
Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
259
5.
Toirov, O., & Khalikov, S. (2023).
Diagnostics of Pumping Units
. E3S Web of
Conferences. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336504013
6.
Gong, Y., & Zhu, B. (2022).
Optimal Operation of Parallel Pumping Stations Using
Multi-Objective Optimization
. Processes. https://doi.org/10.3390/pr10101935
DASTURIY TA’MINOTNI LOYIHALASHDA IDEF METODOLOGIYALARINI
QO‘LLASH
Mamatov Narzullo Solidjonovich
“Raqamli tеxnologiyalar va sun’iy intеllеkt” kafеdrasi mudiri, profеssor
“Toshkеnt irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mеxanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy
tadqiqot univеrsitеti, O‘zbеkiston
Nuritdinov Nurbek Davlataliyevich
“Raqamli tеxnologiyalar va sun’iy intеllеkt” kafеdrasi assistеnti
“Toshkеnt irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mеxanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy
tadqiqot univеrsitеti, O‘zbеkiston
Annotatsiya
: Mazkur tadqiqotda IDEF metodologiyasini turlari tahlil qilingan bo‘lib, unda
nutqni matnga va matnni nutqqa o‘tkazish hamda o‘zbek tilidan rus va ingliz tillariga tarjima qilish
jarayonlarini modellashtirish uchun mos metodologiyalar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga
ko‘ra, STT va TTS jarayonlari uchun IDEF0 va IDEF3, tarjima tizimlari uchun esa IDEF1X eng
maqbul metodologiyalar sifatida tanlangan hamda ushbu model asosida foydalanuvchilarni nutq
va matnli ma’lumotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan veb-ilova ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar
: IDEF metodologiyasi, nutqni matnga o‘tkazish, matnni nutqqa o‘tkazish,
tarjima tizimi, STT, TTS, ma’lumotlar bazasi, UML, relyatsion model, veb-ilova.
ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДОЛОГИЙ IDEF В ПРОЕКТИРОВАНИИ
ПРОГРАММНОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ
Аннотация:
В данном исследовании проанализированы различные виды
методологии IDEF, при этом рассмотрены наиболее подходящие методологии для
моделирования процессов преобразования речи в текст и текста в речь, а также перевода с
узбекского языка на русский и английский языки. Согласно результатам исследования,
методологии IDEF0 и IDEF3 были выбраны в качестве наиболее оптимальных для
процессов STT и TTS, а для систем перевода – IDEF1X. На основе данной модели была
разработана веб-приложение, предназначенное для обработки речевой и текстовой
информации пользователей
.
Ключевые слова:
методология IDEF, преобразование речи в текст, преобразование
текста в речь, система перевода, STT, TTS, база данных, UML, реляционная модель, веб-
приложение
.
APPLICATION OF IDEF METHODOLOGIES IN SOFTWARE DESIGN
Abstract:
This study analyzes various types of the IDEF methodology, examining the most
suitable methodologies for modeling speech-to-text (STT) and text-to-speech (TTS) conversion
processes, as well as translation systems from Uzbek to Russian and English. Based on the research
findings, IDEF0 and IDEF3 were selected as the most optimal methodologies for STT and TTS
processes, while IDEF1X was chosen for translation systems. Based on this model, a web
application was developed for processing users’ speech and text data.

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
260
Keywords:
IDEF methodology, speech-to-text (STT), text-to-speech (TTS), translation
system, database, UML, relational model, web application.
Kirish
. Hozirgi kunda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasi jadal
rivojlanayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Texnik tizimlar tarkibiy qismlarini takomillashuvi,
internet tarmog‘i va sun’iy intellektni keng tarqalishi, raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, mobil
aloqa tizimlari kabi zamonaviy tuzilmalar va texnologiyalarni loyihalash murakkab arxitekturali
ma’lumotlar bazalari (MB)ni modellashtirishga bo‘lgan ehtiyojni oshirdi[1]. Tizim arxitekturasida
tarkibiy qismlar tasvirlanishi va o‘zaro munosabatlarini modellashtirishda IDEF dan tashqari
UML, Chen va MIRIS kabi metodologiyalar ham mavjud bo‘lib, ularni loyihalashdagi
yondoshuvlari umumiy o‘xshashliklarga ega. Faqat muayyan qismlarni va jarayon bosqichlarini
ifodalashdagi belgilanishlar va metodologiyaga muvofiq holda loyiha arxitekturasiga moslik
darajasidan kelib chiqilganda o‘zaro farqli jihatlari ko‘zga tashlanishi mumkin [2]. IDEF
metodologiyasi va uning turlariga berilgan tavsiflarni inobatga oladigan bo‘lsak, ma’lumotlar
bazasi, dasturiy mahsulot, boshqa turli axborot texlogiyalari vositalari, texnik ta’minot va umumiy
faoliyat jarayonlarini o‘zaro integratsiyalashuvini ifodalashda IDEF metodologiyasi nisbatan
kengroq bo‘lgan imkoniyatlari orqali o‘zining tezkor ommalashuviga sabab bo‘ldi.
