
Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
44
3. Xoffman K. Sun’iy intellekt muammosi: mashinalar o‘rganishi mumkin, ammo tushuna
olmaydi [Elektron resurs]. URL: https://www.kv.by/post/1056045-problema-iskusstvennogo-
intellekta-mashiny-mogut-nauchitsya-no-ne-mogut-ponimat (kirish 08.12.2019)
RENTGEN TASVIRLARNI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI
Mamatov Narzullo Solidjonovich
Professor, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari
instituti” Milliy tadqiqot universiteti, O‘zbekiston
Jalelova Malika Moyatdin qizi
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt kafedrasi katta o‘qituvchisi
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
Milliy tadqiqot universiteti, O‘zbekiston
Jo‘raev Islomjon Abdujalilovich
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt kafedrasi assistenti
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
Milliy tadqiqot universiteti, O‘zbekiston
Annotatsiya:
Mazkur ishda rentgen tasvirlarini shakllantirish texnologiyalarini tarixiy
rivojlanishi, ishlash tamoyillari va zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Bunda asosan rentgen
tasvirlashni an’anaviy usullaridan tortib, sun’iy intellekt bilan integratsiyalangan ilg‘or
tizimlargacha bo‘lgan texnologiyalar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ishda rentgen tizimlarini yutuq
va kamchiliklari tahlil qilingan bo‘lib, ushbu ma’lumotlar tibbiyot mutaxassislari va ilmiy
tadqiqotchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
rentgen tasvir, an’anaviy rentgen, kompyuter tomografiyasi, konus-nurli
kompyuter tomografiyasi, mammografiya,
portativ rentgen uskunalari.
ИНСТРУМЕНТЫ РЕНТГЕНОВСКОЙ ВИЗУАЛИЗАЦИИ
Аннотация:
В работе анализируются историческое развитие, принципы работы и
современные подходы к технологиям формирования рентгеновских изображений. В
основном это касается технологий от традиционных методов рентгеновской визуализации
до современных систем, интегрированных с искусственным интеллектом. В работе также
анализируются преимущества и недостатки рентгеновских систем, и эта информация
служит важным ресурсом для медицинских работников и научных исследователей.
Ключевые слова:
рентгенография, традиционная рентгенография, компьютерная
томография, конусно-лучевая компьютерная томография, маммография, портативное
рентгеновское оборудование.
X-RAY IMAGING TOOLS
Abstract:
This work analyzes the historical development, operating principles, and modern
approaches of X-ray imaging technologies. It mainly considers technologies ranging from
traditional X-ray imaging methods to advanced systems integrated with artificial intelligence. The
work also analyzes the advantages and disadvantages of X-ray systems, which will serve as an
important source of information for medical professionals and researchers.
Keywords:
X-ray imaging, conventional X-ray, computed tomography, cone-beam
computed tomography, mammography, portable X-ray equipment.

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
45
Kirish.
Rentgen tasvirlarni shakllantirish zamonaviy tibbiyot, sanoat va ilmiy tadqiqotlar
sohasida keng qo‘llanilayotgan muhim texnologiyalardan biridir [1]. Ushbu texnologiya turli
muhitlarda, xususan, inson organizmi, sanoat materiallari va arxeologik obyektlar tuzilishini ichki
strukturasi bilan birga vizualizatsiya qilish imkonini beradi. Rentgen tasvirlarini olish va qayta
ishlash jarayonida turli xil vositalar va usullar qo‘llaniladi. Ushbu vositalar rivojlanib borishi
natijasida tasvir sifatini oshirish, ionlashtiruvchi nurlanish ta’sirini kamaytirish va tashxislash
jarayonlarini aniqlik bilan amalga oshirish mumkin bo‘lmoqda [2]. Mazkur ishda rentgen
tasvirlarini shakllantirish vositalari, tarixi va ularni ishlash tamoyillari hamda zamonaviy
innovatsion yondashuvlarini tahlil qilish maqsad qilingan.
An’anaviy rentgen vositasini kelib chiqishida Vilgelm Rentgenni 1895-yilda rentgen
nurlarini kashf qilishi sabab bo‘lgan. Rentgen nurlari inson tanasi orqali o‘tib, suyak va yumshoq
to‘qimalar o‘rtasidagi farqni aniqlash uchun maxsus detektorlar yordamida tasvir hosil qiladi [3].
Kompyuter tomografiyasi (KT) 1972-yilda Godfrey Xounsfield va Allan Kormak
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda rentgen nurlari yordamida ob’ektni turli burchaklardan
olingan tasvirlari kompyuterda qayta ishlanishi orqali uni uch o‘lchamli (3D) model yaratilgan.
Konus-Nurli Kompyuter Tomografiyasi (KNKT) 1980-yillar oxirida ishlab chiqilgan va tish
shifokorligida keng tarqalgan. Oddiy KTdan farqli o‘laroq, KNKT rentgen nurlarini konus
shaklida chiqarib, kamroq nurlanish bilan yuqori sifatli 3D tasvir hosil qiladi.
Dual-Energy X-ray Absorptiometry (DEXA) 1980-yillarda ishlab chiqilgan bo‘lib, u ikki xil
energiyali rentgen nurlari asosida suyak zichligini aniqlashda foydalanilgan.
Raqamli rentgen tasvirlash vositalari 1980-1990-yillarda ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda
an’anaviy rentgen plyonkalari o‘rniga detektorlar foydalanilgan. Bu tasvirlarni raqamli shaklda
olish va saqlash imkonini bergan.
Sun’iy Intellekt (SI) bilan integratsiyalangan rentgen tizimlari 2010-yildan boshlab jadal
rivojlanib kelmoqda. SI algoritmlari tasvirlarni avtomatik tahlil qilib, patologiyalarni aniqlashga
yordam beradi.
