2312, 2021

MYSQLNI ISHLAB CHIQISH VA BOSHQARISH VOSITALARI

Рубрики: Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте|Метки: , , , |

Автор(ы): Malohat GULYAMOVA, Ravshan ALIEV, Marat ALIEV

Ushbu maqolada MySQL ma’lumotlar bazalari bilan ishlash vositalarining eng ommaviy vositalari ko‘rib chiqildi va ularning afzalliklari sanab o‘tildi.

 

KIRISH

MySQL bazalarini boshqarish murakkab va kompleks jarayonni tashkil etadi. Uni amalga oshirish uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar yaratish talab etiladi. Bunday dasturlar xoh endi ish faoliyatini boshlagan foydalanuvchilar bo‘lsin, xoh tajribaga ega bo‘lgan dasturchilar bo‘lsin, MySQL bilan birdek samarali ishlash imkonini beradi. Odatda, ularda ikkita alohida tarkibiy qismlar mavjud. Backend komponentlarida maʼlumotlar relyatsion bazalariga kiritilgan maʼlumotlar joylashtiriladi. Frontend komponentlari foydalanuvchilar interfeysi bo‘lib, ularning foydalanishini o‘zi boshqaradi. MySQL ning keng tarqalishi va ommaviylashishi sababli bugungi kunda bunday dasturlar (instrumentlar) keng ko‘lami namoyish etilmoqda. Bu tizim o‘zining qulayligi va foydalanishda osonligi, hatto dasturlash bilimiga ega bo‘lmagan foydalanuvchi ham ishlatish imkoniga egaligi bilan ajralib, ommalashib bormoqda.

MySQL ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun vositalar

Relyatsion ma’lumotlar bazasi (MB) – ma’lum bir algoritm bo‘yicha tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir. Vizual ravishda u jadval shaklida taqdim etiladi. SQL (so‘rovlarni shakllantirish uchun maxsus til) tufayli ma’lumotlar olish, ma’lumotlar bazalarini boshqarish, ular ustida amallar, administratsiyalash ishlari amalga oshadi. Ularning faoliyati ko‘pchilik teoriyasiga asoslangan bo‘lib, uning natijasida ko‘plab obyektlarni bir butunga qo‘shish mumkin. Axborot massivi to‘g‘ri tashkil etilganligini ta’minlash uchun maxsus dasturiy ta’minotlardan foydalaniladi. MySQL boshqarish dasturlari, xususan, quyidagi funksiyalarni bajarish imkonini beradi:

  • axborotni foydalanuvchiga zarur tartibda tuzish;
  • ma’lumotlarni boshqarish (o‘zgartirish, tuzatish, olib tashlash va boshqa);
  • zarur shaklda axborot olish uchun SQL so‘rovlarini shakllantirish;
  • zarur obyektlarni vizuallashtirish (masalan, jadvallar, diagrammalar va boshqa shakllarda);
  • ma’lumotlar bazasini tashkil qilish.

Foydalanuvchilar o‘z ehtiyojlari va ish ko‘lamidan kelib chiqqan holda, MySQL ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va boshqarish uchun ko‘plab vositalardan foydalanishlari mumkin. Bulardan eng mashhurlari Workbench, Navicat, PHPMyAdmin, dbForge Studio for MySQL, HeidiSQL, SQL Maestro, EMS SQL Manager va h.k.

Workbench. Mac OS, Windows va Linux kabi eng ommabop OSni qoʻllab-quvvatlay oladigan Workbench bugungi kunda eng ommabop va keng tarqalgan hisoblanadi. Mazkur instrument bepulligi hamda juda ko‘p foydalanuvchilarga egaligi ko‘ra keng yoyilmoqda. Ko‘rsatilgan tizimning asosiy afzalliklari quyidagilarni tashkil etadi:

  • ma’lumotlar bazasini to‘liq boshqarishni amalga oshirish imkonini beradigan qulay asbob-uskunalarning mavjudligi;
  • bazadagi axborotni grafik tarzda taqdim etish imkoniyati;
  • bazadagi axborot massivini tahrirlash imkoniyati;
  • MBning ko‘plab maydonlari o‘rtasida aloqalarni shakllantirish faoliyatining mavjudligi;
  • Reverse Engineering vositasi yordamida serverda saqlanayotgan axborotdan jadval tuzilmasini tiklash imkoniyati;
  • SQL tahrirchisi mavjudliligi va u orqali serverga so‘rovlar jo‘natib, ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida olish mumkinligi.