Muayyan tizim loyihasini ishlab chiqish uchun avvalo xususiy imkoniyatlarini inobatga
olgan holda eng ma’qul IDEF metodologiyasi turini tanlab olish zarur. Buning uchun barcha IDEF
modellarini tahlil qilish zarur. Bunda nutqni matnga va matnni nutqqa o‘tkazish, o‘zbek tilidagi
matnni rus va ingliz tillariga tarjima qilish jarayonlari uchun qaysi IDEF metodologiyalari mos
tushishini tanlash zarur [3]. Quyidagi jadvallarda nutqni matnga va matnni nutqqa o‘tkazish,
matnni rus va ingliz tillariga tarjima qilish uchun mos metodologiyalar izohlari bilan keltirilgan.
1-jadval
Nutqni matnga va matnni nutqqa o‘tkazish uchun mos metodologiyalar
IDEF turi
Mosligi
Izoh
IDEF0
Yuqori
STT va TTS jarayonlarini bosqichma-bosqich tahlil qilish va tizim
arxitekturasini ishlab chiqish uchun mos keladi.
IDEF3
Yuqori
Nutqdan matnga va aksincha o‘tish jarayonlarini vizual shaklda
ifodalash va hujjatlashtirish uchun o‘ta mos.
IDEF5
O‘rtacha
Nutq va matn o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilmiy nuqtayi nazardan
modellashtirish mumkin.
IDEF8
O‘rtacha
Kar-soqovlar uchun interfeysni loyihalash jarayonida qo‘llash mumkin.
2-jadval
Matnni rus va ingliz tillariga tarjima qilish uchun mos metodologiyalar
IDEF turi
Mosligi
Izoh
IDEF0
Yuqori
Mashina
tarjimasi
algoritmlarini
modellashtirish
va
tizim
arxitekturasini ishlab chiqish uchun mos.
IDEF1X
Yuqori
Ma’lumotlar bazasini yaratish va tarjima modellarida ishlatiladigan
lingvistik qoidalarni modellashtirish uchun foydali.
IDEF3
Yuqori
Tarjima jarayonining ketma-ketligi (Parsing, Alignment, Decoding)
qanday ishlashini tushuntirish uchun yaxshi.
IDEF5
O‘rtacha
Lingvistik ma’lumotlar ontologiyasini yaratish va semantik jihatdan
tarjima jarayonlarini tushuntirish uchun ishlatilishi mumkin.

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
261
Tadqiqotda ma’lumotlar bazasini modellashtirishga mo‘ljallangan IDEF metodologiyasini
to‘rtta turi (IDEF0, IDEF3, IDEF5, IDEF1X) taqqoslangan bo‘lib, natijalar shuni ko‘rsatdiki,
IDEF1X turi qolgan turlar ichida relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalashda qo‘llanilishi
mumkin bo‘lgan eng maqbul metodologiya hisoblanadi. IDEF1X da munosabatlarni o‘zaro
bog‘langanlik hajmi nisbatan kattaroq. U ishlab chiqarish tizimi yoki atrof-muhit funksiyalarini
qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tuzilishini ifodalovchi axborot modelini
yaratish uchun foydalanilgan [4].
Yuqorida keltirilgan fikrlarni inobatga olgan holda joriy vеb-ilovaning orqa qismini ishlab
chiqish uchun ob’еktga yo‘naltirilgan dasturlashdan foydalanilgan bo‘lib, u katta vazifalarni bir
nеchta modullarga ajratish hamda modullar bilan bog‘liq muammolarni faqat modul doirasida hal
qilish imkonini bеradi. Ushbu vеb-ilova uchun model ishlab chiqish masalasi quyidagi sxemada
batafsil keltirilgan (1-rasm).
1-rasm. Vеb-ilova uchun IDEF1X model loyihasi.
Xulosa
. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, axborot tizimlarini loyihalashda IDEF metodologiyasi
samarali yondashuvlardan biri ekanligi e’tirof etildi. Nutqni matnga va aksincha o‘tkazish,
shuningdek, matnni rus va ingliz tillariga tarjima qilish jarayonlari uchun IDEF0, IDEF3, IDEF5
va IDEF1X metodologiyalarini mosligi tahlil qilindi. IDEF1X metodologiyasi relyatsion
ma’lumotlar bazasini loyihalashda eng maqbul yondashuv ekanligi aniqlandi. Ushbu
metodologiya yordamida ma’lumotlar tuzilishini samarali modellashtirish va jarayonlar
o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalash imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi. Joriy veb-ilovaning orqa
qismini ishlab chiqishda ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashdan foydalanilib, tizimni modul asosida
tashkil etilishi ta’minlandi. Natijada, axborot tizimlari tarkibiy tuzilishini samarali modellashtirish
va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq xulosalar chiqarildi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
«Integrated
DEFinition
Methods
(IDEF),»
https://www.idef.com/idefo-
function_modeling_method/, 2024.
2.
N.S.Mamatov, X.T. Dusanov IDEF va UML bilan birgalanganishlab chiqarish
vazifalarini modеllash usullari. Yong‘in-portlash xavfsizligi ilmiy-amaliy jurnali. Toshkеnt-2023
y -B.338-345 bеt.
3.
https://en.wikipedia.org/wiki/IDEF
4.
N.S.Mamatov, O.J.Babomuradov, X.T. Dusanov Malumotlar bazasini modеllashtirish
mеtodologiyasi The scientific journal vehicles and roads, 2023 №3 85-90 bеt.
Nutqni aniqlash uchun
Voicе Rеcognition sinfi
Ovoz yaratish uchun
SpeechGenerate sinfi
API intеrfеysi
Tarjima sinfi