Jild 1 № 1 (2025)

Joriy nashr

Jild 1 № 1 (2025)
Nashr qilingan: 13-09-2025

Статьи

Илмий ва ўқув ахборот қидирув интеллектуализация тизимларининг функционал имкониятлари

M Raxmatullayev (Muallif)
Мақолада сунъий интеллект усулларига асосланган модулларни бирлаштиришга асосланган илмий ва ўкув ахборот қидирув тизимларини яратиш муҳокама қилинади. Муаммонинг долзарблиги илмий, ўқув ва технологик муаммоларни ҳал қилиш учун маълумотлар базаларида маълумот кидириш самарадорлигини ошириш зарурати билан изохланади.

Oliy ta’limda raqamli texnologiyalarni sanoat 4.0 bo‘yicha qo‘llanish uchun innovatsion trajektoriyalari

Irina Jukovskaya (Muallif)
Ushbu maqola sanoat 4.0 sharoitida ekanligini ko'rsatadi. Oliy ta’limdagi raqamli tcxnologiyalar o'quv jarayonining sifati, batafsilligi va ko'rinishini oshirishga xizmat qiladi, har bir talaba uchun individual ta’lim yo'nalishlarini yaratish imkonini beradi, universitet professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, bu esa pirovardida iqtisodiyot tannoqlari va tannoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning kaliti bo'lib xizmat qiladi.

Kechki bo‘lim talabalari uchun masofaviy ta’limga teng kirishni ta’minlovchi intellektual tizimlar

Zuxra Axunbetova (Muallif)

Ushbu maqola kechki bo‘lim talabalari uchun masofaviy ta’limda teng sharoit yaratish muammosiga bag'ishlangan. Ish jadvali, turmush sharoiti va tcxnik cheklovlar ta’lim imkoniyatlarini kamaytiradi. Intellektual tizimlar yordamida ta’lim jarayonini shaxsiylashtirish, o'quv materiallarini moslashtirish va o'qituvchi bilan talabalar o‘rtasida samarali aloqa tashkil etish mumkin. Maqolada amaliy yechimlar, intellektual yordam arxitekturasi va uning ta’siri tahlil qilinadi.

96-99 4 1

Sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish

F Rajabov, Nilufar Allamuratova (Muallif)

Matematika va ehtimollik nazariyasini o’qitishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish ta’lim sifatini yaxshilaydi, bu esa uni o'quvchilar uchun yanada qulayroq va qiziqarli qiladi. Shaxsiylashtirilgan yondashuv, interaktiv usullar va gamifikatsiyani qo’llash analitik fikrlash va o‘z-o‘zini o’rganish ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

123-126 0 0

Fizika o‘qitish usullarini rivojlantirishning ba’zi qonuniyatlari

B Mamatkulov, X Dariev (Muallif)

Maqola fizika fanini o'qitish metodikasidagi zamonaviy muammolarga bag‘ishlangan. Fizika o'qitish mctodikasining rivojlanish tarixidan misollar kcltirilgan. Maktablar, universitetlar va boshqa ta’lim muassasalarining o'quv jarayonida fizikaning o'rni belgilanadi. O'qitish mctodologiyasining zamonaviy tcndcntsiyalari tasvirlangan. Fizika o'qitish metodikasini rivojlantirishning qonuniyatlari ta’minlangan. Nazariy materialni o'rganish va laboratoriya ishlarini o'tkazish taqqoslangan. Fizika o'qitish metodikasining rivojlanishidagi qonuniyatlar ko'rsatilgan.

99-102 0 1

Atmosferaning chegara qatlamida chang va aerozol zarrachalarining tarqalish jarayonini sonli tadqiq etish

Normaxmad Ravshanov, Nadira Tashtemirova (Muallif)

Ushbu ishda atmosferaning yerga yaqin qatlamida ifloslantiruvchi moddalaming tarqalishini tahlil qilish va bashorat qilish uchun mo'ljallangan matematik model hamda o'tkazilgan sonli hisob-kitoblar natijalari taqdim etilgan. Model ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining ulaming tabiiy parchalanishi va fotokimyoviy o'zgarishi hisobiga kamayish jarayonini, shamol yo'nalishlarining o'zgarishi va hududning relyefi ta’sirini, shuningdek, atmosfera qatlamlanishining barqarorligiga qarab diffuziya va turbulent aralashish koeffitsiyentlarining o'zgarishini hisobga oladi. Qo'yilgan masalalarni yechish uchun yarim yashirin chekli ayirmalar sxemasi va “to'g'ri chiziqlar” usulini qo'llash orqali natijalaming yuqori aniqligi va barqarorligi ta’minlanadi.

