtida katta uzilishlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan jarayonlarda juda katta ahamiyat kasb etadi hamda ularning bartaraf etilishini tezlik bilan amalga oshiradi. Bu esa ish va o‘quv jarayonlarini yanada sifatli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birgalikda, ATM xodimning yo‘l uchun sarflanayotgan vaqtini qisqartirish va ushbu vaqt me’yorini ish unumdorligini oshirish uchun sarflashga imkon yaratadi.

Quyida yuqoridagi talablar va ish jarayonini o‘rganishlar natijasida yaratilgan dasturiy ta’minotning bir qancha ishlash jarayonidagi ko‘rinishlari keltirilgan(7-rasm).

 

 

7-rasm. ATM uchun yaratilgan dasturiy ta’minotning umumiy ko‘rishnishlari.

  1. XULOSA.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, har qanday dasturiy ta’minot qurish jarayoni ma’lumotlar bazasi qurish tizimi bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilib, bunday tizimlarni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qo‘llash ish jarayonlarida katta hajmdagi ma’lumotlarni doimiy ravishda nazorat qilish uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi hamda ularning zamonaviy dasturlar yordamida boshqarilishini ta’minlash orqali esa xodimlarning ishlash jarayonlarida qulayliklar yaratish bilan birgalikda ma’lumotlar bazalarida saqlanayotgan ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash vazifasini ham bajaradi.

2312, 2021

TASHKILOT XODIMLARINING TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TISH MUDDATINI NAZORAT QILUVCHI DASTUR YARATISH AHAMIYATI

Рубрики: Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте|Метки: , , , , |

Автор(ы): Davron MATVALIYEV, Shoyatbek XAKIMOV

Ushbu maqolada tashkilot xodimlarining tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatlarini nazorat qilish jarayonini optimallashtirish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu maqola ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida tizim ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar bazasi tushunchalari, ularni boshqarish tizimi tushunchasi hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda, ikki qism dasturiy ta’minot yaratish ishlari va ularga qo‘yiladigan talablarni turli metodlar yordamida tashkil etishni nazarda tutadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-mart kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha
5 ta muhim tashabbus” ining uchinchisida “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” ning muhimligiga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar
etib 2017–2021-yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks chora-tadbirlari belgilansin, deb ta’kidlangan [1].

Keyingi paytlarda axborot resurslari davlatlarning о‘zaro bir-biriga qarshi turishlari, geopolitik maqsadlari uchun bir maydon sifatida ham faol qо‘llanila boshlandi. Bu hol ,ayniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalariga ega bо‘lgan rivojlangan mamlakatlarga xos bо‘lib, bunday zamonaviy texnologiyalariga ega bо‘lishlari ularning bu sohada sezilarli darajadagi ilg‘orliklarini ta’minlaydi.

Axborot-kommunikatsiya tizimlarida ma’lumotlar almashinuvini samarali amalga oshirishni tashkil etish bugungi rivojlangan jamiyatda katta ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borishi jamiyat faoliyatining keng sohasida turli axborot xizmatlarining vujudga kelishiga olib keldi. Ayniqsa, bank va boshqa tо‘lov tizimlarida, davlat va jamiyat manfaatlari bilan bog‘liq muhim ma’lumotlarni almashish hamda tahlil qilishda, tez va ishonchli ma’lumot almashinuvi talab etiladigan tizimlarda tabiiy ravishda axborot muhofazasi masalalari dolzarbdir. Haqiqatan ham, har qanday ma’lumot u yoki bu ma’noda axborot-kommunikatsiya tizimi foydalanuvchilarining manfaati bilan bog‘liq. Axborot muhofazasini ta’minlash: huquqiy-me’yoriy hujjatlar, texnik vositalar va kriptografik algoritmlar hamda protokollar negizida yaratilgan dasturiy, apparat-dasturiy va apparat-texnik vositalarni birgalikda qо‘llash bilan samarali amalga oshiriladi.

