Digital technologies and their role in the educational process

Authors

  • Branch of Kazan (Volga Region) Federal University in the city of Jizzakh, Republic of Uzbekistan

Abstract

The article examines various aspects of shaping students' creative thinking using digital technology. Tools, functional tasks used in the educational process are presented.

Keywords:

digital technology comp’uter competence competency approach creative skills education educational process students

Author Biography

Yusufjon Azimov,
Branch of Kazan (Volga Region) Federal University in the city of Jizzakh, Republic of Uzbekistan
senior teacher

background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

94

9.

Хебб, Д. О. (1949). Организация поведения: нейропсихологическая теория. Нью-

Йорк: Wiley and Sons. ISBN 978-0-471-36727-7

10.

Хопфилд Джон Дж. (

1985)

Neural computation of decisions in optimization problems/

Biological Cybernetics, 1985. Т. 52. №3. 141-152 pp.

11.

Kolesnikova G.I., Shakhbanova M.M., Gryshai V.N...(

Kolesnikova G.I., 2019)

The state

and trends of development of science and education in Modern Russian society// Dilemas
contemporáneos: Educación, Política y Valores.
2019. Т. 6. № S3.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING TA’LIM JARAYONIDAGI

ROLI

Azimov Yusufjon

Jizzax shahridagi Qozon ( Volgabo‘yi) federal universiteti filiali katta o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Maqolada raqamli texnologiyalardan foydalanib, o‘quvchilarning kreativ

fikrlashlarini shakllantirishning turli jihatlari ko‘rib chiqilgan. Ta’lim jarayonida qo‘llaniluvchi
vositalar, funksional vazifalari keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

raqamli texnologiya, kompyuter, kompetentlik, kompetensiyaviy yondoshuv,

kreativ, ko‘nikma, ta’lim, ta’lim jarayoni, o‘quvchilar.

DIGITAL TECHNOLOGIES AND THEIR ROLE IN THE EDUCATIONAL

PROCESS

Annotation:

the article examines various aspects of shaping students‘ creative thinking

using digital technology. Tools, functional tasks used in the educational process are presented.

Key words:

digital technology, comp’uter, competence, competency approach, creative,

skills, education, educational process, students.

ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ИХ РОЛЬ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ

ПРОЦЕССЕ

Аннотация:

в статье рассматриваются различные аспекты формирования

творческого мышления студентов с использованием цифровых технологий. Представлены
инструменты, функциональные задачи используемые в образовательном процессе.

Ключевые

слова:

цифровые

технологии,

компьютер,

компетентность,

компетентностный подход, креатив, навыки, образование, образовательный процесс,
учащиеся.


O‘quv jarayonida o‘quvchilarning kreativ fikrlashlashini rivojlantirish va ta’lim sifati

samaradorligini oshirishga qaratilgan turli xil zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitish
metodlari va vositalari bilan pedagogik shapt-shapoitlapni, tamoyil va yondashuvlapni amalga
oshipish orqali faollashtirish zarur. O‘quv jarayoni ko‘p qirrali, shuning uchun muammoni ko‘plab
pedagogik omillar va vositalar orqali hal qilish talab etiladi. Ta’lim berish jarayonida
o‘quvchilarning kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonini uzluksiz izchillik,
ilmiylik, tizimlilik tamoyillarini nazarda tutgan holda, amalga oshirish imkoniyatidan foydalanib
barcha turdagi ta’lim texnologiyalarini joriy etish, ularning bir-birlarini to‘ldirish imkoniyatini
beradi. Ma’lumki, o‘quvchilarning kreativ fikrlashlarini rivojlantirishning samarali metodlaridan
biri – raqamli texnologiyalardan foydalanib o‘qitish hisoblanadi [1].


background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

95

Ta’lim berish jarayonida o‘quvchilarning qiziqishlarini susaytiruvchi omillardan biri – fan

bo‘yicha ko‘rgazmali ma’lumotlarning kamligidir. Ko‘rgazmali axborotlarga boy bo‘lgan raqamli
texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ta’minlaydi:

1. O‘quv materialini yod olish va o‘zlashtirish, shuningdek, mashq qilish rejimlarida

bilimlarni tekshirishni.

2. Vaqtni tejashni.
3. O‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etishni.
4. Nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilish, tahlil, diagnostika va ta’lim natijalarini baholashning

individuallashtirilgan, tezkor va obyektiv usullarini.

5. Tezkor hujjatlarni tayyorlashni.
6. O‘quv materiallarini tezkor ko‘paytirishni.
7. O‘quv va ilmiy tajribalarni kompyuter texnologiyalari asosida amalga oshirishni.
8. Ma’lumotlar bazasini didaktik vazifalarni yechish uchun ishlab chiqishni [2].
Raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish quyidagi vositalar orqali

amalga oshiriladi (1-rasm).

