The significance of interactive platforms in enhancing students’ creativity

Authors

  • Mirzo Ulugbek National University of Uzbekistan, Jizzakh branch

Abstract

This paper examines the significance of interactive platforms in fostering students’ creative potential. The study analyzes the impact of these platforms on educational processes and identifies strategies to stimulate creative thought through their utilization. Additionally, it provides practical guidance on how to promote creativity in educational settings through the utilization of contemporary digital platforms.

Keywords:

Creativity Student Interactive Platform Digital Learning Platform Creative Thinking

Author Biography

Gulnoza Rashidova,
Mirzo Ulugbek National University of Uzbekistan, Jizzakh branch
Associate Professor of the Department of Family Psychology, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences

background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

207

mexanizmlari orqali kam uchraydigan holatlar (masalan, melanoma) ham etarli darajada
o‘rganiladi.

Tasvir sifatini yaxshilash uchun tasvirni normallashtirish va fonni tozalash orqali

standartlashtirish amalga oshiriladi. Tanlama muvozanatsizligini bartaraf etish maqsadida data
augmentation va GAN texnologiyalaridan foydalaniladi. Katta hajmdagi tasvirlarni tahlil qilishda
Apache Hadoop va Spark kabi tarqoq platformalar samarali echim hisoblanadi. Klassifikatsiya
jarayonida esa CNN, ResNet va EfficientNet kabi chuqur o‘qitish modellari qo‘llanilib, teri
shishlarini aniq farqlash imkoniyati yaratiladi.

Xulosa qilib aytganda, dermoskopik tasvirlar bilan ishlovchi axborot tizimini samarali

tashkil etish uchun tasvir sifatini standartlashtirish, sinflar muvozanatini ta’minlash va vizual
xususiyatlarni aniqlash jarayonlarini integratsiya qiluvchi arxitektura talab etiladi. Taqdim etilgan
amaliy model ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan va sun’iy intellekt texnologiyalariga
asoslangan tahlil jarayonini avtomatlashtirish imkonini beradi. Bu yondashuv teri shishlarini erta
tashxislashda tashxis aniqligini oshirish va shifokor ish yukini kamaytirishda samarali hisoblanadi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1. Samandarov , B., & Tajibaev , S. Zamonaviy tibbiyot axborot tizimlari uchun jarayon

modellarini loyihalash masalasi. Digital Transformation and Artificial Intelligence. 2024, 2(1),
176–181.

2. Graña Possamai, C., Ravaud, P., Ghosn, L., & Tran, V.-T. Use of wearable biometric

monitoring devices to measure outcomes in randomized clinical trials: a methodological
systematic review. BMC Medicine. 2020, Vol. 18, Issue 1. Springer Science and Business Media
LLC.

3. Ramdurai, B. A study on Mobile apps in the Healthcare Industry. International Journal of

Mobile Computing and Application. 2021, Vol. 8, Issue 1, pp. 17-21. Seventh Sense Research
Group Journals.

4. Samandarov , B., Joldasbaev , D., & Gulmirzayeva , G. Internet ashyolar asosida qurilgan

tizimlarda yuklamalarni muvozanatlash masalasi. Digital Transformation and Artificial
Intelligence. 2024, 2(4), 126–132

5. Šajnović, U., Vošner, H. B., Završnik, J., Žlahtič, B., & Kokol, P. Internet of Things and

Big Data Analytics in Preventive Healthcare: A Synthetic Review. In Electronics. 2024, Vol. 13,
Issue 18, p. 3642. MDPI AG.

6. IDC. (2020). Worldwide Global DataSphere Forecast, 2020–2025. International Data

Corporation.

7. Tschandl, P., Rosendahl, C., & Kittler, H. The HAM10000 dataset, a large collection of

multi-source dermatoscopic images of common pigmented skin lesions. Scientific Data. 2018,
Vol. 5, Issue 1. Springer Science and Business Media LLC.

TALABA YOSHLARDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHDA INTERAKTIV

PLATFORMALARNING AHAMIYATI

Rashidova Gulnoza G‘ulomovna

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Jizzax filiali, “Oila psixologiyasi” kafedrasi dotsenti,

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya:

Mazkur maqolada talaba yoshlar orasida kreativ fikrlashni shakllantirish va

rivojlantirishda interaktiv platformalarning tutgan o‘rni yoritilgan. Muallif interaktiv vositalarning


background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

208

ta’lim jarayonidagi rolini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilgan holda, ular orqali ijodiy faoliyatni
rag‘batlantirish mexanizmlarini ochib beradi. Shuningdek, maqolada zamonaviy raqamli
platformalar misolida ta’limdagi kreativlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar
keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

kreativlik, talaba yoshlar, interaktiv platforma, raqamli ta’lim, ijodiy

fikrlash, innovatsion metodlar.

