
Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
37
va misollar keltirildi. Jadval va chizmalar orqali ta’lim texnologiyalarining amaliy qo‘llanilishiga
oid muhim jihatlar aniq ko‘rsatib berildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Аdabiyotlar ro‘yxati
1.
Qodirov, X
.
(2019). Oliy ta’limda zamonaviy ta’lim texnologiyalari. Tashkent:
Ma’naviyat.
2.
Zohidov, A., & Rahimov, R
.
(2021). Interaktiv metodlar va ularning oliy ta’lim tizimida
qo‘llanilishi. Oliy ta’lim jurnali, 5(2), 34-40.
3.
Bekmurodov, M. (2020). Tarbiyaviy ta’sir va ta’lim texnologiyalarining rivojlanishi.
Toshkent: Ilm Ziyo.
4.
Smith, J., & Clark, L
.
(2018). Innovative teaching methods in higher education: A global
perspective. International Journal of Educational Research, 45(3), 231-246.
5.
Bermudez, S., & Lopez, M
.
(2019). Application of blended learning in higher education:
A case study. Journal of Educational Technology, 31(2), 56-62.
6.
Ibragimov, Sh. (2022). Ta’limning sifati va tarbiyaviy ahamiyatini oshirishda yangi
metodlar. Oliy ta’lim va innovatsiyalar, 6(3), 122-135.
7.
Sharipov, R., & Saidov, J. (2021). Masofaviy ta’lim texnologiyalari va ularning oliy
ta’limda qo‘llanilishi. O‘zbekiston ta’limi, 12(4), 77-84.
8.
Kozlova, O. V. (2020). Virtual reality in education: Opportunities and challenges
.
Educational Technology Review, 10(1), 98-104.
DAVLAT TASHKILOTLARINING BITIRUVCHIGA BO‘LGAN EHTIYOJI VA
TALABLARI
Daminova Barno Esanovna
Qarshi davlat universiteti dotsenti
Bozorova Irina Jumanazarovna
Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.
Pardayeva Muqaddas Muzaffar qizi
Qarshi davlat universiteti magistri
Annotatsiya:
Mazkur
maqolada
O‘zbekiston Respublikasi sharoitida davlat
tashkilotlarining zamonaviy bitiruvchilarga bo‘lgan ehtiyoji va ularga qo‘yiladigan talablar
atroflicha tahlil etilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari bilan davlat sektoridagi hamkorlik,
amaliyot tizimi va mehnat bozoriga mos ta’lim strategiyalari muhokama qilinadi. Tahlillar orqali
ta’lim sifatini oshirish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.
Kalit so‘zlar:
bitiruvchi, davlat xizmati, malaka, kompetensiya, bandlik, mehnat bozori,
kadrlar siyosati.
THE NEED AND REQUIREMENTS OF STATE ORGANIZATIONS FOR A
GRADUATE
Annotation:
This article provides a comprehensive analysis of the needs of state
organizations for modern graduates and the requirements for them in the conditions of the Republic
of Uzbekistan. It also discusses cooperation with higher education institutions in the public sector,

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
38
the practice system, and educational strategies that are appropriate for the labor market. Through
the analysis, proposals are made to improve the quality of education and improve the personnel
training system.
Keywords:
graduate, civil service, qualification, competence, employment, labor market,
personnel policy.
ПОТРЕБНОСТИ И ТРЕБОВАНИЯ ГОСУДАРСТВЕННЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ К
ВЫПУСКНИКУ
Аннотация:
В статье дается подробный анализ потребности государственных
организаций в современных выпускниках и требования, предъявляемые к ним в условиях
Республики Узбекистан. Также будут обсуждаться вопросы сотрудничества высших
учебных заведений с государственным сектором, система стажировок и образовательные
стратегии, актуальные для рынка труда. На основе анализа вносятся предложения по
улучшению качества образования и системы подготовки кадров.
Ключевые
слова:
выпускник,
государственная
служба,
квалификация,
компетентность, занятость, рынок труда, кадровая политика.
Bugungi globallashuv va raqamlashtirish davrida davlat boshqaruvi tizimi ham
o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Natijada, davlat tashkilotlari nafaqat tajribali xodimlarga, balki
innovatsion tafakkurga ega, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirgan, moslashuvchan yosh
mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda. Shu nuqtai nazardan, oliy ta’lim muassasalarining
bitiruvchilariga bo‘lgan talab ham o‘zgarib bormoqda. Maqolaning asosiy maqsadi – ushbu ehtiyoj
va talablarni aniqlash, ularga mos tayyorlangan kadrlar tizimini shakllantirish yo‘llarini izlashdan
iborat.
