Важность использования водосберегающих технологий в засухих землях

Авторы

  • "Уздаверлойиха" Государственный научно-проектный институт

Аннотация

В целях организации эффективного использования засушливых земель в данной статье описано применение водосберегающих технологий и методов водопользования и орошения на засушливых землях.

Ключевые слова:

засушливые земли водосберегающие технологии капельное орошение агролесомелиорация террасирование сбор дождевой воды естественные осадки

Биография автора

Рамзиддин Шаропов,
"Уздаверлойиха" Государственный научно-проектный институт
Заведующий отделом докторантуры, к.б.н., доктор наук

background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

61

4.https://zamin.uz/uz/texnologiya/133318-qishloq-xojaligida-dronlardan foydalanishning-

foydasi-hisoblab-chiqildi.html.

5. https://www.gazeta.uz/oz/2023/07/26/agrodrone/

LALMI YERLARDA SUV TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNI

QO‘LLASHNING AHAMIYATI

Sharopov Ramziddin Najmiddinovich

“O‘zdavyerloyiha” Davlat ilmiy loyihalash instituti doktorantura bo‘limi boshlig‘i,

q.x.f.f.d, (PhD), k.i.x.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Lalmi yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish

maqsadida lalmi yerlarda suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llash va suvdan foydalanish va
sug‘orish usullari haqida yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

lalmi mintaqa, suv tejamkor texnologiyalar, tomchilatib sug‘orish,

agroo‘rmonchilik, terasalash, yomg‘ir suvini yig‘ish, tabiiy yog‘ingarchilik.

ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ВОДОСБЕРЕГАЮЩИХ ТЕХНОЛОГИЙ В

ЗАСУХИХ ЗЕМЛЯХ

Аннотация:

В целях организации эффективного использования засушливых земель в

данной статье описано применение водосберегающих технологий и методов
водопользования и орошения на засушливых землях.

Ключевые слова

: засушливые земли, водосберегающие технологии, капельное

орошение, агролесомелиорация, террасирование, сбор дождевой воды, естественные
осадки.

THE IMPORTANCE OF USING WATER SAVING TECHNOLOGIES IN DRY

LANDS

Abstract:

In order to organize efficient use of dry land, this article describes the application

of water-saving technologies and methods of water use and irrigation in dry land.

Key words:

dryland, water-saving technologies, drip irrigation, agroforestry, terracing,

rainwater harvesting, natural precipitation.


Kirish:

Jahon miqyosida ko‘plab davlatlarda lalmi ekin maydonlarining taxminan 45 foizida

hali ham yetarli darajada foydalanilmay kelinmoqda. Bularga, asosan, suv tanqisligida ko‘plab
muammolarga duch kelayotgan daromadi past davlatlarda to‘plangan. Foydalanish imkoniyatini
oshirish uchun ushbu hududlarda suvni tejovchi agrotexnologiya usullarini qo‘llash lozim bo‘ladi.
Bu usullarni kengaytirish, xizmatlarni ko‘paytirish va raqamlashtirish, shuningdek, ijro etuvchi
hokimiyat organlari tomonidan yerdan foydalanuvchi fermerlarga yordam ko‘rsatish orqali
qo‘llab-quvvatlash mumkin [3].

Asosiy qism:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq

xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni [1]
hamda uning asosida qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali
foydalanishni tashkil etish Konsepsiyasi” da, shuningdek 2019-yil 6-sentabr kuni Prezident
Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Qishloq xo‘jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirishning ustuvor
vazifalari” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda qayd qilingan mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida lalmi ekin maydonlaridan foydalanishni


background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

62

oqilona tashkil etish alohida e’tirof etildi. Xususan, qabul qilingan “Konsepsiya”ga muvofiq 2019-
2030 yillar davomida 93,0 ming gektar lalmi ekin yerlariga suv chiqarish va sug‘oriladigan
ekinzorlarga aylantirish ko‘zda tutilgan. Shunday ekan, bunday tadbirlarni amalga oshirish ushbu
hududlardan foydalanishni ta’minlovchi yer tuzish loyihalarini yaratish, ularda yer va ekin turlari
maydonlarini optimallashtirish masalalarini hal qilishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini
bajarish zaruratini tug‘dirmoqda.

Lalmi yerlarda suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llash juda muhim, chunki bu hududlarda

yog‘ingarchilik kam, sug‘orish suvlari cheklangan yoki yo‘q bo‘lgan yerlardan samarali tarzda
foydalanish uchun qiyinchiliklar yuzaga keladi. Suv tejamkor texnologiyalar quyidagi
ahamiyatlarga ega:

Suv manbalaridan optimal foydalanish:

Lalmi yerlarda suv manbalari cheklangan

bo‘lgani uchun har bir tomchi suvdan samarali foydalanish zarur. Suv tejamkor texnologiyalar
bilan ekinlar suvga kamroq ehtiyoj sezadi va mavjud suv manbalaridan ko‘proq foyda olinadi.