Fizika fani kompyuterlashtirish jarayoniga aniq fan sifatida mos keladi. Ulardan dars

jarayonida nazariy materialni o‘rganish, mashqlarni bajarish, modellashtirish va vizuallashtirish
vositasi sifatida hamda boshqa maqsadlarda raqamli texnologiyalardan foydalanish mumkin.
Kompyuter texnologiyalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish orqali quyidagilarni ta’minlash
mumkin:

kompyuter bilan aloqa qilish va ixtisoslashtirilgan dasturlar bilan ishlashning o‘ziga xos

xususiyatlari tufayli konstruktiv, algoritmik fikrlashni rivojlantirish;

reproduktiv faoliyat mazmunini o‘zgartirish, intellektual o‘qitish tizimlari va

modellashtirish dasturlari muhitida tajriba, tadqiqot xarakteridagi vazifalarni bajarish orqali
kreativ fikrlashni rivojlantirish;

kompyuter biznes o‘yinlari jarayonida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish asosida

muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish;

optimal qarorlar qabul qilish va qiyin vaziyatga moslashish ko‘nikmalarini shakllantirish

(modellashtirish dasturlari asosida kompyuter tajribalari jarayonida, simulyator dasturlari bilan
ishlashda);


background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

96

o‘quvchining muvaffaqiyatli ijtimoiy va kasbiy moslashuvi uchun zarur bo‘lgan

kompyuter texnologiyalari sohasida malaka darajasiga erishish [5].

Kompyuterdan foydalanish fizika masalalarini yechishda hisoblashlarni avtomatlashtirishga

olib keladi. [3] Natijada vaqt tejalishi hisobiga nazariy materiallarni kattaroq hajmda o‘rganish va
fizik hodisalar hamda jarayonlarni bosqichma-bosqich ko‘rgazmali tushuntirish imkoniyatini
yaratiladi. Quyida raqamli texnologiyalardan foydalanishning vositalari va ularning funksional
vazifalari keltirilgan (1-jadval).

1-jadval

IT vositalaridan foydalanish va ularning funksional vazifalari

Asbob turlari

Asbobning maqsadi

1.

Kompyuterlar va

noutbuklar

Ta’limda ma’lumotlarni saqlash,qayta ishlash va uzatish

2.

Proektorlar va kodo skop

Raqamli tizimlarda ma’lumotlarni aks ettirish

3.

Multimedia

Predmetlar bo‘yicha har xil tur video,audio materyallarni

tayyorlash va ko‘rsatish

4.

Smart-doska

Dars jarayonida elektron doskalardan kontaktsiz

foydalanish

5.

Internet TV

Turli tarmoqlar va kompyuterlar bazasi multimediali

ma’lumotlariga kira olish

6.

Telefon liniyalari

Ma’lumotlarni qayta ishlashning turli vositalari orasida

aloqalarni o‘rnatish

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, fizika fanini o‘qitish jarayonida turli raqamli axborot vositalari

orqali multimedia taqdimotlari, videoroliklar va videofragmentlar, animatsiyalar, elektron
darsliklar, ta’limiy kompyuter dasturlari, trenajyor dasturlari va virtual fizika laboratoriyalarini
qidirib topish imkoniyati mavjud.

Umumta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda, o‘quvchilarining kreativ fikrlashlarini

rivojlantirishni amalga oshirish kontekstida kompyuter yordamida amalga oshiriladigan, quyidagi
o‘quv texnologiyalaridan foydalanish mumkin:

1.

Muammoli

ta’lim-o‘qituvchi kreativ fikrlashni rivojlantirish qonuniyatlarini bilishga

asoslanib, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlari va kognitiv ehtiyojlarini
shakllantirish ustida ishlash uchun maxsus pedagogik vositalardan foydalanadigan trening.

2.

Rivojlantiruvchi ta’lim

-o‘quvchilar aniq bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydigan,

shuningdek harakat usullarini o‘zlashtiradigan, o‘quv faoliyatini loyihalashtirish va boshqarishni
o‘rganadigan ta’lim.

3.

Tabaqalashtirilgan ta’lim -

o‘quv materiallari va o‘qitish usullarini har bir o‘quvchining

individual qobiliyatiga maqbul moslashtirishni o‘z ichiga oladi.

Kreativ fikrlashni o‘rgatish va rivojlantirish

- mantiqiy va shaxsiy-psixologik yondashuvlar

nuqtai nazaridan olingan ma’lumotlarning tahlilini amalga oshirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga
yordam beruvchi natijalarni, stadart va nostandart muammoli vaziyatlarga, savollarga ajratish
bilan, o‘quvchilarning muammo yuzasidan turlicha, samarali, mustaqil qarorlarni ilgari surish
qobiliyatini shakllantirib borishga imkon beradi [4].

