Опыт зарубежных стран по использованию цифровых технологий в сельскохозяйственной деятельности

Авторы

  • "Уздаверлойиха" Государственный научно-проектный институт

Аннотация

В данной статье рассказывается об опыте и эффективности использования дронов в сельскохозяйственной деятельности экономически развитых стран мира.

Ключевые слова:

дрон интеллектуальное сельское хозяйство фермеры методы ведения сельского хозяйства мониторинг сельскохозяйственных культур вредители удобрения и пестициды.

Биография автора

Мохинур Мухтарова,
"Уздаверлойиха" Государственный научно-проектный институт
базовый докторант 3-й ступени

background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

58

International Conference on Information Science and Communications Technologies
(ICISCT) (pp. 1-5). IEEE.

2.

Niyozmatova, N., Jalelov, K., Samijonov, B., & Madaminjonov, A. (2024). SPEECH TO

TEXT AND TEXT TO SPEECH APPLICATIONS. BBC, 53.

QISHLOQ XO‘JALIGI FAOLIYATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH BO‘YICHA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

Muxtarova Mohinur Sultonovna

“O‘zdavyerloyiha” DILI 3-bosqich tayanch doktoranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada, iqtisodiyoti rivojlangan dunyo mamlakatlarining qishloq

xo‘jaligi faoliyatida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishdagi tajribasi hamda
samaradorligi haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

uchuvchisiz uchish qurilmasi, aqlli qishloq xo‘jaligi, fermerlar,

dehqonchilikamaliyoti, ekinlar monitoringi, zararkunandalar, о’g‘it va pestisidlar.

ОПЫТ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН ПО ИСПОЛЬЗОВАНИЮ ЦИФРОВЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ В СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Аннотация:

В данной статье рассказывается об опыте и эффективности

использования дронов в сельскохозяйственной деятельности экономически развитых стран
мира.

Ключевые слова:

дрон, интеллектуальное сельское хозяйство, фермеры, методы

ведения сельского хозяйства, мониторинг сельскохозяйственных культур, вредители,
удобрения и пестициды.

EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES ON THE USE OF DIGITAL

TECHNOLOGIES IN AGRICULTURAL ACTIVITIES

Abstract:

This article talks about the experience and effectiveness of the use of drones in

agricultural activities of economically developed countries of the world.

Keywords:

Drones, smart agriculture, farmers, farming practices, crop monitoring, pests,

fertilizers and pesticides.

Kirish

: Jahon miqyosida qator ilmiy tadqiqot institutlari va kompaniyalar tomonidan aqlli

qishloq xо’jaligi, ya’ni fermerlarga suv, о’g‘it va pestisidlar kabi resurslardan foydalanishni
optimallashtirish, datchiklar, dronlar va sun’iy yо’ldoshlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish,
ekinlar monitoringi, ularning salomatligi va о’sishini kuzatish uchun dronlar yoki sun’iy
yо’ldoshlardan olingan tasvirlarni tahlil qilish, zararkunandalar va kasalliklarni aniqlash, ularning
tarqalishini bashorat qilish va oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish, qarorlarni qо’llab-
quvvatlash tizimlari orqali fermer xо‘jaligi ma’lumotlari asosida dehqonchilik amaliyotini
optimallashtirish yо’nalishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi-dronlardan foydalanishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri hisoblanib,

2023 yilda jahonda uchuvchisiz uchish qurilmalar bozorining 28 foizini tashkil qilgan [4].

Asosiy qism:

Qishloq xо’jaligida UUQdan foydalanish ijobiy о‘zgarishlarni ta’minlab,

ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Bugungi kunga qadar
qishloq xо‘jaligi faoliyatida UUQdan foydalanish bо’yicha AQSH, Xitoy, Yaponiya, Braziliya va
kо’plab Yevropa mamlakatlari katta tajribaga ega. Qishloq xо’jaligida UUQdan foydalanish


background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

59

boshqa sohalarga qaraganda juda katta ustuvorlik beradi va 2025-yilga kelib AQShda UUQ
bozorining taxminan 80 % qishloq xо’jaligida band bо’ladi [2].