ВАЖНОСТЬ ИНТЕРАКТИВНЫХ ПЛАТФОРМ В РАЗВИТИИ

ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ У СТУДЕНТОВ

Аннотация:

В данной статье рассматривается роль интерактивных платформ в

развитии креативного мышления у студентов. Автор проводит научно-теоретический
анализ роли интерактивных средств в образовательном процессе и выявляет механизмы
стимулирования творческой активности через их использование. В статье также
представлены практические рекомендации по поддержке креативности в образовании с
использованием современных цифровых платформ.

Ключевые слова:

креативность, студенты, интерактивная платформа, цифровое

образование, творческое мышление, инновационные методы.

THE SIGNIFICANCE OF INTERACTIVE PLATFORMS IN ENHANCING

STUDENTS’ CREATIVITY

Abstract:

This paper examines the significance of interactive platforms in fostering

students’ creative potential. The study analyzes the impact of these platforms on educational
processes and identifies strategies to stimulate creative thought through their utilization.
Additionally, it provides practical guidance on how to promote creativity in educational settings
through the utilization of contemporary digital platforms.

Keywords:

Creativity, Student, Interactive Platform, Digital Learning Platform, Creative

Thinking.


XXI asrda ta’lim jarayoni nafaqat bilim berish, balki ijodiy fikrlaydigan, yangicha

yondasha oladigan shaxslarni shakllantirishga yo‘naltirilmoqda. Bu borada ayniqsa oliy ta’lim
muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning kreativ salohiyatini ochish va uni tizimli rivojlantirish
masalasi dolzarb hisoblanadi.

J. P.Guilford fikriga ko‘ra “Kreativ salohiyat - bu yangi g‘oyalar ishlab chiqish,

muammolarni noodatiy yo‘l bilan hal qilish qobiliyatidir. U divergent fikrlash, ya’ni bir nechta
yo‘nalishda fikrlash jarayoni orqali namoyon bo‘ladi”.[1] Guilford ijodiy fikrlashni inson
intellektining muhim qismi deb hisoblab, uni mezonlarga bo‘lgan fikrlar (ko‘p variantlilik,
moslashuvchanlik, oqilona izoh va o‘ziga xoslik) orqali baholagan. E. Paul Torrance ta’rificha
“Kreativ salohiyat - bu shaxsning yangi, g‘ayrioddiy va ijtimoiy jihatdan qabul qilinadigan
mahsulotlar, g‘oyalar yoki qarorlar yaratish qobiliyatidir”.[2] U o‘zining “Ijodiy fikrlash testlari”
orqali kreativlikni amaliy jihatdan baholashni taklif qilgan. O‘zbek olimasi N.Sultonova ham
kreativ fikrlashni psixologik tayyorgarlik bilan bog‘laydi. Uning fikricha “Kreativ salohiyat - bu
shaxsning mavjud bilim va tajribalarni yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab, original g‘oyalarni
ishlab

chiqishga

bo‘lgan

ichki

intilishi

va

psixologik

tayyorgarligidir”.

Unga ko‘ra, kreativlik insonning shaxsiy faolligi, mustaqil fikrlashi va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro
ta’siri natijasida shakllanadi. Yana bir olimamiz V.M.Karimovaning fikricha kreativ fikrlashni
insonning shaxsiy kamoloti, ta’limdagi muvaffaqiyati va jamiyatdagi obro‘siga bevosita ta’sir


background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

209

etuvchi omil sifatida ko‘radi. Unga ko‘ra, kreativ salohiyatni rivojlantirish shaxsning ijtimoiy
muhit bilan o‘zaro ta’siri orqali amalga oshadi.[3]

Demak, kreativ salohiyat - bu shaxsning mustaqil fikrlashi, yangicha qarorlar qabul qilish

va ijtimoiy muhitda faol ishtirok etish qobiliyatini belgilovchi muhim psixopedagogik omildir. U
nafaqat individual intellektual faollik, balki ijtimoiy tajriba, ta’lim muhiti va motivatsion omillar
ta’sirida shakllanadi. Olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, kreativ salohiyatni rivojlantirish ta’lim
jarayonining barcha bosqichlarida, ayniqsa, yosh avlodda kasbiy tayyorgarlik, o‘zini anglash va
ijodiy fikrlashni rag‘batlantirish orqali amalga oshiriladi.

