
Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
133
– Р. 722–725.
8.Страхов П. В. Понятие и сущность диверсификации производства // Экономинфо.
2024. № 8. – С. 35.
SHAROF RASHIDOV ASARLARI ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI
MA’NAVIY-AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASHNING FUNKSIONAL MODELI
Qilichova Marxabo Xudayqulovna
Jizzax davlat pedagogika universiteti,
“Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi
Annotaysiya:
Ushbu maqolada Sharof Rashidov asarlari asosida bо‘lajak pedagoglarni
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari, Sharof Rashidov asarlari
asosida bо‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning funksional modeli,
bо‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning innovatsion usullari tadqiq
etiladi.
Kalit so‘zlar:
Sharof Rashidov, bо‘lajak pedagoglar, ma’naviy-axloqiy tarbiya, innovatsion
usullar, pedagogik imkoniyatlar.
ФУНКЦИОНАЛЬНАЯ МОДЕЛЬ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ
БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ НА ОСНОВЕ РАБОТ ШАРАФА РАШИДОВА
Аннотация:
В данной статье рассматриваются педагогические возможности
духовно-нравственного воспитания будущих педагогов на основе работ Шарафа
Рашидова, функциональная модель духовно-нравственного воспитания будущих
педагогов на основе работ Шарафа Рашидова, инновационные методы духовно-
нравственного воспитания будущих педагогов.
Ключевые слова:
Шараф Рашидов, будущие педагоги, духовно-нравственное
воспитание, инновационные методы, педагогические возможности.
A FUNCTIONAL MODEL OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION FOR
FUTURE TEACHERS BASED ON THE WORKS OF SHARAF RASHIDOV
Abstract:
The article examines pedagogical approaches to spiritual and moral education
for future teachers based on works by Sharaf Rashidov. It describes a functional model for such
education and innovative methods for its implementation.
Key words:
Sharaf Rashids, future teacher, spiritual and moral development, innovative
methods, educational opportunities.
Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalash mazmunini takomillashtirishga erishishda innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat
kasb etadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirishda, ilg‘or ta’lim metodlarini joriy etish,
tashabbus va xatti-harakatlarni rag‘batlantirish, turli pedagogik loyihalarni ishlab chiqish va tahlil
qilish, pedagogik imkoniyat va zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini
muvofiqlashtirish, ijtimoiy amaliyot va ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda natijalarning
samaradorligini ta’minlash uchun ijtimoiy faoliyatni ilmiy asoslarda tashkil etish zarur sanaladi.
Mazkur jarayonni takomillashtirishda bo‘lajak o‘qituvchilarning kelajakda maktabda tashkil
etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirishiga e’tibor berish, ularning kasbiy va

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
134
shaxsiy sifatlarini shakllantirish, talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish hamda
mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini oldindan modellashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda Sharof
Rashidov asarlaridan foydalanish ijtimoiy va pedagogik ahamiyatga ega masala sifatida talqin
qilinmoqda. Birinchidan, bugungi o‘quvchilar kompyuter, mobil aloqa vositasi kabi texnik
imkoniyatlardan faol foydalanayotgani ma’lum; ikkinchidan, bu texnik vositalarda
o‘quvchilarning shakllanish bosqichida bo‘lgan ongini chalg‘ituvchi, hatto mayib qiluvchi
axborotlarning ko‘pligi sir emas; uchinchidan, jamiyat yosh avlodning bilimli, dono, aqlli va
maqsad-muddaoli bo‘lib voyaga yetishi ehtiyojini qo‘ymoqda Shu jihatdan, bizning
yondashuvimizga ko‘ra, talaba shaxsi ma’naviy-axloqiy tarbiyasining poydevorini qo‘yish va
keyingi ta’lim bosqichlarida uni rivojlantirib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ijtimoiy faollik
keng qamrovli tushuncha bo‘lib, uning negizini hayotiy bilim, dunyoqarash va axloqqa ega bo‘lish
hamda faoliyat va hayotga tayyorlanish tashkil qiladi.
