XODIMLAR BO‘LIMI FAOLIYATI UCHUN DASTURIY TA’MINOT ISHLAB CHIQISH (O‘TY AJ “QUYUV-MEXANIKA ZAVODI” MISOLIDA)
Xodimlar bo‘limi faoliyatini avtomatlashtirish, xodimlarning ma’lumotlar omborini yaratish va boshqarish, xodimlar haqida mos hisobotlarni yaratish.
Hozirgi murakkab va tеz o‘zgaruvchan sharoitda har qanday boshqaruv faoliyatida samarali axborot tizimlari hamda tеxnologiyalaridan foydalanish ushbu soha rivoji uchun sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi [1]. Vaholanki, xuddi shu axborot texnologiyalari ishni osonlashtiradi va vaqtdan unumli foydalanish imkonini bеradi [2].
Shuni qayd etish lozimki, boshqaruv faoliyatida axborot tеxnologiyalaridan foydalanish uzoq yillar avval boshlandi va ishlab chiqarish yoki boshqa yo‘nalishlarning ajratib bo‘lmas qismiga aylanib ulgurdi[3, 4]. Hozirgi kunga kelib esa hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Bu esa, albatta, insonni yangi avtomatlashtiriladigan vazifa va jarayonlarni izlab topib ushbu sohani yanada kengaytirishga undaydi.
Xodimlar bilan ishlash xizmati boshqaruvning eng muhim tuzilmalaridan biri bo‘lib, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, firmalar va boshqalarni xodimlar bilan ta’minlaydi. Ishchilarni, mutaxassislarni, davlat xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil etish, ishchilar va rahbarlarni attestatsiyadan o‘tkazish, mehnat intizomini mustahkamlash, xodimlar almashinuvini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi, xodimlar bo‘yicha ma’muriy hujjatlarni, zarur statistik hisobotlarni tayyorlaydi [3]. Xodimlarni, shu jumladan, harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lganlarni, kadrlar bo‘yicha ish yuritishni belgilangan tartibda hisobga oladi, xodimlarga pensiya tayinlash uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi, o‘z vakolatlari doirasidagi boshqa masalalarni hal qiladi[1].
Relyatsion ma’lumotlar bazasi strukturasi sxemasini loyihalash.
Ushbu maqolada to‘plangan ma’lumotlarga muvofiq ma’lumotlar bazasi jadvallarining tuzilish loyihasini keltirib o‘taman. Maydonlarning nomlari, turlari, o‘lchamlari va kalitlarni ko‘rsatadigan jadvallarning tuzilmalari 1-11-jadvallarda keltirilgan.
Shaxsiy_kartochka_db jadval tuzilishi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval shaxsiy_kartochka_db.
Katak tipi | Nomi | O‘lchami |
Number | Tab_no | 10 |
Number | Dep_id | 10 |
Number | Position_id | 10 |
Number | Town_id | 10 |
Number | Nation_id | 10 |
Number | Obr_Place_id | 10 |
Number | Bir_place_id | 10 |
Date | Birth_date | |
Varchar2 | Adress | 200 |
Varchar2 | Spec_in_Diplom | 100 |
Varchar2 | Qualify | 50 |
Varchar2 | Diploma_num | 20 |
Date | Diploma_date | |
Varchar2 | Pas_ser_num | 10 |
Varchar2 | Passport_get_place | 50 |
Work_place_db jadval tuzilishi 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval Work_place_db.
Katak tipi | Nomi | O‘lchami |
Number | Wp_id | 10 |
Number | Tab_no | 10 |
Number | Dep_id | 10 |
Number | Position_id | 10 |
Date | Date_in | |
Date | Date_out | |
Varchar2 | Stat_out | 30 |
Department_db jadval tuzilishi 3-jadvalda keltirilgan. 3-jadval Department_db.
Katak tipi | Nomi | O‘lchami |
Number | Dep_id | 10 |
Varchar2 | Dep_name | 100 |
Position_db jadval tuzilishi43-jadvalda keltirilgan. 4-jadval Position_db.
Katak tipi | Nomi | O‘lchami |
Number | Position_id | 10 |
Varchar2 | Position_name | 70 |
Nation_db jadval tuzilishi 5-jadvalda keltirilgan. 5-jadval Nation_db.