Raqamli transformatsiya va texnologik yangilanishlar tufayli esa an’anaviy ta’lim

metodlari o‘z-o‘zidan o‘rnini interaktiv, innovatsion yondashuvlarga bo‘shatmoqda. Bu jarayon
o‘z-o‘zidan ta’lim-tarbiya subyektlaridan yangi bilim va ko‘nikmalarni talab etadi. Xususan, biz
mulohaza yuritayotgan zamonaviy interaktiv platformalar talaba yoshlar bilan samarali muloqot
o‘rnatish, ularda mustaqil fikrlash, kreativlik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda
kuchli vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Kreativlik tushunchasining psixologik va pedagogik asoslari. Kreativlik - bu shaxsning

mavjud tajriba, bilim va ko‘nikmalari asosida yangi g‘oya, mahsulot yoki yechimlar yaratish
qobiliyatidir. Psixologiya fanida kreativlik divergent tafakkur bilan bog‘liq bo‘lib, Guilford (1950)
va Torrance (1966) tomonidan asoslab berilgan. Guilford inson tafakkurining moslashuvchanligi,
oqimliligi, originalligi va tafsilotlarga e’tibor qaratishini kreativlikning asosiy ko‘rsatkichlari
sifatida belgilagan.

Kreativlikni rivojlantirish, ayniqsa talabalik davrida, muhim bosqichlardan biri

hisoblanadi, chunki bu davrda shaxsiy va intellektual o‘sish kuchli sur’atda kechadi.

Interaktiv platformalar: ta’rif va ta’limdagi o‘rni. Interaktiv platformalar – bu o‘quv

jarayonida o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ikki tomonlama faol aloqani ta’minlaydigan, bilimlarni
vizual va funksional tarzda taqdim etuvchi raqamli vositalardir. Ushbu platformalar quyidagi
ustunliklarga ega:

Talabalarda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

O‘quv jarayoniga emotsional va hissiy bog‘liqlikni kuchaytirish;

Vizual, audio va kinestetik o‘quv uslublarini qo‘llab-quvvatlash;

Jamoaviy hamkorlikni kuchaytirish va kreativ loyihalarni amalga oshirish imkonini

berish.

Kreativlikni rivojlantiruvchi mashhur interaktiv platformalar.
Quyidagi interaktiv vositalar talabalarda kreativ tafakkurni rivojlantirishda samaradorligi

bilan ajralib turadi:

Canva – grafik dizayn vositasi, vizual fikrlash va tasviriy ifoda imkonini beradi.

Padlet – g‘oyalarni jamlash, tahlil qilish va vizual tarzda baham ko‘rish imkonini beradi.

Miro – brainstorming, aqliy hujum va jamoaviy loyihalar uchun onlayn doska.

Kahoot, Quizizz – bilimlarni qiziqarli tarzda mustahkamlash uchun viktorinalar.

Mentimeter – auditoriyaning fikrini tezkor aniqlash, interaktiv muhokamalarni tashkil

etish uchun vosita.

Bu platformalar talabalarning faolligini oshiradi, ularning o‘z fikrini erkin bayon etishiga,

yangi g‘oyalar yaratishga yordam beradi.

O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda olib borilgan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar interaktiv

vositalarning kreativlikka ijobiy ta’sirini tasdiqlagan. Jumladan, 2021-yil, Toshkent davlat
pedagogika universitetida olib borilgan tadqiqotda interaktiv platformalar yordamida ta’lim olgan
talabalarning ijodiy fikrlash ko‘rsatkichlari 23% ga oshgani aniqlangan. Finlyandiya va Janubiy


background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

210

Koreyada olib borilgan eksperimental tadqiqotlarda ham talabalarning kreativ faoliyati raqamli
muhitda sezilarli darajada faollashgani qayd etilgan.

Shuningdek, bu borada ayrim muammolar ham mavjud bo‘lib, ular ayrim talaba yoshlarda

kreativlikni rivojlantirishda interaktiv platformalardan foydalanishda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Birinchidan, juda ko‘p interaktiv platformalar ingliz tilida bo‘lib, barcha talabalar uchun qulay
emas, chunki ko‘pgina talabalar ingliz tilini to‘liq bilmaydi. Ikkinchidan, o‘qituvchilarning
raqamli savodxonligi yetarli darajada emas. Ayrim o‘qituvchilar hali ham an’anaviy ta’lim
vositalaridan voz kechmagan. Uchinchidan, respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida,
ayniqsa chekka hududlarda texnik infratuzilma va internet tezligi yetishmaydi. Bu esa o‘qituvchiga
ham talabaga ham platformalardan foydalanish imkoniyatini cheklaydi.