Yerlarni degradatsiyadan saqlash:

Lalmi hududlarda notekis yog‘ingarchilik tufayli

yerning tez qurib ketishi yoki sho‘rlanish xavfi bor. Suv tejamkor texnologiyalar yordamida
namlikni saqlab qolish va tuproqni eroziyadan muhofaza qilish mumkin.

Hosildorlikni oshirish:

Suv tejamkor usullar, masalan, tomchilatib sug‘orish yoki suvni

chuqurligiga yuborish texnologiyalari, ekinlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini aniqroq qondiradi va
bu hosildorlikni oshiradi.

Ekologiyaga ijobiy ta’sir:

Tabiiy resurslardan samarali foydalanish ekologik muvozanatni

saqlashga yordam beradi. Masalan, sug‘orish suvlaridan ortiqcha foydalanish ekologik ziyon
keltirmasligi va suv manbalarini tejash imkonini beradi.

Iqtisodiy samaradorlik:

Suv tejamkor texnologiyalar qishloq xo‘jaligida xarajatlarni

qisqartirishga yordam beradi, chunki ular suv sarfini kamaytiradi va energiyani tejashga imkon
beradi.

O‘zbekistonda lalmi yerlarda suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash masalasi muhim

ahamiyatga ega, chunki mamlakatning katta qismi quruqlik va suv resurslari cheklangan
hududlardan iborat. Hozirgi kunda bir qator suv tejamkor texnologiyalar qo‘llanilmoqda va
ularning ayrimlari lalmi yerlar uchun moslashtirilgan. Quyida ayrim texnologiyalarning
qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan:

1. Tomchilatib sug‘orish
Bugungi kunda O‘zbekistonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasiga bo‘lgan talab ortib

bormoqda. Bu texnologiya, ayniqsa, suv resurslari cheklangan lalmi hududlarda samaralidir,
chunki suvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simlik ildizlariga yetkazish imkonini beradi. Bu yo‘l bilan suv
sarfi 30-50% gacha kamayishi mumkin va tuproqdagi namlik saqlanib qoladi.

1-rasm. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi


background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

63

2. Yomg‘ir suvini yig‘ish va saqlash
Lalmi yerlar uchun yomg‘ir suvini yig‘ish tizimlari juda samarali hisoblanadi. Suv ta’minoti

yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan quruq va yarim quruq hududlarda sug‘orish maqsadida suvni
samarali yig‘ish va saqlashni nazarda tutadi. Suv chuqur quduqlar yoki maxsus rezervuarlarda
saqlanib, ekinlarni sug‘orish uchun qayta foydalaniladi. Bu ekinlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishga yordam beradi.

2-rasm. Yomg‘ir suvini yig‘ish va saqlash texnologiyasi

3. Konservatsion sug‘orish
Konservatsion sug‘orish (konservatsion dehqonchilik) tuproqning tabiiy namligini

saqlashga qaratilgan texnologiyalardan iborat. Unda tuproqni kam parchalash yoki o‘simlik
qoldiqlarini tuproqda qoldirib, namlikni saqlash va tuproq eroziyasini oldini olish maqsad qilinadi.
Bu usullar suv tejamkorligi va tuproq unumdorligini oshiradi.

4. Agroo‘rmonchilik (агролесомелиорация)
Lalmi hududlarda daraxtlar va boshqa o‘simliklar bilan yakka bo‘lgan ekinlarni aylanishli

yetishtirish agroo‘rmonchilik deb ataladi. Bu yerning namligini saqlashga va tuproqning
yaxshilanishiga

yordam

beradi.

O‘zbekistonda ayrim hududlarda agroo‘rmonchilik

texnologiyalari qo‘llanilmoqda.

5. Suvni qayta ishlash va filtrlash
Qayta ishlangan suvdan foydalanish lalmi yerlar uchun muhimdir. O‘zbekistonda ayrim

loyihalar suvni qayta ishlash va drenaj suvlarini qayta sug‘orishda foydalanishga qaratilgan. Bu
esa suv resurslarini tejashga yordam beradi.

6. Terasalash va yerga suv yuborish texnikasi
Lalmi yerlar uchun yana bir samarali usul yer terasalash va tuproqni parchalab suvni tuproq

ichiga singdirishdan iborat. Bu texnologiya suvni tuproqda chuqurroq saqlash va uni hosildorlik
uchun samarali foydalanishga yo‘naltirilgan [4].