Kompyuterlar va kompyuter tizimlari – axborotlar tizimining muhim bо‘g‘imidir. Internet tarmoqlari jamiyat faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, axborotlarni tez va sifatli almashinuvini ta’minlash jarayonlari texnologiyalarining rivojlanishida ijobiy manba bо‘lib kelmoqda. Yuqorida keltirilgan asosli mulohazalardan kelib chiqib, har qanday tashkilotlar xodimlar vazifalarini avtomatlashtirish, bu sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda qulay imkoniyatlar yaratish, har bir sohada rivojlanish, tezkorlik va ish sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu jumladan, tashkilotlardagi xodimlar bo‘limi vazifalarini ham asta-sekin elektron tizimga o‘tkazish uchun ba’zi takliflar ishlab chiqildi.

Barchaga ma’lumki, hozirda ko‘pgina tashkilotlarda xodimlar o‘z lavozimidan kelib chiqib, olti oyda, bir yilda yoki ikki yilda bir marta majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Ba’zi xodimlar oxirgi marta qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tganlarini eslay olmaydilar. Shundan so‘ng xodimlar bo‘limi inspektori doimiy ravishda har bir xodim tibbiy anketasini qarab chiqishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan xodimlarning anketalarini saralab olishi va ular bilan aloqaga chiqib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozimligi haqida ogohlantirishi kerak bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, xodimlar bo‘limi ish jarayonini og‘irlashtiradi.

Shu sababli aynan mana shu jarayonlarni yengillashtirish uchun yuqoridagi vazifani avtomatik ravishda bajaruvchi dasturni ishlab chiqishga kirishildi. Ish jarayonlari uch bosqichda amalga oshirilayotgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  • ish jarayoni yuzasida tahlillarni amalga oshirish;
  • korxonada xodimlarning ishlash jarayonida bajarayotgan vazifasi uning salomatligiga ta’sir darajasini inobatga olgan holda barcha xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllashtirish;
  • xodimlar bo‘limi inspektori xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtlarini avtomatik ravshda ko‘rsatib turuvchi dasturiy ta’minotning foydalanuvchi qismini ishlab chiqish.

Birinchi bosqich. Yuqorida aytilganidek, xodimlar korxonada turli lavozimlarda va turli mehnat sharoitlarida ishlashlariga to‘g‘ri keladi, bu esa o‘z navbatida tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtlari va muddatlari ishchilar o‘rtasida turlicha bo‘lishini taqazo etadi. Bu jarayonni nazorat etish xodimlar bo‘limi inspektoriga quyidagi vazifalarni yuklaydi:

  • har bir xodimning so‘nggi marta qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tganini tahlil qilish;
  • xodimlarning qaysi lavozimda ishlashi va bu lavozimda ishlovchi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tish grafigi bo‘yicha saralash;
  • xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tishining so‘nggi muddatini belgilash;
  • har bir xodimni tibbiy ko‘rikdan o‘tish kerakligi haqida ogohlantirish.

Ikkinchi bosqich: Dasturiy ta’minotni foydalanuvchilarning ko‘pligi va ixtiyoriy qurilmadan ixtiyoriy joyda turib ishlata olish imkoniyatlarini yaratishga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, veb-platforma tizimi sifatida varianti tanlab olindi. Chunki veb-platformadan foydalanish uchun dasturni har bir qurilmaga o‘rnatish shart emas, shunchaki serverga o‘rnatish va veb-brauzer orqali ixtiyoriy qurilmada foydalanish imkoni mavjud [2].

Dasturning administrator qismi xodimlar bo‘limi inspektorlari uchun yaratilgan bo‘lib, tizimga maxsus login va parol orqali kiriladi (1-rasm).

 

 

1-rasm. Xodimlar bo‘limi inspektorining tizimga kirishi.

 

Tizimga kirilgach, “Xodimlar bo‘limi” menyusi tanlanadi. Ushbu sahifada xodimlar, bo‘limlar va lavozim ma’lumotlarini shakllantirish imkoniyatlari yaratilgan. Xodimlar bo‘limi inspektori ushbu sahifani tanlagach, birinchi bo‘lib yangi bo‘limlarini ma’lumotlar bazasiga kiritishi talab etiladi. Buning uchun inspektor “Xodimlar” ichki menyusini tanlaydi va “Yangi xodim” tugmachasini bosadi , quyida oyna orqali kiritadi (2-rasm).