Bugungi kunda UUQdan foydalanish Rossiya qishloq xо‘jaligi uchun ham dolzarb

masaladir. Keng hudud va katta ekin maydonlariga ega bо‘lgan mamlakatda qishloq xо’jaligiga
ajratilgan yerlarni kuzatish kо’p hollarda qiyinchilik tug‘diradi. Hozirgi kunda Rossiya UUQ
savdosida nisbatan oz miqdordagi ulushga ega, ya’ni taxminan 2 %, ammo kelgusida ushbu
kо’rsatkichni oshirish uchun ushbu mamlakat ulkan salohiyatga ega [3].

Yaponiyani ham dronlardan muvaffaqiyatli foydalanish bo‘yicha namuna sifatida ko‘rish

mumkinligi aytilgan. Chunki mamlakat Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari vazirligi
dronlarning tijoratlashtirilishiga to‘sqinlik qilmagan va aksincha, dronlardan xavfsiz foydalanish
uchun maxsus qoidalar va operatorlarga litsenziya berish tizimini ishlab chiqqan holda
texnologiyani ishga tushirgan. Polsha Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi
ma’lumotlariga ko‘ra, dronlardan foydalanish tarmoq unumdorligini 5 foizgacha oshirishi va har
yili iqtisodiy qiymatning 2,5 milliard yevroga qo‘shimcha oshishiga olib kelishi mumkin. Polsha
hukumati fermerlarni dron texnologiyasini qo‘llashga chaqirmoqda. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat
va qishloq ishlari vazirligi fermerlarni dronlar uchun mablag‘ ajratishga rag‘batlantirish uchun
grantlar va boshqa imtiyozlarni taqdim etmoqda.[5] Xitoyda 200 mingdan ortiq uchuvchisiz uchish
qurilmalaridan 14,5 mln gektarga yaqin ekin maydonlarini ishlov berish uchun foydalaniladi.
Mamlakatning 11 viloyatida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, pestitsidlarni purkash uchun
uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish boshoqli ekinlarning har gektaridan sof daromadni
473 dollargacha oshirgan [4].

1-rasm.

Dronlar orqali olingan va qayta ishlangan sholi dalasining tasviri


Xitoyda dronlar ijarasi boʻyicha ilova yaratilgan. 2016-yil boshida Pekinda tashkil etilgan

Farm Friend fermerlar uchun qishloq xoʻjaligi dron egalariga ekinlarga pestitsidlar va oʻgʻitlar
purkash uchun dronlarni ijaraga olish platformasidir.

Hindistonda qishloq xoʻjaligida dronlardan ommaviy foydalanish yoʻlga qoʻyildi.

Dronlardan foydalanish 2026-yilga borib Hindiston yalpi ichki mahsulotini 1,5 %ga (51 milliard
dollar) oshirishi va 500 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratishi kutilmoqda.

Qishloq xoʻjaligiga dronlarni keng koʻlamda foydalanishga targʻib etish boʻyicha Hindiston

modelining xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1) Qishloq xoʻjaligiga yangi texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish.

2) Dronlarni sotib olish va ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikni liberallashtirish.


background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

60

3) Fermerlarni yangi texnologiyalarga oʻrgatish dasturlarini ishga tushirish.

4) Fermerlarga dronlarni ijaraga olish imkoniyati mavjudligi.

Qatarda dronlardan foydalanish qishloq xoʻjaligida suvni 30 %ga tejalishiga olib keldi.

Mozambikda qishloq xoʻjaligida suvdan foydalanish samaradorligi 55% ga yaxshilandi. Ilmiy
tadqiqot natijalariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 90 %gacha yetishi mumkinligi ta’kidlangan.