Shu nuqtayi nazardan talaba yoshlarda kreativlikni rivojlantirishda interaktiv

platformalardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish yuzasidan quyidagi takliflarni taqdim
etamiz:


1. Ta’lim muassasalarida interaktiv platformalar bo‘yicha malaka oshirish kurslarini

tashkil etish.

Interaktiv ta’lim platformalarining samarali foydalanilishi uchun ta’lim

muassasalarida pedagoglar va boshqa ta’lim mutaxassislarining raqamli kompetensiyalarini
rivojlantirish zarur. Bu masalani hal qilish uchun o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Kurslar ta’lim tizimining barcha darajalarida, xususan, o‘qituvchilarni zamonaviy interaktiv
vositalar bilan tanishtirish va ularning metodik ishlash ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan
bo‘lishi kerak. O‘qituvchilar uchun quyidagi yo‘nalishlarda malaka oshirish kurslarini tashkil
qilish mumkin:

Interaktiv platformalar va dasturlar yordamida o‘quv materiallarini yaratish va ulardan

samarali foydalanish.

Kreativlikni rivojlantirishga yordam beradigan yangi pedagogik metodlar va o‘quv

jarayoniga interaktiv elementlarni kiritish.

Talabalar bilan ishlashda interaktiv texnologiyalarni integratsiya qilish va ularni

darslarni o‘zlashtirishda qo‘llash.

Bunday kurslar o‘qituvchilarga yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda zarur bilim

va ko‘nikmalarni beradi, bu esa o‘z navbatida talabalarning kreativ fikrlashini rivojlantirishga olib
keladi.

2. Raqamli resurslarni o‘zbek tilida ishlab chiqish va moslashtirish.

Hozirgi kunda

ko‘plab interaktiv ta’lim resurslari asosan ingliz tilida ishlab chiqilmoqda. Bu esa, o‘zbek tilida
ta’lim olayotgan talabalar uchun katta qiyinchiliklar yaratadi, chunki ular interaktiv
platformalarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkoniga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun,
raqamli ta’lim resurslarini o‘zbek tiliga moslashtirish va milliy ta’lim tizimiga mos keladigan
yangi kontentni ishlab chiqish zarur. Bunday yondashuv quyidagi ijobiy ta’sirlarni ko‘rsatadi:

O‘zbek tilidagi raqamli ta’lim resurslari talabalar uchun tushunarli va samarali bo‘lib,

ularning ta’lim jarayonida faol ishtirok etishlariga imkon yaratadi.

Raqamli resurslar orqali talabalar yangi g‘oyalarni ifodalashda o‘z ona tilida erkin

fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Milliy qadriyatlar va ta’lim an’analariga moslashtirilgan interaktiv materiallar ta’lim

jarayonini yanada samarali va shaxsiylashtirilgan qiladi.

Bu jarayonni amalga oshirish uchun, ta’lim sohasidagi mutaxassislar, texnologlar va

dizaynerlarning hamkorligi zarur bo‘ladi. O‘zbek tilida ta’lim resurslarini ishlab chiqish va ularni
tizimli ravishda to‘plab borish, talabalarga sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratadi.


background image

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.

211

3. Talabalar uchun kreativ loyihalarni baholovchi maxsus tizimlar joriy etish.

Kreativ

salohiyatni rivojlantirishda, an’anaviy baholash tizimlaridan tashqari, talabalarning ijodiy
faoliyatini baholash uchun maxsus tizimlar ishlab chiqish zarur. Hozirgi kunda ko‘plab ta’lim
muassasalarida ijodiy loyiha va g‘oyalar faqat ma’lum bir formatda baholanadi, bu esa
talabalarning erkin fikrlashini cheklaydi. Shu sababli, kreativ loyihalarni baholash uchun yangi
tizimlarni yaratish kerak:

Innovatsionlik va original yondashuv

: Loyihalarning yangi va original g‘oyalar

asosida yaratilganligi baholanadi.

Amaliy ahamiyat

: Loyihaning jamiyat yoki ta’lim tizimiga qo‘shgan hissasi, uning

foydaliligi va samaradorligi aniqlanadi.