Bizning xulosamizga ko‘ra, ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, jamiyatimiz talablari
va ilmiy-pedagogik tadqiqotlarda bayon qilingan nazariy fikr-mulohazalardan kelib chiqib, talaba
shaxsi ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish mohiyatini shunday belgilash mumkin: talaba
shaxsida ma’naviy-axloqiy tarbiya tushunchasi, ongi, fikri va axloqini shakllantirish ijtimoiy
faollik asosidir. Unga ko‘ra, talabalarni davlat ta’lim standartlariga muvofiq ijtimoiy hayot
to‘g‘risida talab darajasida tushunchaga ega bo‘lishi, ongi ijtimoiylashishi, mustaqil fikrlay olishi
va jamiyat talablariga mos axloq egasi bo‘lishi kerak. Bunday yondashuv milliy va jahon
pedagogikasi talablariga mos keladi.
Albatta, bu ish bugungi uzliksiz ta’lim jarayonida muayyan darajada amalga oshirilmoqda.
Ammo bizning maqsadimiz bu ishni ilmiy va pedagogik asoslangan tarzda amalga oshirishdir.
Bizningcha, oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy
tarbiyasini Sharof Rashidov asarlari yordamida shakllantirishni maqsadli va oqilona tashkil
qilishda modellashtirishga alohida yondashish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda quyidagi asosiy
funksiyalarni belgilash mumkin:
- birinchidan, bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda Sharof
Rashidov asarlaridan foydalanish va axloqini shakllantirish asoslari bilan qurollantirish;
- ikkinchidan, ularni mazkur ishning metodologiyasi, metodlari va texnologiyalari bilan
tanishtirish;
- uchinchidan, bo‘lajak o‘qituvchilarning yetarli kompetensiyalarini shakllantirish tizimini
ishlab chiqish;
- to‘rtinchidan, bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik ijodkorlik va mustaqil faoliyat yuritish
mahoratlarini hosil qilish;
- beshinchidan, bu ishni kutilgan darajada amalga oshirish uchun turli tadbirlar, maxsus
kurslar, klublar, to‘garaklar va mustaqil ta’lim kabi shakllardan oqilona foydalanish.
Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak
pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning funksional modelini ishlab chiqish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash mazmuniga oid milliy pedagogik tajribalarni kuzatish
shunday xulosaga olib keladiki, har bir mamlakat real imkoniyatlardan kelib chiqib model
tanlagani maqsadga muvoviq bo‘ladi.
Zero, bizning jamiyatimizda birday amaliyot sinovidan o‘tgan pedagogik tajribalarni
hisobga olish imkoniyati bor. Shu ma’noda oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak pedagoglarni
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning
milliy modelini
asoslash mumkin. Bizningcha, bunda

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
135
quyidagilar bo‘yicha bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash maqsadga
muvofiq hisoblanadi:
a) talabalarning individual layoqati, xohish-istagi va qiziqishlarini aniqlab olish;
b) ta’lim va tarbiya jarayonini hayot va ijtimoiy faoliyat bilan uyg‘unlikda tashkil etish;
v) talabalar bilan muntazam individual va umumiy tarzda ish olib borish;
g) amaliy mashg‘ulotlardagi tayyorgarlikni va faolligini kuchaytirish;
d) ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari (ota-onalar, jamoatchilik va mutaxassislar)
ko‘pligidan unumli foydalanish;
y) talabalar ma’naviy-axloqiy tarbiyasining shakllanish jarayonini nazorat qilish va
monitoringini qilib borish va h.k.
Modellashtirishda bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish
jarayonlarini tashkil etishga yondashuvni tatbiq etish hamda o‘rganiladigan tushunchalarning
o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash zaruriyatini inobatga olgan holda vazifalar
belgilanishi zarur. Shuningdek, ularning ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish, ularni
o‘zini-o‘zi rivojlantirishga intilishini ta’minlash, amaliyotni o‘rganish asosida ma’naviy-axloqiy
yo‘nalishda yuqori darajadagi tayyorgarlik va o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi,
egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kelajakda amaliyotga tatbiq etish zaruriyatini anglab
yetishi, o‘z faoliyatini takomillashtirishga yuqori darajada intilish hissiyotlarining vujudga kelishi,
ma’naviy-axloqiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy sifatlarini shakllantirishi va rivojlantirishi
uchun yetarli va zaruriy shart-sharoitlar yaratilishi zarur.