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, dunyo mamlakatlari miqiyosida ta’limni tashkil etishning

masofaviy ta’lim shaklida ham, ushbu shakldagi topshiriqlar va virtual laboratoriya ishlarining
variantlarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirgi davrda, fizika
fanining barcha bo‘limlariga doir virtual ishlanmalar ishlab chiqilganiga qaramasdan, ularning fan
dasturlari bo‘yicha tizimga solinmaganligi, laboratoriya mashg‘ulotlarida virtual ishlanmalarni
tadbiq etishga doir uslubiy qo‘llanmalarning ta’minoti mavjud emasligi, o‘quvchilarning ushbu


background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

97

ishlanmalarni mustaqil o‘rganishga doir tavsiyanomalarning ishlab chiqilmaganligi, shuningdek,
o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirganlik darajalarini bevosita elektron nazorat qilishning
tizimlashtirilmaganligi yaqqol namoyn bo‘ldi. Tadqiqot ishlari natijasiga muvofiq, fizika fanidan
kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda axborot-komunikatsiya texnologiyalarining
imkoniyatlaridan foydalanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni AKT asosida tadbiq etish
hamda ushbu sohada dasturiy ishlanmalarni tizimlashtirishni taqozo etadi.

Аdabiyotlar ro‘yxati

1. Никитин О.Д. Педагогическая модел креативного развития студентов

педагогических вузов. Монография.- М.: ФГБНУ «ИХОиК РАО», 2017.-с 14-20.

2. Рындак В. Г. Педагогика креативности: монография / В. Г. Рындак. – М.:

Издателский лом « Университетская книга». 2012. – 284 с.

3. Степаненко Н.А. Развитие креативного потенциала студента педагогического

направления подготовки. - Диссер. канд.пед.наук. – Орск: 2015. 215 с.

4. Крысанова О.А. Подготовка будущего учителя физики к инновационной

методической деятелности в условиях реформирования образования: дис. д-ра пед. наук. –
М., 2013. – 529 с.

5. Козлов Р. С., Козлова Н. Ш. Сифровые технологии в образовании // Вестн.

Майкопского гос. технол. ун-та. 2019. № 1. С. 31-35.

AI IN TEACHING ENGLISH LANGUAGE

Ташанова Диана Даврановна

ассистент кафедры ОН филиала КФУ в г. Джизак Республики Узбекистан

tashanovadiana640@gmail.com


Annotation:

This article discusses the increasing role of Artificial Intelligence (AI) in

English language education, highlighting its benefits and potential drawbacks. Three main
purposes of AI in education have been outlined. Moreover, practical examples such as ChatGPT,
Mentimeter, Gencraft, and Aspose Grade calculator are used to illustrate how AI is transforming
teaching and learning processes. While acknowledging the advantages of AI in providing
personalized learning, creating engaging materials, and automating assessment, the text also
emphasizes the importance of critical thinking, teacher guidance, and responsible AI use. The
conclusion stresses that AI is no longer a futuristic tool but a present-day resource, and educators
must equip students to use it wisely and ethically.

Keywords:

Artificial Intelligence (AI), English language teaching, personalized learning,

educational technology, AI tools, classroom innovation, administrative support, teacher guidance,
ChatGPT, Mentimeter, critical thinking, responsible AI use, scaffolding.

ИИ в преподавании английского языка

Аннотация:

В этой статье обсуждается растущая роль искусственного интеллекта

(ИИ) в образовании английского языка, подчеркиваются его преимущества и
потенциальные недостатки. Были обозначены три основные цели ИИ в образовании. Кроме
того, практические примеры, такие как ChatGPT, Mentimeter, Gencraft и калькулятор оценок
Aspose, используются для иллюстрации того, как ИИ преобразует процессы преподавания
и обучения. Признавая преимущества ИИ в предоставлении персонализированного
обучения, создании увлекательных материалов и автоматизации оценки, текст также

References

Никитин О.Д. Педагогическая модел креативного развития студентов педагогических вузов. Монография,- М.: ФГБНУ «ИХОиК РАО», 2017.-е 14-20.

Рындак В. Г. Педагогика креативности: монография / В. Г. Рындак. - М.: Издателский лом « Университетская книга». 2012. - 284 с.

Степаненко Н.А. Развитие креативного потенциала студента педагогического направления подготовки. - Диссер. канд.пед.наук. - Орск: 2015. 215 с.

Крысанова О.А. Подготовка будущего учителя физики к инновационной методической деятелности в условиях реформирования образования: дис. д-ра пед. наук. -М., 2013.-529 с.

Козлов Р. С., Козлова Н. Ш. Сифровые технологии в образовании // Вести. Майкопского гос. тсхнол. ун-та. 2019. № 1. С. 31-35.

Downloads

Published

How to Cite

Azimov, Y. (2025). Digital technologies and their role in the educational process. Contemporary Problems of Intelligent Systems, 1(2), 94-97. https://inconference.uz/index.php/cpis/article/view/89

Issue

Section

Статьи

Pages

94-97

Views

0

Downloads

0
Download data is not yet available.

Similar Articles

You may also start an advanced similarity search for this article.