 

 

2-rasm. Tashkilot bo‘limlari sahifasi.

 

Tashkilotda mavjud bo‘limlarni bir-biriga bog‘liqlik strukturasi, ya’ni qaysi bo‘lim qaysi bo‘limga bo‘ysunadi yoki qaysi bo‘limlarni boshqaradi kabi strukturani shakllantirish “Strukturani sozlash” tugmachasini bosish orqali yangi sahifaga o‘tish hamda ushbu sahifada juda ham oson usulda: bo‘limning ustiga sichqonchaning chap tugmasini bosish va boshqaruvchi bo‘lim ostiga olib kelib, sichqonchani qo‘yib yuborish orqali amalga oshiriladi (2-rasm). Xodimlar bo‘limi inspektori bo‘limlar strukturasini shakllantirib bo‘lgach, tashkilotda mavjud lavozimlar ma’lumotlarini kiritishi lozim. Buning uchun inspektor “lavozimlar” ichki menyusini tanlaydi va “yangi lavozim” tugmachasini bosadi, natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi (3-rasm).

 

 

3-rasm. Yangi lavozim kiritish oynasi.

Lavozimlar sahifasida lavozimlarni kiritish, o‘zgartirish, saralash, qidirish, o‘chirish imkoniyatlari yaratilgan.

Yuqoridagi ma’lumotlar to‘liq kiritib bo‘lingach, tashkilotdagi xodimlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish talab etiladi. Yangi xodim ma’lumotlarini kiritish uchun xodimlar sahifasida “Yangi xodim” tugmasi bosiladi va quyidagi oyna hosil bo‘ladi (4-rasm).

 

 

4-rasm. Xodim ma’lumotlarini kiritish oynasi.

 

Xodimlar haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlar quyidagilarni tashkil etadi:

  • familiyasi, ismi, sharifi;
  • tug‘ilgan sanasi;
  • pasport ma’lumotlari;
  • tibbiy ko‘rikdan o‘tgan sanasi;
  • keyingi tibbiy ko‘rik sanasi;
  • ishlayotgan bo‘limi;

Barcha ma’lumotlar klaviatura orqali kiritiladi, lekin bo‘lim va lavozimlar tanlov orqali kiritiladi. Bundan tashqari ushbu sahifada “Excelga eksport qilish” va “Exceldan import qilish” funksiyalari yaratilgan bo‘lib, birdaniga bir nechta xodim ma’lumotlarini Microsoft Excel dasturiga alohida yaxlit fayl sifatida yuborish yoki Microsoft Excel dasturida mavjud ma’lumotlarni birdaniga tizimga import qilish imkoniyatiga ega.[3] Xodimlar ma’lumotlari to‘liq shakllantirilgach , xodimlar sahifasi quyidagi ko‘rinishga keladi (5-rasm).

 

5-rasm. Yaratilgan veb-platformaning foydalanuvchi qismi.

Tizim shundan so‘ng xodimlarni tibbiy ko‘rik muddatlaridan kelib chiqib, avtomatik ravishda vaqt bo‘yicha statuslarni ranglar orqali shakllantiradi. Bunda yashil rang –tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatiga hali ancha vaqt bor ekanligini, sariq rang – tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatiga bir oydan kamroq vaqt qolganligini, qizil rang – xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishga kech qolganligini, to‘q qizil rang – tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati bir yildan ko‘proq muddatga o‘tib ketganligini bildiradi.

Uchinchi bosqich. Dasturning foydalanuvchi qismi veb-sayt ko‘rinishida yaratilgan bo‘lib, ixtiyoriy xodim foydalanishi mumkin.[4] Tizimda faqatgina xodimlarning tibbiy ko‘rik muddatlari emas, balki xodimlar bo‘limining asosiy vazifalari, strukturasi, ishchi xodimlari (bo‘lim boshlig‘i, inspektorlar) haqida ma’lumotlar berilgan.