A.R.Babajanov lalmi mintaqa yerlaridan foydalanishni oqilona tashkil etishdadagi tadqiqoqt

ishlarida yer yuzida tabiiy iqlimning o‘zgarishi sababli cho‘llanishning yil sayin ko‘payib
ketayotganligi, ichimlik va sug‘orish suvining kamayishi insoniyat oldida suvni tejash va suvsizlik
sharoitida ham qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Bu
muammoni qisman yechish lalmi mintaqa yerlaridan qishloq xo‘jaligida foydalanishni zamonaviy
texnologiyalar va noan’anaviy usullar yordamida yaxshilash, suvsizlikka chidamli ekin turlarini
tanlash, joylashtirish orqali yuqori hosil yetishtirish, joylashgan mintaqasiga qarab turli ko‘p yillik
daraxtzorlar maydonlarini yaratish bilan uzviy bog‘liqdir [2].

Xulosa.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunga qadar mamlakatimizda turli

yaylovlardagi tabiiy yog‘ingarchiliklar suvlaridan samarali foydalanish, xususan takomillashgan
suv yig‘ish texnologiyalari bugungi kunga qadar qo‘llanilmagan. O‘zbekiston sharoitida yaylov
yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish mexanizmi ishlab chiqilmagan.


background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

64

Shu sababli, takomillashgan suv yig‘ish texnologiyasini qo‘llash, atmosfera yog‘inlarini

to‘plash orqali yaylov yerlarda daraxtlarni va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va
yetishtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga
ega.

Adabiyotlar ro‘yxati

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer

va suv resurslaridan samarali foydalanish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

2. Babajanov A.R. Lalmi mintaqa yerlaridan foydalanishni oqilona tashkil etish //

«O‘zbekiston zamini» ilmiy-amaliy va innovatsion jurnali. - Toshkent: «O‘zdavyerloyiha» DILI,
2022. - №2. - B. 69-72.

3. https://www.fao.org/agrifoodeconomics/publications/detail/en/c/1333419/
4.

https://theasiatoday.org/news/central-asia/the-priority-of-water-resource-management-

reform-in-uzbekistan-is-water-conservation-and-its-rational-use/

RAQAMLI TEXNOLOGIYLAR VA SUN’IY INTELLEKTNING FAN-TA’LIM VA

SANOATDAGI ROLI

Sottorova Shoira Abdurasulovna

Aniq va tabiiy fanlarlar kafedrasi, stajyor o‘qituvchi

Hikmatova Hilola 3-bosqich talabasi

Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali (SamDUKF)

РОЛЬ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В

НАУКЕ И ПРОМЫШЛЕННОСТИ

Аннотация:

В данной статье рассматривается роль цифровых технологий и

искусственного интеллекта в современном обществе, в частности, их применение в науке,
образовании и промышленности. Освещены практические приложения технологий
искусственного интеллекта, их влияние на деятельность человека, эффективность и
перспективы развития.

Ключевые слова:

цифровые технологии, искусственный интеллект, наука,

образование, промышленность, автоматизация.

THE ROLE OF DIGITAL TECHNOLOGIES AND ARTIFICIAL INTELLECT IN

SCIENCE AND INDUSTRY

Abstract:

This article analyzes the role of digital technologies and artificial intelligence in

modern society, especially their application in science, education, and industry. The paper
highlights practical uses of AI technologies, their impact on human activity, efficiency, and
development prospects.

Key words:

digital technologies, artificial intelligence, science, education, industry,

automation.

Kirish.

Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt (SI) so‘nggi yillarda jamiyat hayotining

deyarli barcha sohalariga chuqur kirib bordi. Bu jarayon axborot texnologiyalarining tez
rivojlanishi va ma’lumotlarga ishlov berish quvvatining oshishi bilan izohlanadi. Tarixan
qaralganda, raqamli texnologiyalarning dastlabki bosqichi kompyuterlarning ommalashuvi bilan
bog‘liq bo‘lsa, keyingi bosqichda sunʼiy intellekt asosidagi tizimlar paydo bo‘lib, inson faoliyatini

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

Babajanov A.R. Lalmi mintaqa yerlaridan foydalanishni oqilona tashkil etish // «0‘zbckiston zamini» ilmiy-amaliy va innovatsion jumali. - Toshkcnt: «0‘zdavycrloyiha» DILI, 2022. - №2. - B. 69-72.

https://www.fao.Org/agrifoodcconomics/publications/detail/cn/c/1333419/

https://theasiatoday.org/news/central-asia/the-priority-of-water-resource-management-reform-in-uzbekistan-is-water-conservation-and-its-rational-use/

Опубликован

Как цитировать

Шаропов, Р. (2025). Важность использования водосберегающих технологий в засухих землях . Современные проблемы интеллектуальных систем, 1(1), 61-64. https://inconference.uz/index.php/cpis/article/view/35

Выпуск

Раздел

Статьи

Страницы

61-64

Просмотры

2

Скачивания

0
Данные по скачиваниям пока не доступны.

Похожие статьи

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.