155-158 0 0

Dermoskopik tasvirlarni qayta ishlashda katta ma’lumotlar tahlilining muammolari va yechimlari

Go‘zal Gulmirzaeva, Jamshid Rajabov (Muallif)

Sog'liqni saqlashda raqamlashtirish jarayoni dcrmoskopik tasvirlami avtomatlashtirilgan tahlil qilishni talab etmoqda. Bunday tasvirlar teri shishlarini, xususan melanomani erta aniqlashda muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada tasvirlarni qayta ishlashda uchraydigan asosiy muammolar - standartlashmaganlik, tanlama muvozanatsizligi va belgilar noaniqligi tahlil etiladi va shu asosda avtomatlashtirilgan tizim uchun ketma-ketlik diagrammasi loyihalashtirilgan.

204-207 1 0

Talaba yoshlarda kreativlikni rivojlantirishda interaktiv platformalarning ahamiyati

Gulnoza Rashidova (Muallif)

Mazkur maqolada talaba yoshlar orasida kreativ fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishda interaktiv platfonnalaming tutgan o‘mi yoritilgan. Muallif intcraktiv vositalarning ta’lim jarayonidagi rolini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilgan holda, ular orqali ijodiy faoliyatni rag'batlantirish mexanizmlarini ochib beradi. Shuningdck, maqolada zamonaviy raqamli platformalar misolida ta’limdagi kreativlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar keltirilgan.

207-211 1 1

Kompaniyalarning operatsion faoliyatini takomillashtirishda sun’iy intellekt tizimlarining roli

Rano Dadabayeva (Muallif)
Tashkiliy boshqaruv modellari ko’rib chiqilib, biznes modellari va operatsion modcllar tushunchalari berilgan. Tashkilotning operatsion faoliyatida qaror qabul qilishda Al tizimlarining roll va o‘mi ko‘rsatilgan.
10-13 1 1

Матнларни таҳлил қилиш иловалари

Нилуфар Ниёзматова, Нарзулло Маматов, Нафисахон Турғунова, Шаҳноза Туракулова (Muallif)
Ушбу маколада матнли маълумотларни тахлил қилиш ва таснифлаш жараёнлари тахлил этилган бўлиб, матнли маълумотлар турлари, яъни структураланган, структураланмаган ва ярим структураланган маълумотлар кўриб чиқилди ха мда уларни хусусиятлари келтириб ўтилди. Бундан ташкари, узбек тилидаги матнли маълумотларни қайта ишлаш бўйича мавжуд имкониятлар ва муаммоларга алохида эътибор каратилди. Хусусан, “Tahrirchi” тизими мисолида ўзбек тилидаги матнли маълумотларни тахлил қилишдаги ютуқлар ва камчиликлар келтириб ўтилди.
14-17 0 0

Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiris

Fotima Abdikarimova (Muallif)
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar bo‘lajak boshlang'ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu jarayonda yuzaga keladigan muammolami bartaraf etish uchun innovatsion ta’lim metodlarini qo‘llash zarurligi aytib o'tiladi.
17-20 1 0

Tibbiyot tasvirlariga ishlov berishda augmentatsiya usullari

Xabiba Abdiyeva, Saodat Olimjonova, G‘iyosjon Rabbimov (Muallif)
Tibbiyot tasvirlarini intcllcktual tahlil qilishda sun’iy intellckt (SI) modellari ko'plab imkoniyatlar yaratmoqda. Biroq, ushbu modellarning samarali ishlashi uchun katta va sifatli belgilangan (yorliqlangan) ma’lumotlar talab qilinadi. Tibbiyot sohasida bunday ma’lumotlami to'plash qiyin va xarajatli bo'lgani sababli, ma’lumotlar augmentatsiyasi usullari muhim ahamiyat kasb etadi.
20-22 0 0