Rentgen tasvirlash texnologiyalari tashxislash sohasida inqilobiy o‘zgarishlarga olib kelgan
bo‘lsada, ularni har birini o‘ziga xos yutuq va kamchilik jihatlari
mavjud hamda ular quyidagi
jadvalda keltirib o‘tilgan.
1-jadval
Rentgen tasvirlash vositalarini yutuq va kamchiliklari
Rentgen
tasvirlarini
shakllantirish
vositalari
Yutuqlari
Kamchiliklari
An’anaviy
rentgen
Keng qo‘llanilishga ega, suyak
tuzilishini aniq ko‘rsatadi,
nisbatan arzon
nurlanish xavfi mavjudligi, yumshoq
to‘qimalarni yaxshi aks ettirmaydi, 2D
tasvir, tasvir sifatini holatga
bog‘liqligi
KT
Yuqori aniqlikdagi 3D tasvirlar,
tezkor tashxislash, ko‘p turdagi
kasalliklarni aniqlaydi, kontrast
moddalar bilan yanada aniqroq
tasvir olish mumkin
Yuqori nurlanish darajasi, narxi
qimmat, kontrast moddalarga allergik
reaksiya bo‘lishi mumkin
KNKT
Pastroq nurlanish darajasi, yuqori
aniqlikdagi 3D tasvirlar, tish va
yuz-jag‘ tashxislashda samarali,
Faqat bosh, jag‘ va tish sohalari uchun
mos, yumshoq to‘qimalarni aniq aks
ettirmaydi, narxi qimmat

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
46
tez skanerlash va natijalar, qulay
va ixcham uskuna
DEXA
Suyak zichligini aniqlashda aniq
usul, kam nurlanish darajasi,
tezkor va og‘riqsiz, profilaktik
tibbiy ko‘riklarda qo‘llaniladi
Yumshoq to‘qimalarni yaxshi aks
ettirmaydi, cheklangan qo‘llanilish
sohasi, ba’zi bemorlar uchun mos
emas, narxi nisbatan qimmat
Raqamli Rentgen
[4]
Yuqori sifatli tasvirlar, natijalar
tez olinadi, nurlanish darajasi
pastroq
Qurilmalarni yuqori narxi, elektr
quvvatiga bog‘liq, raqamli tizimlarga
moslashish zarurati
SI bilan
integratsiyalangan
rentgen tizimlari
[4]
Tezkor va avtomatlashtirilgan
tashxislash, yuqori aniqlik va
xatolarni kamaytirish, ko‘p
ma’lumotni qayta ishlash
qobiliyati, tibbiyot xodimlarini ish
yukini kamaytiradi
SI algoritmlarini to‘g‘riligi tibbiy
ma’lumotlarga bog‘liq, ba’zi
murakkab kasalliklarni to‘liq aniqlay
olmaydi
Xulosa.
Mazkur tadqiqotda rentgen tasvirlarini shakllantirish vositalari, ularni tarixi va
ishlash tamoyillari hamda zamonaviy innovatsion yondashuvlari har tomonlama tahlil qilindi.
Tadqiqot natijasida an’anaviy rentgen, KT, KTKT, DEXA, raqamli rentgen tizimlari va sun’iy
intellekt bilan integratsiyalashgan zamonaviy tizimlarni tibbiy tashxislashdagi o‘rni va ahamiyati
aniqlandi. Har bir texnologiyani yutuq va kamchiliklari taqqoslanib, jadval ko‘rinishida
tizimlashtirilib taqdim etildi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, sun’iy intellekt bilan
integratsiyalashgan tizimlar katta imkoniyatlarga ega bo‘lsada, ularni samaradorligi tibbiy
ma’lumotlar bazasi sifatiga bog‘liq ekanligi va ma’lum murakkab kasalliklarni to‘liq aniqlay
olmaslik kabi cheklovlari borligi aniqlandi, bu esa kelgusidagi tadqiqotlar uchun yo‘nalishlarni
belgilab beradi.
Аdabiyotlar ro‘yxati
1.
Mamatov, N., Erejepov, K., Jalelova, M., Narzullayev, I., & Samijonov, A. (2024, June).
X-ray Image Contrast Enhancement Approach. In
2024 3rd International Conference on Applied
Artificial Intelligence and Computing (ICAAIC)
(pp. 1293-1297). IEEE.
2.
Mamatov, N., Sultanov, P., & Jalelova, M. (2023).
Analysis of imaging equipments of
human internal organs. Scientific Collection «InterConf+»,(38 (175)), 291-299
.
3.
Mamatov, N., Dadaxanov, M., Jalelova, M., & Samijonov, B. (2024, May). X-ray image
contrast estimation and enhancement algorithms. In
AIP Conference Proceedings
(Vol. 3147, No.
1). AIP Publishing.
4.
Bushong S. C. Quality Management in Radiology: Principles and Practice, Radiologic
Technology, 2016.
TALABALARGA ROBOTOTEXNIKANI O‘RGATISHDA SUN’IY
INTELLEKTNING AHAMIYATI
Karimov Qayum Mamashayevich
p.f.n., dotsent, Qarshi davlat universiteti
Annotatsiya:
Maqolada talabalarga robototexnikani o‘rgatishda sun’iy intellekt tushunchasi
va uninig mohiyatinidan
ta’limda foydalanishga oid metodik tavsiyalar berilgan.
Dars jarayonida
sun’iy intellekt tushunchasi
va uninig mohiyatinidan foydalanishning samarali jihatlari
o‘rganilgan.