
Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
46
tez skanerlash va natijalar, qulay
va ixcham uskuna
DEXA
Suyak zichligini aniqlashda aniq
usul, kam nurlanish darajasi,
tezkor va og‘riqsiz, profilaktik
tibbiy ko‘riklarda qo‘llaniladi
Yumshoq to‘qimalarni yaxshi aks
ettirmaydi, cheklangan qo‘llanilish
sohasi, ba’zi bemorlar uchun mos
emas, narxi nisbatan qimmat
Raqamli Rentgen
[4]
Yuqori sifatli tasvirlar, natijalar
tez olinadi, nurlanish darajasi
pastroq
Qurilmalarni yuqori narxi, elektr
quvvatiga bog‘liq, raqamli tizimlarga
moslashish zarurati
SI bilan
integratsiyalangan
rentgen tizimlari
[4]
Tezkor va avtomatlashtirilgan
tashxislash, yuqori aniqlik va
xatolarni kamaytirish, ko‘p
ma’lumotni qayta ishlash
qobiliyati, tibbiyot xodimlarini ish
yukini kamaytiradi
SI algoritmlarini to‘g‘riligi tibbiy
ma’lumotlarga bog‘liq, ba’zi
murakkab kasalliklarni to‘liq aniqlay
olmaydi
Xulosa.
Mazkur tadqiqotda rentgen tasvirlarini shakllantirish vositalari, ularni tarixi va
ishlash tamoyillari hamda zamonaviy innovatsion yondashuvlari har tomonlama tahlil qilindi.
Tadqiqot natijasida an’anaviy rentgen, KT, KTKT, DEXA, raqamli rentgen tizimlari va sun’iy
intellekt bilan integratsiyalashgan zamonaviy tizimlarni tibbiy tashxislashdagi o‘rni va ahamiyati
aniqlandi. Har bir texnologiyani yutuq va kamchiliklari taqqoslanib, jadval ko‘rinishida
tizimlashtirilib taqdim etildi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, sun’iy intellekt bilan
integratsiyalashgan tizimlar katta imkoniyatlarga ega bo‘lsada, ularni samaradorligi tibbiy
ma’lumotlar bazasi sifatiga bog‘liq ekanligi va ma’lum murakkab kasalliklarni to‘liq aniqlay
olmaslik kabi cheklovlari borligi aniqlandi, bu esa kelgusidagi tadqiqotlar uchun yo‘nalishlarni
belgilab beradi.
Аdabiyotlar ro‘yxati
1.
Mamatov, N., Erejepov, K., Jalelova, M., Narzullayev, I., & Samijonov, A. (2024, June).
X-ray Image Contrast Enhancement Approach. In
2024 3rd International Conference on Applied
Artificial Intelligence and Computing (ICAAIC)
(pp. 1293-1297). IEEE.
2.
Mamatov, N., Sultanov, P., & Jalelova, M. (2023).
Analysis of imaging equipments of
human internal organs. Scientific Collection «InterConf+»,(38 (175)), 291-299
.
3.
Mamatov, N., Dadaxanov, M., Jalelova, M., & Samijonov, B. (2024, May). X-ray image
contrast estimation and enhancement algorithms. In
AIP Conference Proceedings
(Vol. 3147, No.
1). AIP Publishing.
4.
Bushong S. C. Quality Management in Radiology: Principles and Practice, Radiologic
Technology, 2016.
TALABALARGA ROBOTOTEXNIKANI O‘RGATISHDA SUN’IY
INTELLEKTNING AHAMIYATI
Karimov Qayum Mamashayevich
p.f.n., dotsent, Qarshi davlat universiteti
Annotatsiya:
Maqolada talabalarga robototexnikani o‘rgatishda sun’iy intellekt tushunchasi
va uninig mohiyatinidan
ta’limda foydalanishga oid metodik tavsiyalar berilgan.
Dars jarayonida
sun’iy intellekt tushunchasi
va uninig mohiyatinidan foydalanishning samarali jihatlari
o‘rganilgan.

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
47
Kalit so‘zlar
: robototexnika, sun’iy intellekt, raqamli texnologiya, sun’iy aql, axborot
kommunikatsion texnologiya, mexanika, elektronika, dasturiy ta’minot, sensor.
ЗНАЧЕНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОБУЧЕНИИ
СТУДЕНТОВ РОБОТОТЕХНИКЕ.
Аннотация:
В статье даны методические рекомендации по использованию
концепции искусственного интеллекта и его сущности в образовании при обучении
школьников робототехнике. В ходе занятия были изучены понятие искусственного
интеллекта и эффективные аспекты использования его сущности.
Ключевые слова
: робототехника, искусственный интеллект, цифровые технологии,
искусственный интеллект, информационно-коммуникационные технологии, механика,
электроника, программное обеспечение, датчики.
THE IMPORTANCE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN TEACHING
STUDENTS ROBOTICS.
Annotation:
The article provides methodological recommendations on the use of the
concept of artificial intelligence and its essence in education when teaching robotics to
schoolchildren. During the lesson, the concept of artificial intelligence and effective aspects of
using its essence were studied.