Bunday tizimni takomillashtirish jaryonlari modeli talabalarning ma’naviy-axloqiy
kompetentliligini rivojlantirish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi, belgilangan
maqsad va vazifalarning mazmun va mohiyatini ifodalovchi hamda ko‘zlangan natijalarga
erishishni ta’minlovchi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi komponentlardan
iborat bo‘lgan tizimni tasvirlashi zarur.
Jahon bozorida texnologik jihatdan ilg‘or bilim talab qiladigan, raqobatbardosh mahsulot
ishlab chiqarishga qaratilgan davlatlarning zamonaviy siyosati bugungi kun talabasining egallashi
lozim bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kompetensiyalariga yangi vazifalar qo‘ygan holda o‘quv
jarayonini qayta ko‘rib chiqishga zamin yaratmoqda.
Ta’limni modernizasiyalashning asosiy maqsadi mehnat bozorida raqobatbardosh, jahon
standartlari asosida samarali ishlashga qodir, kasbiy o‘sishga tayyor, har kimning tegishli
ma’lumot olish ehtiyojlarini qondiradigan malakali mutaxassisni tayyorlashdan iborat. Shunday
qilib, ta’lim mazmunida bo‘layotgan o‘zgarishlar, to‘plash funksiyasidan (talabaning ma’lum bir
bilim darajasini shakllantirish uchun) zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda moslasha oladigan
va o‘qishdan keyin rivojlanishini davom ettirishga imkon beradigan hamda uzluksiz ta’lim nuqtayi
nazaridan ko‘rib chiqiladigan shaxsni rivojlantirish funksiyasi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bugungi kunga kelib shakl va mazmun jihatidan xilma-xil, ammo bir maqsadga –
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga va kelajakda ijtimoiy yetuk komil shaxs manzarasini
yaratishga qaratilgan tarbiya modelini amalga oshirish bo‘yicha katta tajriba to‘plangan.
Talabalarning auditoriya va auditoriyadan tashqari, oliy ta’lim jarayonida tarbiyaviy
ishlarning uzviyligini integratsion mexanizmlar asosida bog‘lanishni amalga oshirish jarayonini
tahlil qilib, biz ijodiy tadqiqotchilik, ma’naviy-axloqiy tarbiya ko‘nikmalari asosida Sharof
Rashidov asarlarining yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashdagi ta’sirini o‘rganib,
“Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalashning funksional modeli”ni ishlab chiqdik. (1-rasm)

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
136
1-rasm. Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy
jihatdan tarbiyalash modeli
Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalashning funksional modeli, talabalar kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish jarayonida
ma’naviy-axloqiy sifatlar va shaxsiy fazilatlar o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatadi. Ushbu model,
MAQSAD: Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash
Kasbiy ma’naviy-axloqiy sifatlar:
G‘oyaviylik, kognitivlik, pedagogik-
psixologik tayyorgarlik, ongli intizoml
ilik, tashkilotchilik, fanning oxirgi yut
uqlaridan xabardorlilik, pedagogik
mahoratni muntazam oshirib borish,
yangilikka intiluvchanlik
Shaxsiy fazilatlar:
insonparvarlik, vatanparvarlik
talabchanlik, adolatlilik mustaqil
fikrga egalik, siyosiy madaniyatlilik
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga
sodiqlik
Ma’naviy-axloqiy tarbiya kompetensiyalarini shakllantirish
YONDASHUVLAR:
Tarbiya mazmuni jarayoni
Shakllar
Auditoriyada: Sharof Rashidov
asarlaridan foydalanishda ilmiy,
badiy publistik.