Davlat tashkilotlarining zamonaviy funksiyalari va kadrlar ehtiyoji. Hozirgi kunda davlat
tashkilotlari quyidagi yo‘nalishlarda keng ko‘lamli faoliyat yuritmoqda:
Ijtimoiy siyosat (ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy himoyalash);
Raqamli boshqaruv va elektron hukumat (e-Government);
Ekologiya va barqaror rivojlanish;
Soliq va moliya boshqaruvi;
Huquqiy islohotlar va qonunchilikni takomillashtirish.
Bu yo‘nalishlarning har biri o‘ziga xos mutaxassisliklarni talab qiladi. Davlat tashkilotlari,
ayniqsa, quyidagi sohalarda yangi kadrlar bilan ta’minlanishga ehtiyoj sezmoqda:
Yo‘nalish
Talab qilinadigan mutaxassisliklar
Raqamli boshqaruv IT mutaxassislari, dasturchilar, kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar
Iqtisodiyot
Moliya, buxgalteriya, audit, soliq sohasi bo‘yicha mutaxassislar
Huquq
Huquqshunoslik, davlat boshqaruvi, xalqaro huquq
Ekologiya
Atrof-muhit muhofazasi, barqaror rivojlanish, energiya menejmenti
Bitiruvchilarga qo‘yiladigan asosiy talablar. Davlat tashkilotlari tomonidan yosh
mutaxassislarga quyidagi asosiy talablar qo‘yilmoqda:
a) Kasbiy bilim va amaliyot
Bitiruvchidan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish,
tahliliy fikrlash, hujjatlar bilan ishlash malakasi talab etiladi.
b) Axloqiy va kasbiy qadriyatlar
Davlat xizmati o‘ziga xos prinsiplar asosida quriladi: sadoqat, mas’uliyat, shaffoflik,
halollik, xizmatga sadoqat.

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
39
c) Kommunikatsiya va jamoaviy ishlash qobiliyati
Jamoada ishlash, ijtimoiy muomala madaniyatiga ega bo‘lish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish
madaniyati – bu bugungi kunda eng zarur ko‘nikmalardan biridir.
d) Axborot texnologiyalari va raqamli savodxonlik
Elektron hukumat tizimida ishlay olish, Microsoft Office, 1C, ERP tizimlaridan foydalana
olish davlat tashkilotlarining kundalik faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
e) Xorijiy tillarni bilish
Ayniqsa, ingliz tilini bilish xalqaro grantlar, loyihalarda ishlash va xorijiy hamkorlik
aloqalarida bitiruvchining ustunligiga sabab bo‘ladi.
3. Oliy ta’lim muassasalari bilan davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari va davlat tashkilotlari quyidagi shakllarda
hamkorlik qilmoqda:
Ishlab chiqarish amaliyotlari va stajirovkalar
:
Bitiruvchilar davlat tashkilotlarida tajriba
to‘plash orqali real ish muhiti bilan tanishadi.
Ochiq eshik kunlari va mehnat yarmarkalari
:
Talabalar davlat muassasalari vakillari bilan
bevosita muloqotga kirishadi.
Kafedra homiyligi (dualist ta’lim)
:
Ayrim tashkilotlar universitetlarda profil kafedralarni
moliyalashtiradi va tayyorlov jarayoniga bevosita aralashadi.
TAHLIL: Mavjud muammolar
Quyidagi muammolar bugungi holatni yanada takomillashtirishni talab qiladi:
O‘quv dasturlarining amaliyotga yetarlicha yo‘naltirilmaganligi;
Bitiruvchilarning real mehnat bozori talablari bilan tanish emasligi;
Amaliyotning faqat “qog‘ozda” o‘tishi holatlari;
Davlat tashkilotlarining innovatsion yondashuvlarga sust munosabati.
Ta’lim dasturlarini yangilash – davlat tashkilotlarining ehtiyojlarini inobatga olgan holda
o‘quv rejalari yangilanishi zarur.
Mentorlik tizimini joriy etish – davlat tashkilotlaridagi tajribali mutaxassislar yosh kadrlar
uchun yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida jalb qilinishi lozim.
Davlat buyurtmasini kengaytirish – ijtimoiy sohalarda mehnat qiluvchi bitiruvchilarga
ustuvor grantlar ajratilishi mumkin.