Key words
: robotics, artificial intelligence, digital technologies, artificial intelligence,
information and communication technologies, mechanics, electronics, software, sensors.
Kirish.
Axborot kommunikatsion texnologiya (AKT)larning rivojlanishi, zamonaviy
texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko‘plab ijobiy imkoniyatlar
berishi mumkin. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi insonga kerakli xizmatdan tezroq
foydalanishi, internet orqali o‘ziga kerakli ma’lumotlarni tez va qulay holda olishi mumkin. Bunda
vaqt tejaladi. Masalan biron bir kitobni elektron ko‘rinishda olish shu kitobni chop etilgan
ko‘rinishini olishga qaraganda ancha tez va qulaydir.
Hozirgi kunda oliy o‘quv yurtlarining “matematika va informatika” bakabriyat ta’lim
yo‘nalishining talabalariga “Informatika va raqamli texnologi-yalar” fani o‘qitilmoqda. Bunda
talabalar raqamli texnologiyalar bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishlarini davr taqqoza etadi.
Raqamli texnologiya bu – ish yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib, unda ishlab chiqarish
va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni
qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ish
yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida
turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni.
masofaviy o‘qitish, meditsina xizmatlari ko‘rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot
yetishtirishlarini keltirish mumkin.
Sun’iy aql - informatikaning alohida sohasi bo‘lib, kompyuter yoki mashinaning inson
ongidagi imkoniyatlarga taqlid qilishi, codda qilib aytganda, sun’iy aql kompyuterlarni odam kabi
o‘ylash va yechim topishga yo‘naltirilgan texnologiya hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy
intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari
to‘g‘risida’’gi qarorida ham “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, soliq sohasida
ham yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, soliq to‘lovlaridagi tafovutlarni
aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashga alohida ahamiyat qaratilgan.
Shu bois talabalar bu sohada zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim.

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
48
Asosiy qism:
Talabalar robototexnika to‘g‘risida ma’lum darajada bilimga ega bo‘lishlari
kerak. Avtomobillardan tortib, to maishiy texnika jihozlarigacha zamonaviy uskunalarning bir
qismidir. Robototexnika kelajak haqida emas, balki hozirgi kun haqida, shuning uchun uni
o‘rganish rivojlanishda har qachongidan ham muhimdir.
Robototexnika bu robotlar va boshqa avtomatik tizimlarni yaratish, o‘rganish va ulardan
foydalanish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy va amaliy soha hisoblanadi. Ushbu sohada, texnologiya
va mexanika asosida yaratilgan qurilmalar va robotlar o‘zgaruvchanlik va ish xavfsizligi tizimi
bilan farqlanadi.
Robotlarning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
-Mexanika: Robotning tuzilishi va mexanik qismlari, masalan, harakatlanish tizimlari
(motorlar, tirkalish tizimlari, qo‘llar, va boshqalar).
-Elektronika: Robotning boshqaruv tizimlarini yaratish uchun zarur bo‘lgan elektron qismlar
(sensorlar, aktuatorlar: Robotga harakat beradigan tizimlar (masalan, motorlar yoki gidravlik
tizimlar)va boshqalar).
-Dasturiy ta’minot: Robotning ishlashini boshqarish uchun dastur va algoritmlar.
-Sun’iy intellekt: Robotga o‘z atrof-muhitini tushunish va unga mos javob berish
imkoniyatini beruvchi texnologiyalar.
-Sensorlar va tizimlar: Robotning atrof-muhitni sezish imkoniyatini yaratadigan sensorlar
(masalan, ko‘rish, tegish, haroratni o‘lchash).
Robottexnika zamonaviy dunyoda turli muammolarni hal qilish uchun muhim rol o‘ynaydi
va ko‘plab sohalarda inqilobiy o‘zgarishlarga olib
kelmoqda.
Bunda asosiy qismlardan biri bo‘lgan sun’iy intellektni talabalar chuqur va batafsil
tushuntirish lozim.Suni’iy intelektsiz robotning
imkoniyatini to‘liq tasavvur qilish qiyin.
Tadqiqot ishinig maqsadi:
Talabalarning information bilimlarini rivojlantirishda sun’iy
intellekt tizimining ahamiyatini tahlil qilish, samarali jihatlarini aniqlash va ta’lim jarayonida
foydalanish holatini o‘rganish.
Tadqiqot vazifasi:
Sun’iy intellekt tizimining imkoniyatidan informatika va raqamli
texnologiyalarga oid bilimlarni o‘rgatishda foydalanish holat(potensial) larini aniqlash.
Sun’iy intellektni (SI) o‘qitish — bu kompyuter tizimlarining o‘z tajribasidan o‘rganishi va
yangi vazifalarni bajarishda insonning o‘rganish jarayonini taqlid qilishni o‘z ichiga oladi. Sun’iy
intellektni o‘qitishning asosiy usullari va metodlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Sun’iy intellekt tizimlariga tajribadan o‘rganish imkoniyatini beradi. Mashina o‘rganishning
turli turlari mavjud, jumladan:
Tizimga kirish va chiqish ma’lumotlari beriladi, va model bu ma’lumotlardan o‘rganib,
yangi ma’lumotlar asosida natijalar chiqaradi.