ESP32 WEB serverinig apparat dasturiy taminotining tahlili va quduq suvi sathini aniqlash usullari

Farkhat Rajabov, Iroda Tojiboyeva (Muallif)
Ushbu maqolada ESP32 mikrokontrolleri asosida quduq suvi sathini monitoring qilish va nazorat qilish uchun web server arxitekturasi, apparativ hamda dasturiy ta’minotining tahlili amalga oshirilgan. Shuningdek, ESP32 platformasida real vaqt rejimida monitoring olib borish imkoniyatlarini kengaytirish uchun loT (Internet of Things- Buyumlar interneti) texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari o'rganiladi. Maqolada yer osti suvlarini kuzatish va nazorat qilish metod hamda usullari to‘la tahlil qilib chiqilgan. Ish davomida ishlab chiqilgan uskunaning texnik parametrlari va dasturiy ta’minotining ishlash tezligi bo’yicha eksperimental natijalar keltirilgan. Mazkur tizim suv resurslarini samarali boshqarish, ekologik monitoring hamda qishloq xo'jaligi sohasida kcng qo'llanilishi mumkin.
22-25 1 0

Oliy ta’limda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt orqali barqaror ekotizimlarni shakllantirish

Maksim Ponomarev (Muallif)
Maqola raqamli transformatsiya va sun’iy intellektning oliy ta’limda barqaror ekotizimlami shakllantirishga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan. Ishda ilg'or raqamli tcxnologiyalarni, masalan, bulutli xizmatlar, katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt va mashinaviy o’qitishni joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari ko’rib chiqiladi. Ushbu texnologiyalar ta’lim jarayonini optimallashtirish va o'quv yurtlarini boshqarish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
30-32 0 0

Oliy ta’lim muassasalarida ta’limning sifati va tarbiyaviy ahamiyatini oshirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish

Sojida Abdurazaqova, Zafar Xasanov (Muallif)
Mazkur maqola oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va tarbiyaviy ahamiyatni yaxshilashga qaratilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining amaliyotga tatbiq etilishi masalalariga bag'ishlangan. Maqolada oliy ta’lim texnologiyalarining roli, samaradorligi, ta’lim muassasalarida ulami qo’llash jarayonidagi muammolar va imkoniyatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, oliy ta’lim tizimini innovatsion texnologiyalar bilan boyitish, ta’lim metodlarini takomillashtirish takliflari hamda tavsiyalari keltirib o'tiladi. Ushbu maqola oliy ta’lim sohasidagi pedagogik jarayonlami yanada sifatli va samarali tashkil etishda amaliy tavsiyalar berishga intiladi.
32-37 0 0

Davlat tashkilotlarining bitiruvchiga bo‘lgan ehtiyoji va talablari

Barno Daminova, Irina Bozorova, Muqaddas Pardayeva (Muallif)
Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasi sharoitida davlat tashkilotlarining zamonaviy bitiruvchilarga bo’lgan ehtiyoji va ularga qo‘yiladigan talablar atroflicha tahlil etilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari bilan davlat sektoridagi hamkorlik, amaliyot tizimi va mchnat bozoriga mos ta’lim stratcgiyalari muhokama qilinadi. Tahlillar orqali ta’lim sifatini oshirish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar beriladi.
37-40 0 0

Rentgen tasvirlarni shakllantirish vositalari

Narzullo Mamatov, Malika Jalelova, Islomjon Jo‘raev (Muallif)
Mazkur ishda rentgen tasvirlarini shakllantirish texnologiyalarini tarixiy rivojlanishi, ishlash tamoyillari va zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Bunda asosan rentgen tasvirlashni an’anaviy usullaridan tortib, sun’iy intellekt bilan integratsiyalangan ilg‘or tizimlargacha bo'lgan texnologiyalar ko'rib chiqilgan. Shuningdek, ishda rentgen tizimlarini yutuq va kamchiliklari tahlil qilingan bo‘lib, ushbu ma’lumotlar tibbiyot mutaxassislari va ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
44-46 1 1