Foydalanuvchi qismi 3 ta muhim sahifadan iborat. Bular: asosiy sahifa, xodimlar sahifasi va aloqa sahifasi.

Asosiy sahifada xodimlar ish tavsifi, xodimlar bo‘yicha mutaxassis vazifalari, xodimlar bo‘limi inspektorlarining vazifalari keltirib o‘tilgan (6-rasm).

 

 

6-rasm. Asosiy sahifa.

Shuningdek, asosiy sahifada yuqoridagilardan tashqari tashkilotdagi xodimlar soni bo‘yicha umumiy statistikalar, xodimlar bo‘limi inspektorlari ma’lumotlari rasmlari bilan birgalikda keltirib o‘tilgan.[5]

Ikkinchi xodimlar sahifasida tashkilot xodimlarining umumiy ro‘yxati va tibbiy ko‘rik holati haqidagi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ixtiyoriy xodim ushbu sahifa orqali o‘zining yoki qo‘lostidagi xodimlarining tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatlarini ko‘rib, nazorat qilish imkoniyatiga ega. (7-rasm)

 

 

7-rasm. Xodimlar sahifasi.

Bundan tashqari , ushbu sahifada qidiruv va saralash tizimlari mavjud bo‘lib, bu kerakli xodim ma’lumotlarinini qidirib topishda va bir xil statusli xodimlarni saralab olishda keng imkoniyatlarni yaratadi (7-rasm).

Uchinchi sahifa “Biz bilan aloqa” sahifasi bo‘lib, ushbu sahifada foydalanuvchilar xodimlar bo‘limiga ixtiyoriy murojaatlarini yuborishlari mumkin bo‘ladi.

Veb-platformaning ostki qismida bir nechta muhim saytlarning veb-adreslari ssilkalari[6] keltirilgan bo‘lib, foydalanuvchilar ushbu ssilkalar orqali gov.uz, kadr.edu.uz, lex.uz, edu.uz, mintrans.uz kabi muhim saytlarga o‘tish imkoniyatiga egadirlar.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, axborot texnologiyalarining har qanday hayot faoliyat jarayonlarga kirib kelishi bu inson mehnatidagi unumdorlikni oshiribgina qolmay, balki uning salomatligi va sog‘lom mehnat sharoitlarida ishlashiga o‘z hissasini qo‘shadi. Tashkilot xodimlarining doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatlarini avtomatik ravishda nazorat qilishni ta’minlovchi veb-platforma tashkilotlarda xodimlar bo‘limi inspektorlari va xodimlar ishlarini osonlashtirishga, o‘zaro aloqani ta’minlashga, vaqtni tejashga va ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

2312, 2021

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA PROFESSOR-О‘QITUVCHILARNI ILMIY FAOLIYATLARI UCHUN RAG‘BATLANTIRISHNING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMINI YARATISH

Рубрики: Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте|Метки: , , , , , , |

Автор(ы): Shoyatbek XAKIMOV, Farrux SHUKUROV, Eldor ABDULLAYEV

Ushbu maqolada ilmiy faoliyat bog‘liq bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi bo‘limining  ish jarayonlarini optimallashtirish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Jumladan, professor-o‘qituvchilarni ilmiy faoliyati uchun rag‘batlantirishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish haqida so‘z yuritilgan.

 

Mamlakatimiz istiqbolining eng dastlabki kunlaridanoq buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni qayta tiklash hamda yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini mustahkamlash, uni davr talablariga uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va kо’nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berib kelinmoqda. Bu о‘rinda, eng avvalo, 1992-yilda mustaqil respublikamizda ta’lim о‘rni, vazifasi, huquqiy kafolatlarini belgilaydigan birinchi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligini ta’kidlab о‘tish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, sо‘nggi yillarda ta’limga e’tibor har qachongidan-da ortdi, ta’lim sohasida katta о‘zgarishlar amalga oshirildi, bir qator qarorlar va farmonlar qabul qilindi. Jumladan, “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risi”da Prezident Farmoni, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi [1].

