2212, 2021

MANYOVR ISHLARIDA TORTUV HISOBLARINI BAJARISH UCHUN POYEZDNING NATUR VARAG‘I ASOSIDA VAGONLARNING HISOBIY PARAMETRLARINI ANIQLASH USULINI AVTOMATLASHTIRISH

Рубрики: Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте|Метки: , , , , |

Автор(ы): Nazirjan ARIPOV, Shinpolat SUYUNBAYEV

Manyovr ishlarida tortuv hisoblarini bajarish orqali lokomotivlar tomonidan sarflanadigan yoqilg‘i va yarim reyslarni bajarishga sarflanadigan vaqt miqdori hisoblanadi. Ushbu miqdorni to‘g‘ri aniqlash uchun vagonlarning hisobiy parametrlarini to‘g‘ri tanlash talab etiladi. Ushbu maqola manyovr ishlarida tortuv hisoblarini bajarish uchun poyezdning natur varag‘i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlash usulini avtomatlashtirish natijalari bayon etilgan. Poyezdning natur varag‘i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlashga doir dasturiy ta’minot ishlab chiqilganligi, undan foydalanish tartibi va uning ishonchliligi yoritilgan.

 

Keyingi yillarda temir yo‘l transportida, jumladan, uning texnikasi va ishlatilishida, iqtisodiyotida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Temir yo‘llarni elektrlashtirish, avtomatika va telemexanikani keng qo‘llash, ishlarni kompleks mexanizatsiyalash, hisoblash texnikasi va mikroprotsessorlarni qo‘llash asosida texnik qayta jihozlash bo‘yicha katta ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Ammo manyovr lokomotivlari parkini yangilash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy yechimlarni izlash yetarli darajada amalga oshirilmagan. Bular, o‘z navbatida, manyovr lokomotivlari parkidan ularning xizmat muddatini uzaytirilgan holda foydalanish va manyovr ishlariga sarflanadigan xarajatlarning umumiy xarajatlar turi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni (ish haqi xarajatlaridan keyin) egallashiga olib keldi.

Magistral va sanoat temir yo‘l stansiyalarida manyovr ishlarini tashkil etish transport jarayonlarining tahlili natijasida quyidagilar aniqlangan:

  • manyovr ishlaridagi yoqilg‘i sarfini aniqlash usullaridan biri bir soatda qayta ishlangan vagonlar soniga asoslanadi. Ammo bir soatda turli xil vagonlarga xizmat ko‘rsatgan manyovr lokomotivining yoqilg‘i sarfi bir xil turdagi vagonlarga xizmat ko‘rsatilgandagi sarfga nisbatan farq qiladi;
  • temir yo‘l stansiyalarida manyovr ishlarini bajarishga sarflanadigan yoqilg‘i miqdorini me’yorlash tajriba o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu bir stansiyada o‘tkazilgan tajriba orqali olingan natijalar bo‘yicha belgilangan yoqilg‘i me’yori boshqa stansiyaga to‘g‘ri kelmaydi va bu qo‘shimcha yoqilg‘i so‘rash yoki ortiqcha yoqilg‘ini o‘zlashtirishga yo‘l ochadi.

Temir yo‘l stansiyalarida yoqilg‘i sarfini minimallashtirilgan holda manyovr reyslarini optimal usullar bilan bajarish eng yaxshi samara berishi bir qancha yirik olimlar tomonidan isbotlangan [1-13]. Lekin poyezdning natur varag‘i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlash usuli yetarlicha yoritilmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu tadqiqotning maqsadi magistral va sanoat temir yo‘l stansiyalaridagi manyovr ishlarida tortuv hisoblarini bajarish uchun poyezdning natur varag‘i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini to‘g‘ri aniqlash usulini avtomatlashtirishdan iborat.

Manyovr yarim reyslarini bajarishga sarflanadigan vaqt miqdorini tortish hisoblari orqali aniqlashda vagonlarning hisobiy parametrlarini to‘g‘ri tanlash talab etiladi [14]. Ma’lumki, yarim reys bajariladigan vagonlar haqidagi ma’lumot poyezdning natur varag‘idan olinadi. Ammo ushbu natur varaqda vagonlarning raqami va ularga yuklangan yuk miqdori (netto) keltiriladi, ya’ni vagonlarning barcha hisobiy parametrlari ko‘rsatilmaydi.

Tadqiqot jarayonida manyovr yarim reyslarini bajarish uchun poyezdning natur varag‘i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlashga doir EHM uchun dastur ishlab chiqildi (1-rasm).