Estetik va dizayn jihatlari

: Kreativ ishning estetik ko‘rinishi, dizayn yondashuvlari va

foydalanilgan texnologiyalarni baholash.

Mustaqil fikrlash va yondashuv

: Talabaning mustaqil ishlash ko‘nikmalari, yangi

g‘oyalarni amalga oshirishda ko‘rsatgan yondashuvlari baholanadi.

Bunday tizim talabalarning ijodiy salohiyatini to‘liq namoyon qilishlariga yordam beradi,

chunki ular o‘z loyihalarini nafaqat an’anaviy baholash mezonlariga, balki kreativ fikrlash va
innovatsion yondashuvlarni qo‘llashga ham yo‘naltirishadi.

Yuqoridagi takliflarni amalga oshirish, talabalarning kreativ salohiyatini rivojlantirishga

katta hissa qo‘shadi va ta’lim jarayonini yanada interaktiv va samarali qiladi.

Xulosa qilib aytganda, interaktiv platformalar nafaqat ta’lim jarayonini

zamonaviylashtiradi, balki talaba yoshlarda kreativ tafakkur, ijodkorlik va yangilikka intilishni
shakllantiradi. Ushbu texnologiyalarni ta’limga keng joriy etish - raqobatbardosh, ijtimoiy faol va
mustaqil qaror qabul qila oladigan mutaxassislar yetishtirishda muhim omil hisoblanadi.

Kelajakda interaktiv platformalardan foydalanish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab

chiqilishi va ularning milliy ta’lim tizimiga integratsiyasi ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Гилфорд Ж.П. (1950).

Creativity

. American Psychologist, 5(9), 444–454.

2.

Торранс Э.П. (1966).

Torrance Tests of Creative Thinking

. Personnel Press.

3.

Karimova V.M.

Yoshlarda o‘zbek oilasi to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar

. Psixologiya

fanlari doktori dissertatsiyasi, Toshkent, 1994.

4.

Runco, M. A., & Jaeger, G. J. (2012).

The Standard Definition of Creativity

. Creativity

Research Journal, 24(1), 92–96.

5.

RASHIDOVA, G. (2024). KREATIVLIK VA IQTIDOR PSIXOLOGIYASINING ILMIY

NAZARIY JIHATLARI. News of the NUUz, 1(1.3), 189-192.

6.

Gulomovna, R. G. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL ASPECTS OF

PSYCHOLOGY OF CREATIVITY AND TALENT. American Journal Of Social Sciences And
Humanity Research, 4(02), 147-151.

ФЕРМЕР ХЎЖАЛИКЛАРИДА ЧЕКЛАНГАН СУВ РЕСУРСЛАРИНИ

ТАҚСИМЛАШ МАСАЛАСИНИНГ АЛГОРИМТЛАРИ

Жарилканов Бахтияр Пишенбаевич

Тошкент ахборот технологиялари университети таянч докторанти


Аннотация:

Мазкур мақолада табиий ресурсларни фойдаланиш билан боғлиқ бўлган

кўпчилик масалаларни экологик–иқтисодий кўз-қараш асосида ечиш учун математик

References

Гилфорд Ж.П. (1950). Creativity. American Psychologist, 5(9), 444 454.

Торранс Э.П. (1966). Torrance Tests of Creative Thinking. Personnel Press.

Karimova V.M. Yoshlarda о ‘zbek oilasi to ‘g ‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar. Psixologiya fanlari doktori dissertatsiyasi, Toshkent, 1994.

Runco, M. A., & Jaeger, G. J. (2012). The Standard Definition of Creativity. Creativity Research Journal, 24( 1), 92-96.

RASHIDOVA, G. (2024). KREATIVL1K VA 1QTIDOR PSIXOLOG1YASINING ILM1Y NAZARIY JIHATLARI. News of the NUUz, 1(1.3), 189-192.

Gulomovna, R. G. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL ASPECTS OF PSYCHOLOGY OF CREATIVITY AND TALENT. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 4(02), 147-151.

Downloads

Published

How to Cite

Rashidova, G. (2025). The significance of interactive platforms in enhancing students’ creativity . Contemporary Problems of Intelligent Systems, 1(1), 207-211. https://inconference.uz/index.php/cpis/article/view/60

Issue

Section

Статьи

Pages

207-211

Views

1

Downloads

1
Download data is not yet available.

Similar Articles

You may also start an advanced similarity search for this article.