Ushbu farmon va qarorlarda men sizning e’tiboringizni muhim bir bandga qaratmoqchiman – bu respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta о‘rindagi oliy ta’lim muassasalari rо‘yxatiga, shu jumladan, О‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta о‘rindagi oliy ta’lim muassasalari rо‘yxatiga kiritish vazifasi qо‘yilganligi. Shu band asosida mazkur oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Yuqorida ta’kidlangan xalqaro reyting tashkilotlarida kuchli universitetlar reytingini tuzishda ularning akademik nufuzi, ish beruvchilar о‘rtasidagi nufuzi, о’qituvchilar va talabalar miqdori mutanosibligi, professor-о‘qituvchilarning ilmiy faolligi, ilmiy maqolalarning о’qilishi, ularga nisbatan berilgan iqtiboslar soni, xorijiy о’qituvchi va xodimlar hamda talabalar ulushi va shu kabi boshqa muhim jihatlar asos qilib olinadi. Shu sababdan kо‘plab oliy ta’lim muassasalarida professor-о’qituvchilarning ilmiy faolligi (ilmiy maqolalari, monografiyalari, patentlari) uchun qо’shimcha haq tо’lanish tizimi yо‘lga qо‘yildi. Shu tizim orqali professor-о’qituvchilarga xalqaro jurnallarda chop etilgan har bir ilmiy maqolalari, ilmiy yangiliklari uchun mukofot mablag‘lari tо’lab kelinmoqda. Lekin oliy ta’lim muassasalarida kо‘plab professor-о‘qituvchilar ishlashini va ular har yili о‘nlab-yuzlab maqolalar yozishlarini hisobga olsak, ularni saralash, xalqaro e’tirof etilgan jurnallarga kirish yoki kirmasligini aniqlash, ilmiy maqola va patentlarning har biriga mualliflari soniga, sifatiga qarab haq tо‘lash, tо‘langan mablag‘lar hisobotini yuritishda bir qancha qiyinchiliklar yuzaga kelganligi sababli bizda ushbu tizimni avtomatlashtirishga ehtiyoj tug‘ila boshladi [2, 6].

Ushbu maqolada professor-о‘qituvchilarga ularning ilmiy maqolalari, mualliflik patentlarini kо‘rib chiqish, ularga qо‘shimcha haq tо‘lash hamda jami yozilgan maqolalar, tasdiqlangan patentlar, ilmiy ishlar va ularga tо‘langan mablag‘lar hisobotlarini yurituvchi avtomatlashtirilgan tizim yaratish taklif qilinmoqda. Ushbu tizim kо‘p foydalanuvchili bо‘lishi uchun veb-platforma asosida yaratish maqsadga muvofiq, chunki hozirgi kunda barcha odamlar internet tarmog‘iga ulangan hamda biz yaratgan dasturdan foydalanish uchun alohida dasturni yuklab olishi shart emas, shunchaki ixtiyoriy brauzerga kirib kerakli veb-adresga murojaat qilishi kifoya qiladi.

Veb-platformaning umumiy ishlash sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan
(1-rasm).

 

Tizimga kirish
Ro‘yxatdan o‘tish
Professor-o‘qituvchining shaxsiy kabineti
Yangi maqola yoki patent hisobotlarini kiritish
Faqatgina o‘zining muallifligidagi maqolalar va patentlar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish
Ilmiy bo‘lim kabineti
Hisobotlarni ko‘rish va mablag‘ ajratish
Qa’bul qilindi
Rad etildi (izoh)
Izohni o‘qish, hisobotni o‘zgartirish va qayta yuborish
Buxgalteriya
Umumiy hisobotlar
Login va parolni kiritish

 

1-rasm. Veb-platformaning ishlash sxemasi.

 

Sxemadan ko‘rinib turibdiki, foydalanuvchi o‘zining shaxsiy kabineti orqali har qanday o‘ziga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni ixtiyoriy vaqtda ko‘rib turishi, o‘zgartirishi, ilmiy bo‘limga yuborishi, ulardan javob olishi mumkin. Bu esa ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilishi hamda ish jarayonining tez va sifatli bo‘lishiga olib keladi.