Bitiruvchilar uchun maxsus tayyorlov kurslari – davlat xizmatiga tayyorlov dasturlari
asosida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish foydali bo‘ladi.
Аdabiyotlar ro‘yxati
1.
Daminova B. E. et al. USE OF ONLINE ELECTRONIC DICTIONARIES IN ENGLISH
LANGUAGE LESSONS //Экономика и социум. – 2024. – №. 5-1 (120). – С. 193-196.
2.
Daminova B. E. et al. ADVANTAGES OF USING MULTIMEDIA RESOURCES IN
ENGLISH LANGUAGE LESSONS //Экономика и социум. – 2024. – №. 5-1 (120). – С. 207-
210.
3.
Daminova B. E. et al. SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL SUPPORT OF
EDUCATIONAL INFORMATION INTERACTION IN THE EDUCATIONAL PROCESS
BASED ON INTERACTIVE ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES: USING THE
EXAMPLE OF TEACHING ENGLISH //Экономика и социум. – 2024. – №. 5-1 (120). – С.
233-236.
4.
Daminova B. E. et al. THE ROLE AND FEATURES OF THE USE OF INFORMATION
TECHNOLOGY IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE //Экономика и социум. – 2024. –
№. 5-1 (120). – С. 184-188.

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
40
5.
Daminova B. E. et al. APPLICATION OF MODERN INFORMATION AND
COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN TEACHING ENGLISH //Экономика и социум. –
2024. – №. 5-1 (120). – С. 197-201.
6.
Daminova B. E. et al. SOFTWARE TOOLS FOR CREATING MULTIMEDIA
RESOURCES IN TEACHING ENGLISH //Экономика и социум. – 2024. – №. 5-1 (120). – С.
202-206.
7.
Daminova B. E. et al. THE MAIN ADVANTAGES, PROBLEMS AND
DISADVANTAGES OF USING MULTIMEDIA IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES
//Экономика и социум. – 2024. – №. 5-1 (120). – С. 189-192.
8.
Daminova B. E. et al. USE OF ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES IN THE
PROCESS OF TEACHING A FOREIGN LANGUAGE //Экономика и социум. – 2024. – №. 5-
1 (120). – С. 230-232.
9.
Daminova B. E. et al. USING COMPUTER PRESENTATIONS IN TEACHING
FOREIGN LANGUAGES //Экономика и социум. – 2024. – №. 5-1 (120). – С. 211-215.
10.
Daminova B. E. et al. USING DIGITAL TECHNOLOGIES IN FOREIGN
LANGUAGE LESSONS //Экономика и социум. – 2024. – №. 5-1 (120). – С. 226-229.
SUN’IY INTELLEKTNING RAQAMLI IQTISODIYOTDAGI O‘RNI,
MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
Ergashev Ulug‘bek Erkinovich
Jizzax shahridagi Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti filiali katta-o‘qituvchisi
Sultonov Farrux Abduraim og‘li
Jizzax shahridagi Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti filiali assistenti
Annotatsiya:
Bugungi kunda sun’iy intellekt juda ko‘p sohalarda qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan ajoyib texnologiyadir. Yangiliklarga ko‘ra, so‘rovlar va investitsion jozibadorlik
ko‘rsatkichlari, sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish tez orada kundalik hayotning ajralmas
qismiga aylanadi. Ushbu maqola sun’iy intellekt muammolarini ochib beradi, shuningdek,
zamonaviy iqtisodiyotda sun’iy intellektning o‘rni va rivojlanish istiqbollari qanday degan savolga
javobni o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar:
sun’iy intellekt, texnologiyalar, algoritm, muammolar, insoniyat.
РОЛЬ, ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ ИИ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ
Аннотация:
Сегодня искусственный интеллект — это удивительная технология,
которую можно применять во многих областях. Согласно новостным сообщениям, опросам
и показателям инвестиционной привлекательности, искусственный интеллект и машинное
обучение вскоре станут неотъемлемой частью повседневной жизни. В данной статье
раскрываются проблемы искусственного интеллекта, а также содержится ответ на вопрос,
какова роль и перспективы развития искусственного интеллекта в современной экономике.
Ключевые слова:
искусственный интеллект, технологии, алгоритм, проблемы,
человечество.
THE ROLE, PROBLEMS AND PROSPECTS OF AI IN THE DIGITAL ECONOMY
Abstract:
Nowadays, artificial intelligence is an advanced technology that can be used in
many fields. According to news reports, surveys and investment attractiveness indicators, artificial
intelligence and machine learning will soon become an integral part of everyday life. This article