 

 

1-rasm. “Manyovr yarim reyslarini bajarish uchun poyezdning natur varag‘i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlash”

dasturining ishchi oynasi.

 

Ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotdan foydalanish ketma-ketligini yoritamiz: dasturning 1-,3-ustunlariga poyezd natur varag‘i asosida vagonning raqami va undagi yukning og‘irligi (qn) haqidagi ma’lumotlar kiritiladi, 4-,6-ustunlarida dasturiy ta’minotga kiritilgan vagon raqami asosida uning o‘qlar soni (Ko‘q), og‘irligi (qt) va uzunligi (lv) vagonlarning texnik tavsiflari bazasidan aniqlanadi. Ushbu ma’lumotlar asosida har bir vagonning ikkita hisobiy parametrlari (7-8 ustunlar) aniqlanadi: 3-,
5-ustunlar ma’lumotlari asosida har bir vagonning umumiy og‘irligi (qbr) 7-ustunda,
4-, 7-ustunlar ma’lumotlari asosida har bir vagonning o‘qqa tushayotgan og‘irligi ( ) 8-ustunda aniqlanadi.

Natijada, dasturga kiritilgan vagonlarning raqami va ularga yuklangan yuk miqdori (netto) asosida vagonlarning quyidagi hisobiy parametrlari aniqlanadi:

m – olib o‘tiladigan vagonlarning umumiy soni, vag.;

S – olib o‘tiladigan vagonlardagi yukning umumiy (netto) og‘irligi, t;

S – olib o‘tiladigan vagonlarning umumiy o‘qlari soni, o‘q;

S – olib o‘tiladigan vagonlarning umumiy (tara) og‘irligi, t;

S – olib o‘tiladigan vagonlarning umumiy uzunligi, m;

S – olib o‘tiladigan vagonlarning umumiy (brutto) og‘irligi, t;

S – olib o‘tiladigan vagonlardan o‘qqa tushayotgan o‘rtacha og‘irlik, t.

Ishlab chiqilgan dasturning afzallik tomonlaridan yana biri unga kiritilayotgan vagonning raqami noto‘g‘ri kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni vagon raqami tegishli qoida asosida tekshiriladi va u noto‘g‘ri kiritilganda “bunday raqam mavjud emas” yozuvi ishchi oynaga chiqariladi (2-rasm).

 

 

2-rasm. “Manyovr yarim reyslarini bajarish uchun poyezdning natur varag‘i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlash” dasturiga vagon raqami to‘g‘ri kiritilmaganligining ko‘rsatish fragmenti.

 

Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan dastur orqali vagonning texnik tavsiflarini (o‘qlar soni (Ko‘q), og‘irligi (qt) va uzunligi (lv)) olishning ishonchliligi tekshirildi. Bunda dastur orqali olingan vagonning texnik tavsiflari temir yo‘l transportida foydalanilayotgan va “Tashishlarni tezkor boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi”ga ulangan Winterm dasturi hamda onlayn tarzda doimiy ravishda yangilanib turiladigan https://vagon.by/number/ sayti orqali olingan ma’lumot asosida taqqoslandi (3-4-rasmlar).

 

3-rasm. Muayyan vagonning tavsifini temir yo‘l transportida foydalanilayotgan va “Tashishlarni tezkor boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi”ga ulangan Winterm dasturi orqali olish fragmenti.

 

 

4-rasm. Muayyan vagonning tavsifini temir yo‘l transportida foydalanilayotgan va onlayn tarzda doimiy ravishda yangilanib turadigan https://vagon.by/number/ sayti orqali olish fragmenti.

 

2-,4-rasmlarda ko‘rsatilgan 25477852 raqamli vagonning texnik tavsiflari 3 ta holatda ham bir xil ma’lumotlarni berdi va bu ishlab chiqilgan dasturning ishonchliligini ko‘rsatdi.

Tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishda qo‘llash manyovr yarim reyslarini bajarishga sarflanadigan vaqt va yoqilg‘i miqdorini vagonlarning hisobiy parametrlarini to‘g‘ri tanlash orqali aniqlash va manyovr lokomotivlari yoqilg‘i sarfini me’yorlashning avtomatlashtirilgan ish joylarini yaratish imkoni beradi.

Нужно индивидуальное решение?

Если у вас есть вопросы вы можете связаться с нами через форму обратной связи.

Чем мы можем помочь?

Заголовок