Dasturning administrator qismi veb-ilovaga ma’lumotlar kiritish, o‘chirish, veb-ilova [3] strukturasi, dizaynini o‘zgartirish kabi funksiyalarni bajarish imkoniga ega. Administrator qismi login va parol bilan himoyalangan bo‘lib, undan faqat tegishli xodim foydalanishi mumkin (2-rasm).

 

 

2-rasm. Tizimda administrator oynasiga kirish.

 

Ushbu sahifa ilmiy bo‘lim xodimining asosiy ishchi oynasi bo‘lib, foydalanuvchi tizimga kirgach, o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini o‘zgartira olishi, profiliga rasm joylashtira olishi, login va parolini yangilashi mumkin (3-rasm).

 

3-rasm. Tizimning administrator qismi.

 

Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, administrator sahifasi quyidagi asosiy qismlardan iborat: fakultet va kafedralar; status; jurnallar; sozlash.

Fakultet va kafedralar sahifasida, avvalambor, xodim ushbu ta’lim muassasasida mavjud fakultetlar va ularning tarkibiga kiruvchi kafedralar strukturasi, nomlari haqidagi ma’lumotlarni kiritishi zarur bo‘ladi. Ushbu sahifada kafedra va fakultet ma’lumotlarini kiritishdan tashqari ularni bir-biriga biriktirish, o‘zgartirish, qidirish, saralash imoniyatlari ham yaratilgan [4]. Bundan tashqari, umumiy summalar haqidagi ustunlar mavjud bo‘lib, ushbu raqamlar fakultetga yoki kafedraga biriktirilgan OAK va Scopus maqolalar, patentlar uchun ajratilgan umumiy mablag‘larning joriy vaqtga nisbatan holati haqida ma’lumotlar beradi. Bu orqali semestr bo‘yicha yoki yil bo‘yicha har bir kafedra xodimlariga qancha mablag‘ berilganligi haqidagi hisobotlarni avtomatik ravishda olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

Status sahifasida professor-o‘qituvchilar yuborgan hisobotlar holatini belgilashda foydalaniladigan holatni kiritish, o‘zgartirish hamda ushbu statuslarni o‘chirish imkoniyatlari mavjud.

Eng asosiy jurnallar sahifasida uchta alohida-alohida menyu mavjud. Bular: OAK, Scopus, DGU va IAP. Ushbu sahifada Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiruvchi jurnallarda chop etilgan maqolalar haqida maqola nomi, mualliflarining to‘liq ism-shariflari, qaysi davlatda nashr qilinishi, nashr etilgan jurnal nomi, soni, sahifa raqami hamda professor-o‘qituvchisining kafedrasi, fakulteti haqidagi ma’lumotlarni kiritish va maqolani pdf faylda ham yuklash va ochib ko‘rish mumkin.

Scopus maqolalar sahifasida professor-o‘qituvchilar tomonidan xalqaro va respublika Scopus jurnallarda chop etilgan maqolalar haqidagi hisobotlar haqida ma’lumotlar olish, Scopus jurnallarda chop etilgan maqolalar hisoboti, maqola nomi, mualliflarning ism-shariflari, jurnal nomi, jurnalning ISNN raqami, elektron manzili, qaysi davlatda nashr etilganligi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

DGU va IAP sertifikatlar sahifasida esa professor-o‘qituvchilar tomonidan olingan DGU patentlar va IAP sertifikatlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish, ko‘rish, saralash, izlash, o‘zgartirish va o‘chirish imoniyatlari mavjud. DGU va IAP sertifikatlar hisobotlari, patentning o‘zbek va rus tilidagi nomlari, mualliflari, registratsiya raqami, elekron nusxasi, professor-o‘qituvchining kafedrasi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imkoniyatlardan ko‘rinib turibdiki, administrator sahifasi ilmiy bo‘lim xodimi ishlashi uchun juda qulay tarzda yaratilgan.