Kimyoviy moddalarning zararliligi tufayli odamlar dalalarda juda cheklangan vaqtda qolishi

mumkin. Shu munosabat bilan, aviatsiya koʻpincha katta paxta maydonlarida qoʻllaniladi, bu
odamlar uchun zararli va juda qimmat tadbirdir.

Bu omillarning barchasi qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini sezilarli darajada oshiradi.

Shunday qilib, Mozambikda yangi dron texnologiyalari qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini 41% ga,
Saudiya Arabistonida 20% ga oshirishga yordam berdi [5].

Umuman olganda, dronlardan faol foydalanish qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat

yuritayotgan klaster, fermer va boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish, qishloq
xoʻjaligi tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash va hosildorlikni oshirish borasida qoʻyilgan maqsadlarga
erishishga salmoqli hissa qoʻshish imkoniyatiga ega.

Ta’kidlash joizki, AQSh, Xitoy, Yaponiya, Braziliya va ko‘plab Yevropa davlatlarida

qishloq xo‘jaligida allaqachon dronlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Dronlardan
foydalanishdan maqsadlar turlicha – qushlarni haydash, kichik maydonlarni kimyoviy vositalar
bilan purkash, o‘g‘rilikni oldini olish, dalalarning xaritalarini tuzish, katta yer maydonlarida
ekinlarning unib chiqish darajasini kuzatish, o‘simliklarga zarur ozuqaviy moddalarning yetib
borishini tahlil qilish. Shuningdek, dronlar yordamida o‘simliklar chalinadigan kasalliklarni
tarqalishini aniqlash, o‘g‘itlarni aniq maqsadlarga yo‘naltirib solish yoki zararkunandalarga qarshi
kimyoviy moddadalarni sepish imkoniyati mavjud [1].

Xulosa:

Qishloq xо’jaligi faoliyatida raqamli texnologiyalarga asoslangan yechimlar

mahsulot sifatini yaxshilaydi. Iqlim о’zgarishi, aholining о’sishi va oziq-ovqat xavfsizligi kabi
kо’plab omillar ushbu tarmoqni himoya qilish uchun yanada innovatsion yondashuvlarni izlashga
undaydi.

Ayni paytda Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish, oʻgʻit va kimyoviy moddalar

tannarxini pasaytirish, suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish muammolarini hal
etishda dronlardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar mavjud.

Buning uchun dronlardan foydalanish boʻyicha mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarni

oshirish, klasterlar va fermer xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi muammolarini hal qilishda dronlarning
imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozirgi ilmiy va taʼlim muassasalari
ushbu sohani oʻrganish uchun shu yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlar olib borishi, qishloq xoʻjaligi
muammolarini hal etishda dronlarni joriy etishni davlat tomonidan ragʻbatlantirish tizimini
takomillashtirish zarur.

Bundan tashqari iqtisdiyoti hamda qishloq xo‘jaligi rivojlangan xorijiy davlatlarning

tajribasini o‘zlashtirish va eng maqbullarini mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi faoliyatiga tadbiq
qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1. Toshpo‘latov S. A. Islomov O‘.P. Inamov A.N. Pardaboyev A.P. Zamonaviy geodezik

asboblar Darslik Toshkent-2022.

2.Дик В.В. Методология формирования решений в экономических системах

иинструментальные среды их поддержки. - М.: Финансы и статистика, 2000,-300с.;

3.Титоренко Г.А. Информационные технологии управления: Учебное пособиедля

вузов. /Под ред. проф. Титоренко Г.А. 2-е изд., доп. –М.: ЮНИТИДАНА, 2007. - 439с.;


background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

61

4.https://zamin.uz/uz/texnologiya/133318-qishloq-xojaligida-dronlardan foydalanishning-

foydasi-hisoblab-chiqildi.html.