Modelga faqat kirish ma’lumotlari beriladi va tizim ma’lumotlar orasidagi bog‘lanishlarni
topishga harakat qiladi.
Modelga atrof-muhitdan rag‘batlantirish beriladi va kamchiliklar ko‘rsatiladi.Tizim bu
asosida o‘rganadi.
Neiron tarmoqlari
mashina o‘rganishning bir turi bo‘lib, ular inson miyasining ishlashiga
o‘xshash tarzda tashkil etilgan kompyuter tizimlaridir. Neiron tarmoqlari ko‘p qatlamli (deep
learning) tizimlar orqali juda murakkab vazifalarni bajarishda samarali bo‘ladi.
O‘rganish jarayonida ma’lumotlar juda muhim. Ma’lumotlar to‘g‘ri tayyorlanmasa, model
noto‘g‘ri o‘rganishi yoki yaxshi natijalar bermasligi mumkin. Ma’lumotlar tozalash, xususiyatlarni
tanlash va normallashtirish kabi jarayonlar bu bosqichda amalga oshiriladi.

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
49
Model o‘rgatilgandan so‘ng, uning natijalari baholanadi va kerakli takomillashtirishlar
amalga oshiriladi. Bu, masalan, xatoliklarni kamaytirish yoki modelning umumlashtirish
qobiliyatini oshirishni o‘z ichiga oladi.
Transfer o‘rganish (Transfer Learning) metodida oldindan o‘rgatilgan modelni yangi, lekin
o‘xshash vazifa uchun foydalanish mumkin. Bu, modelni noldan o‘rgatishga qaraganda, tezroq va
samaraliroq natijalarga erishishga yordam beradi.
Sun’iy intellektni o‘qitish uchun ko‘plab dasturiy vositalar va kutubxonalar mavjud,
masalan:
TensorFlow va Keras (neiron tarmoqlarini qurish uchun)
PyTorch (yaqin va ilg‘or tadqiqotlar uchun)
Scikit-learn (oddiy mashina o‘rganish modellarini yaratish uchun)
Xulosa. Sun’iy intellektni o‘qitish sohasida ko‘p yangi yondashuvlar va usullar ishlab
chiqilmoqda va bu soha tez sur’atlarda rivojlanmoqda. SHu bilan birga sun’iy intellektni
o‘qitishdagi bir qancha muammolar mavjud va bu muammolar tizimlarning samaradorligini va
aniq natijalarni taqdim etishni qiyinlashtirishi mumkin. Sun’iy intellekt tizimlari ko‘pincha katta
hajmdagi ma’lumotlarga tayanadi. Agar ma’lumotlar noto‘g‘ri, noaniq yoki to‘liq bo‘lmasa,
modelning natijalari ham noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.Bekmuratov T.F., Shoyqulov S.R., Karimov Q.M., Raxmatov M. Hisoblash texnikasi
asoslari va fortran algoritmik tili elementlari. O‘quv qo‘llanma. T.: “O‘qituvchi “, 1987- y. 86 bet.
2. Bekmuratov T.F., SHoyqulov S.R., Karimov Q.M. va boshqalar. Informatika va axborot
texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma.Qarshi, “Nasaf” 2007- y. 192 bet.
3.Верлань А.Ф., Чмыр И.А., Ахатов А.Р., Бaбомурaдов О.Ж. Системы искусственного
интеллекта. / уч. пособие. Самарканд, 2009 г., 130 с.
4.Dilmurodov N., Karimov Q.M., Eshqarayeva N.G‘. Maple muhitida ishlash. O‘quv
qo‘llanma. Qarshi «Nasaf» 2010. -236 bet.
5.Karimov Q.M. Talabalarning informatsion bilimlarini rivojlantirishda innovatsion
yondashuv texnologiyalari. Monografiya. T.:"FIRDAVS-SHOH NASHRIYOTI"2025-y.142 b.
6.Karimov Q.M. Talabalarni bilim va ko‘nikmalarini lokal kompyuter tarmog‘idan
foydalanib rivojlantirish. Pedagogika. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. №06/2023.T.:2023. 203-
205 betlar.
7.Karimov Q.M. Matematika ta’limini kompyuterli matematika tizimlari vositasida
jadallashtirish. Analizning zamonaviy muammolari Resp.ilmiy anjuman materiallari. Qarshi,
2023y. 2-3 iyun. 358-359 betlar
8.Yuldashev U., Zokirova F. “Informatika o‘qitish metodikasi”. Darslik. - T: “Talqin”, 2007.
- 208 bet.
РОЛЬ ПРАВОВОЙ ИДЕОЛОГИИ В ФОРМИРОВАНИИ ПОЛИТИЧЕСКОГО
МИРОВОЗЗРЕНИЯ У МОЛОДЕЖИ
Кавилова Адолат Рашидовна
филиал Казанского (Приволжского) федерального университета в городе Джизаке
Аннотация:
В данной статье рассматривается тема “Роль правовой идеологии в
формировании политического мировоззрения у молодежи”. В статье анализируются