Auditoriyadan tashqarida:
mustaqil ta’lim, ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik
va badiiy kechalar
Metodlar
og‘zaki
amaliy
muammoli
ko‘rgazmali
interaktiv
innovatsion
metodlar
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani
rivojlantirishga ta’sir etuvchi vositalar
Manbalar (darsliklar, asarlar, gazeta,
jurnallar, internet ma’lumotlari. Ommaviy
axborot vositalari (jurnallar, to‘plam, gazeta,
radio va televideniye materiallari va h.k)
Maxsus tayyorlangan. Internet manbalari va
ijtimoiy tarmoqlardagi kontentlar
BO‘LAJAK OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLARDA MA’NAVIY-
AXLOQIY TARBIYANING
SHAKLLANGANLIGI
Tayyorgarlik darajalari
Bosqichlar
YU
QO
R
I
O
‘R
TA
QUYI
MAQ
SA
D
LI
MA
Z
MU
N
L
I
JAR
A
Y
O
N
LI
NATIJA – ma’naviy-axloqiy tarbiya kompetensiyalari shakllangan
o‘qituvchi
U
Z
LU
K
S
I
Z
N
A
Z
O
R
A
T
V
A
M
O
N
I
T
O
R
I
N
G
M A Q
S
A D
J A R A Y O
N
N
A
T I J
A

Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г.
137
ta’lim berishga bo‘lgan yondashuvlar, tamoyillar, o‘quv-texnik ta’minot hamda tarbiya
mazmunini o‘z ichiga oladi. Talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash, kasbiy faoliyatga
ijobiy munosabatni qaror toptirishning ustuvorligi asosida, ularning intellektual, psixologik,
fiziologik va ma’naviy-axloqiy yetukligini ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon sifatida
amalga oshiriladi.
Mazkur jarayonning samarali tashkil etilishi, uning tashkiliy, metodik va amaliy jihatdan
to‘g‘ri va oqilona uyushtirilishiga bog‘liqdir. Shunday qilib, talabalarning ma’naviy-axloqiy
sifatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy tayyorgarligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi
va bu jarayonda pedagoglarning roli alohida ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitda mutaxassislarning ma’naviy-axloqiy
sifatlarga ega
bo‘lishi ijtimoiy-pedagogik zaruriyat sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. Kuchli raqobatga
asoslangan bozor munosabatlari ham mutaxassisning unga nisbatan bardoshli bo‘lishini taqozo
etadi. Ma’naviy-axloqiy sifatlariga ega bo‘lgan mutaxassisgina kuchli raqobatga bardosh bera
oladi. Shu sababli tadqiqot davrida aqliy va jismoniy harakatlarini amalga oshiruvchi, tarbiyaviy
muammolarga tezda yechim topa oladigan shaxsiy va ijtimoiy hayotida munosib o‘rin topa
oladigan yakuniy natijada ma’lum sohadagi ongli ravishda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida
mehnat faoliyatiga qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini
rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxs tushuniladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Kilichova M.Kh. In the case of a person concerned with eternity - Sharof Rashidov // Web
of scientist International scientist research journal. Dec. 2022. - P.1128-1132. (13.00.00 №3)
2. Киличова М.Х. Роль романа Шарафа Рашидова «Победители» в духовно
нравственном воспитании молодёжи // European Journal of Innovation in Nonformal Education
(EJINE). Nov – 2024. - P.361-370. (13.00.00 №23)
3. Qilichova M.X. Sharof Rashidov asarlari orqali yoshlarni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashning innovatsion pedagogik
texnologiyalari // Муаллим хем узликсиз
билимдендириў. Ilimiy-metodikaliq jurnal. № 6. Nukus, 2023, 576-581-betlar. (13.00.00. № 20)
4. Киличова М.Х. Использование произведений Шарaфа Рашидова в духовно-
нравственном воспитании молодежи // Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. №
11. Namangan, 2024, 1107-1110-betlar. (13.00.00. № 30)
РОЛЬ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В
НАУКЕ, ОБРАЗОВАНИИ И ПРОМЫШЛЕННОСТИ
Ганиева Диана Рустамовна
Студентка 2-курса направления «Экономика», филиала КФУ в городе Джизаке
Аннотация:
Статья посвящена исследованию влияния цифровых технологий и
искусственного интеллекта (ИИ) на ключевые сферы человеческой деятельности: науку,
образование и промышленность. Рассматриваются примеры применения ИИ, его
преимущества и вызовы, а также перспективы дальнейшего развития данных технологий.
Ключевые слова:
искусственный интеллект, цифровые технологии, наука,
образование, промышленность, автоматизация, большие данные, персонализированное
обучение, индустрия 4.0, интеллектуальные системы.