Navicat. Navicat dasturi hozirgi kunda juda ommabopdir. Workbenchdan farqli o‘laroq pulli dasturdir. Navicat afzalliklari deb quyidagilarni ajratish mumkin:

  • ma’lumotni grafik shaklda olish imkonini beradigan so‘rovlar tahrirchisi mavjudligi;
  • hisobotlarni yaratish, shuningdek, ma’lumotlarni import qilish, eksport qilish va nusxa olish imkoniyati mavjudligi;
  • vazifalarni rejalashtirish vositasining mavjudligi;
  • SSH va HTTP protokollari bo‘yicha tunnellashtirish.

PHPMyAdmin. PHPMyAdmin mashhur, bepul va ochiq kodli dasturdir. Ma’lumotlar bazasini SQL buyruqlarisiz ham boshqarish imkoniyatini beradi, bu yangi foydalanuvchilar uchun juda qulay. Bundan tashqari, PHPMyAdmin dasturga mualliflik ishlanmalarini joylashtirish imkonini beradi, chunki unda tegishli litsenziya mavjud. PHPMyAdmin bu web-interfeys bo‘lib, uning yordamida siz MySQL serverini boshqarishingiz, buyruqlarni bajarishingiz hamda brauzer orqali jadvallar va ma’lumotlar bazalari tarkibini ko‘rishingiz mumkin:

  • kunlik vazifalar uchun optimal faoliyat tizimi;
  • server tomonidan (brauzer orqali) ishlaydi;
  • intensiv rivojlanish.

dbForge Studio for SQL Server – SQL Server ma’lumotlarini boshqarish, administratsiyalash, taqdim etish va tahlil qilish uchun to‘liq funksional ishlab chiqish muhitidir. Uning yordami bilan oddiy ishlarni osonlikcha avtomatlashtirish va vaqtni tejash mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda MySQL uchun dbForge Studioning uch nashri mavjud: Express, Standard va Professional, bu esa kerakli vositani tanlash imkonini beradi. MySQL uchun DbForge Studio pulli hamda bepul versiyalarda mavjud.

HeidiSQL yana bir bepul dastur bo‘lib, uni PHPMyAdminga muqobil hisoblasa bo‘ladi. Ushbu vosita quyidagi xususiyatlarni taqdim etadi:

  • buyruq qatori yordamida serverlarga ulanish;
  • ustunlarni, tashqi kalitlarni, shuningdek, triggerlarni va boshqalarni bir vaqtning o‘zida tahrirlash bilan jadvallarni tiklash;
  • jadvaldagi ma’lumotlar massivini uchinchi tomon ma’lumotlar bazalari bilan sinxronlashtirish.

SQL Maestro для MySQL – mashhur ma’lumotlar bazasini va tizimlarini boshqarish hamda ishlab chiqish uchun vositadir. Foydalanuvchi uchun qulay grafik interfeys SQL so‘rovlari va skriptlarini bajarish, foydalanuvchi imtiyozlarini boshqarish, eksport qilish va ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yaratish imkonini beradi.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda , zamonaviy dasturchilar MySQL-ni boshqarish uchun eng keng ko‘lamli vositalarni taklif qilishadi, bu ma’lumotlar bazalari bilan ishlaydigan har bir kishiga o‘zining ish tajribasiga va kerakli funksionallikka mos keladigan ilovalarni tanlash imkonini beradi. Yangi foydalanuvchilar uchun , odatda , bepul PHPMyAdmin, SQL Maestro yoki HeidiSQL ilovalari kabi dasturiy ta’minotni o‘rganishni boshlashi va keyin esa Workbench yoki Navicat kabi kuchliroq vositalarga o‘tish tavsiya etiladi. Har bir dasturiy vositaning o‘z foydalanuvchisi bo‘lib, har kim o‘ziga qulay bo‘lgan vositani tanlaydi.

Нужно индивидуальное решение?

Если у вас есть вопросы вы можете связаться с нами через форму обратной связи.

Чем мы можем помочь?

Заголовок