Foydalanuvchi qismi platformaning, asosan, professor-o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan sahifasidan iborat bo‘lib, u quyidagi qismlardan tashkil topgan: menyular paneli; fakultetlar bo‘yicha maqola va sertifikatlar soni; OAK maqolalar hisobotlari; Scopus maqolalar hisobotlari; DGU/API sertifikatlar hisobotlari; foydalanuvchi sahifasi; platformadan foydalanish uchun videoqo‘llanma [5].

Veb-platformaning asosiy sahifasida bu platformaning vazifasi haqidagi ma’lumotlar, joriy vaqt holatiga ko`ra fakultetlar bo‘yicha maqola va sertifikatlar soni haqidagi hisobotlar, dasturdan foydalanish uchun videoqo‘llanmadan tashkil topgan (4-rasm).

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-rasm. Asosiy sahifa.

Bundan tashqari, foydalanuvchi hech qanday ro‘yxatdan o‘tmasdan, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz ushbu oliy ta’lim muassasasida hozirgi vaqtgacha chop etilgan va hisobotlari topshirilgan maqolalar, sertifikatlar, ularning ilmiy bo‘lim tomonidan qabul qilinganligi yoki rad etilganligi haqidagi ma’lumotlarni maqolalar va sertifikatlar sahifasidan olishi va foydalanishi mumkin.

Dasturda har bir foydalanuvchi o‘z shaxsiy kabineti orqali ilmiy bo‘limga kerakli hisobotlarni yuborish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Buning uchun tizimga kirish talab etiladi. Tizimga kirish uchun maxsus login va parol kiritiladi va “Kirish” tugmasi bosiladi. Agar sizda login va parol mavjud bo‘lmasa, ro‘yxatdan o‘tish orqali shaxsiy login va parolingizni yaratishingiz mumkin. Buning uchun to‘liq ism, familiya, sharifingiz, e-mail adresingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritishingiz talab etiladi
(5-rasm).

 

 

5-rasm. Professor-o‘qituvchi shaxsiy kabinetiga kirish oynasi.

Professor-o‘qituvchi shaxsiy kabineti orqali faqatgina o‘zigagina tegishli bo‘lgan hisobotlarni ko‘rish va yangi hisobotlarni yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi. (6-rasm)

 

 

6-rasm. Professor-o‘qituvchi shaxsiy kabineti.

 

Hisobotlar administrator sahifasida ko‘rsatib o‘tilgani kabi 3 qismga bo‘linadi: OAK maqolalar, Scopus maqolalar va DGU/API sertifikatlar. Professor-o‘qituvchi hisobotlarni yuborishi uchun quyidagi rasmda keltirilgan ma’lumotlarni to‘liq shaklda kiritishi va faylni yuklashi talab etiladi.[6] Agar ilmiy bo‘lim ushbu hisobotda biror kamchilikni aniqlasa, buni izohlar qismida yozadi va ushbu hisobot uchun “Rad etildi” statusini tanlaydi. Hisobot “Rad etildi” statusida turgan bo‘lsa, foydalanuvchi izohni o‘qishi va izohda yozilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida hisobotni tahrirlash sahifasiga o‘tishi va qaytadan yuborishi mumkin bo‘ladi (7-rasm).

 

 

7-rasm. Hisobotlarni qayta tahrirlash oynasi.

O‘ylaymizki, ushbu veb-platforma ilmiy bo‘lim xodimlari va professor-o‘qituvchilar ish jarayonini ancha osonlashtirishga xizmat qiladi.

XULOSA

Ushbu loyihani amalga oshirishda veb-ilovalarni yaratish texnologiyalari, dasturlash tillarining xilma-xil turlari bilan to‘liq tanishib, hayotda tatbiq etish usullari bilan o‘rganib chiqildi. Qisqacha qilib aytganda, loyihada oliy ta’lim muassasalarining ilmiy bo‘limi hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantirib borishni ta’minlovchi veb-platformasini yaratishga va bu orqali barcha foydalanuvchilarga: ilmiy bo‘lim xodimlari va professor-o‘qituvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda ular o‘rtasida o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lgan platformani yaratishga erishildi.

Нужно индивидуальное решение?

Если у вас есть вопросы вы можете связаться с нами через форму обратной связи.

Чем мы можем помочь?

Заголовок