Katak tipi | Nomi | O‘lchami |
Number | Nation_id | 10 |
Varchar2 | Nation_name | 50 |
ObrPlace_db jadval tuzilishi 6-jadvalda keltirilgan. 6-jadval ObrPlace_db.
Katak tipi | Nomi | O‘lchami |
Number | Obr_place_id | 10 |
Varchar2 | Obr_place_name | 150 |
Varchar2 | Obr_place_type | 50 |
Person_db jadval tuzilishi 7-jadvalda keltirilgan. 7-jadval Person_db.
Katak tipi | Nomi | O‘lchami |
Number | Tab_num | 10 |
Varchar2 | First_name | 30 |
Varchar2 | Surname | 30 |
Varchar2 | Lastname | 30 |
Town_db jadval tuzilishi 8-jadvalda keltirilgan. 8-jadval Nation_db.
Katak tipi | Nomi | O‘lchami |
Number | Town_id | 10 |
Varchar2 | Town_name | 70 |
Department_db jadval tuzilishi 9-jadvalda keltirilgan. 9-jadval Department_db.
Katak tipi | Nomi | O‘lchami |
Number | Id_WG | 10 |
Number | Dep_id | 10 |
Person_group_db jadval tuzilishi 10-jadvalda keltirilgan. 10-jadval Person_group_db.
Katak tipi | Nomi | O‘lchami |
Number | Dep_id | 10 |
Number | Position_id | 15 |
Number | Tab_num | 15 |
Date | Date |
Kompleksning texnik ta’minoti
Ishlab chiqilgan dasturiy paketdagi texnik vositalar quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- tadqiqot obyektini tavsiflovchi dastlabki ma’lumotlarni kiritish;
- kiritilgan ma’lumotlarni nazorat qilish va tahrirlash;
- axborot transformatsiyasi (ma’lumotlarni taqdim etish shaklini o‘zgartirish, translyatsiya qilish, ma’lumotlar strukturasini o‘zgartirish va boshqalar);
- ma’lumotlarni saqlash;
- ish natijalarini ko‘rsatish.
Kompleksning dasturiy ta’minoti
Dasturiy ta’minot – kerakli dasturiy hujjatlar bilan birga berilgan shaklda taqdim etilgan dasturlar to‘plami.
Tizimli dasturiy ta’minotga operatsion tizimlar kiradi. Operatsion tizimlar barcha dasturlarning ishlashini va ularning texnik vositalar bilan o‘zaro ta’sirini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuterni umumiy boshqarishini ta’minlaydi[2]. Operatsion tizimning asosiy funksiyalari qatoriga quyidagilar kiradi:
- kompyuter resurslarini boshqarish;
- axborotni kiritish-chiqarishni ta’minlash;
- tashqi xotirada axborotni saqlashni tashkil etish;
- tashqi qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni bajarish;
- dastur bajarilishini nazorat qilish.
Ishlab chiqilgan dasturiy paketning optimal va barqaror ishlash rejimini ta’minlash uchun quyidagi dasturiy mahsulot talab qilinadi:
- operatsion tizim – Windows7 /….
XULOSA
Xodimlar bo‘limi xodimi uchun ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan ish o‘rni korxonadagi xodimlarni tez va samarali tarzda qayd etish imkonini beradi. Turli ro‘yxatga olish kitoblarida xodimning ma’lumotlarini (shaxsiy ma’lumotlar, ta’lim ma’lumotlari, pasport ma’lumotlari, mehnat daftarchasi ma’lumotlari) to‘ldirish bilan bog‘liq muntazam ishlarni yo‘q qiladi. Tizimni ishlatish oson, qulay va ergonomik, foydalanuvchidan dasturlash va maʼlumotlar bazasi nazariyasi sohasida hech qanday maxsus bilim talab etilmaydi.
Xodimlar bo‘limida foydalanish uchun yaratiladigan dasturiy ta’minot quyidagilarga imkon beradi:
- mehnat unumdorligini oshirish;
- vaqtni tejash uchun;
- xodimlarni hisobga olish jarayonini avtomatlashtirish;
- xodimlar bazasini shakllantirish va saqlash;
- hisobotlarni shakllantirish (tuzish) vaqtini qisqartirish;
- ma’lumotlarni qog‘ozsiz shaklda, qattiq diskda saqlash.