5. https://www.gazeta.uz/oz/2023/07/26/agrodrone/

LALMI YERLARDA SUV TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNI

QO‘LLASHNING AHAMIYATI

Sharopov Ramziddin Najmiddinovich

“O‘zdavyerloyiha” Davlat ilmiy loyihalash instituti doktorantura bo‘limi boshlig‘i,

q.x.f.f.d, (PhD), k.i.x.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Lalmi yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish

maqsadida lalmi yerlarda suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llash va suvdan foydalanish va
sug‘orish usullari haqida yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

lalmi mintaqa, suv tejamkor texnologiyalar, tomchilatib sug‘orish,

agroo‘rmonchilik, terasalash, yomg‘ir suvini yig‘ish, tabiiy yog‘ingarchilik.

ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ВОДОСБЕРЕГАЮЩИХ ТЕХНОЛОГИЙ В

ЗАСУХИХ ЗЕМЛЯХ

Аннотация:

В целях организации эффективного использования засушливых земель в

данной статье описано применение водосберегающих технологий и методов
водопользования и орошения на засушливых землях.

Ключевые слова

: засушливые земли, водосберегающие технологии, капельное

орошение, агролесомелиорация, террасирование, сбор дождевой воды, естественные
осадки.

THE IMPORTANCE OF USING WATER SAVING TECHNOLOGIES IN DRY

LANDS

Abstract:

In order to organize efficient use of dry land, this article describes the application

of water-saving technologies and methods of water use and irrigation in dry land.

Key words:

dryland, water-saving technologies, drip irrigation, agroforestry, terracing,

rainwater harvesting, natural precipitation.


Kirish:

Jahon miqyosida ko‘plab davlatlarda lalmi ekin maydonlarining taxminan 45 foizida

hali ham yetarli darajada foydalanilmay kelinmoqda. Bularga, asosan, suv tanqisligida ko‘plab
muammolarga duch kelayotgan daromadi past davlatlarda to‘plangan. Foydalanish imkoniyatini
oshirish uchun ushbu hududlarda suvni tejovchi agrotexnologiya usullarini qo‘llash lozim bo‘ladi.
Bu usullarni kengaytirish, xizmatlarni ko‘paytirish va raqamlashtirish, shuningdek, ijro etuvchi
hokimiyat organlari tomonidan yerdan foydalanuvchi fermerlarga yordam ko‘rsatish orqali
qo‘llab-quvvatlash mumkin [3].

Asosiy qism:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq

xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni [1]
hamda uning asosida qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali
foydalanishni tashkil etish Konsepsiyasi” da, shuningdek 2019-yil 6-sentabr kuni Prezident
Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Qishloq xo‘jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirishning ustuvor
vazifalari” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda qayd qilingan mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida lalmi ekin maydonlaridan foydalanishni

Библиографические ссылки

Toshpo'latov S. A. Islomov O‘.P. Inamov A.N. Pardaboyev A.P. Zamonaviy geodezik asboblar Darslik Toshkent-2022.

Дик B.B. Методология формирования решений в экономических системах иинструментальные среды их поддержки. - М.: Финансы и статистика, 2000,-ЗООс.;

Титоренко Г.А. Информационные технологии управления: Учебное пособиедля вузов. /Под ред. проф. Титоренко Г.А. 2-е изд., доп. -М.: ЮНИТИДАНА, 2007. - 439с.;

https://zamin.uz/uz/texnologiya/133318-qishloq-xojaligida-dronlardan foydalanishning-fovdasi-hisoblab-chiqildi.html.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/07/26/agrodrone/

Опубликован

Как цитировать

Мухтарова, М. (2025). Опыт зарубежных стран по использованию цифровых технологий в сельскохозяйственной деятельности . Современные проблемы интеллектуальных систем, 1(1), 58-61. https://inconference.uz/index.php/cpis/article/view/26

Выпуск

Раздел

Статьи

Страницы

58-61

Просмотры

0

Скачивания

0
Данные по скачиваниям пока не доступны.

Похожие статьи

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.