Talabalarga robototexnikani o‘rgatishda sun’iy intellektning ahamiyati

Qayum Karimov (Muallif)
Maqolada talabalarga robototcxnikani o'rgatishda sun’iy intcllckt tushunchasi va uninig mohiyatinidan ta’limda foydalanishga oid metodik tavsiyalar berilgan. Dars jarayonida sun’iy intellekt tushunchasi va uninig mohiyatinidan foydalanishning samarali jihatlari o'rganilgan.
46-49 0 0

Nutq signali orqali inson hissiyotlarini aniqlash tizimlari tahlili

Akbarjon Madaminjonov, Muxtaram Madrahimova (Muallif)
Mazkur tadqiqot nutq signali orqali inson xis-tuyg‘ularini aniqlashni mavjud tizimlarini tahlil qilishga bag'ishlangan bo‘lib, bunda asosan ochiq va yopiq kodli tizimlar o‘rganilgan va ulami ishlash tamoyillari, tcxnik xususiyatlari, imkoniyatlari va qo'llanilish sohalari taqqoslangan. Shuningdek, ishda nutq signali orqali inson xis-tuyg‘ularini aniqlash tizimlarini turli tillarda ishlash xususiyatlari va aniqlik darajalari ham ko'rsatib o'tilgan.
55-58 0 0

Qishloq xo‘jaligi faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi

Mohinur Muxtarova (Muallif)
Ushbu maqolada, iqtisodiyoti rivojlangan dunyo mamlakatlarining qishloq xo‘jaligi faoliyatida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishdagi tajribasi hamda samaradorligi haqida so‘z boradi.
58-61 0 0

Lalmi yerlarda suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati

Ramziddin Sharopov (Muallif)
Ushbu maqolada Lalmi yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida lalmi yerlarda suv tejamkor texnologiyalami qo'llash va suvdan foydalanish va sug‘orish usullari haqida yoritilgan.
61-64 2 0

Raqamli texnologiylar va sun’iy intellektning fan-ta’lim va sanoatdagi roli

Shoira Sottorova, Hilola Hikmatova (Muallif)
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektning zamonaviy jamiyatdagi o'rni, xususan, ularning fan, ta'lim va ishlab chiqarishda qo'llanilishi ko'rib chiqiladi. Sun'iy intellekt texnologiyalarining amaliy qo'llanilishi, ularning inson faoliyatiga ta'siri, samaradorligi va rivojlanish istiqbollari yoritilgan.
64-66 0 1

YER TUZISH CHIZMALARINI ISHLAB CHIQISHDA RAQAMLI TEXOLOGIYALARNING ROLI

Madina Tadjiyeva (Muallif)
Ushbu maqolada yer tuzishda jumladan, yer tuzish chizmalarini ishlab chiqishda raqamli texnologiyalardan foydalanish zarurati, bugungi kunda foydalanilayotgan raqamli texnologiyalar va dasturiy ta’minotlar haqida fikr mulohazalar keltirilgan.
66-69 0 0

Gibrid energiya ta’minoti manbalarini monitoring ma’lumotlariga ishlov beruvchi dasturiy ta’minotni loyihalashtirish

Azizbek Temirov (Muallif)
Bugungi kunda maishiy texnika vositalari va aqilli tizimlaming rivojlanishi natijasida energiya ta’minoti tizimlariga qo’yilayotgan talablaming ortishi bilan bog'liq muammolami hal etishda qayta tiklanuvchi energiya ta’minoti manbalari, zaxira manbalari va markaziy energiya ta’minoti tarmog’iga moslashuvchan boshqaruv ta’minlangan holda o'rnatish taklifi sifatida kiritilgan. Shu maqsadda ushbu maqolada gibrid energiya ta’minoti manbalarining ma’lumotlar manbalari va loT asosida monitoring ma’lumotlarini yig'ish va ishlov berish uchun ilovaning foydalanish texnologiyasi, qo'llanilish sohasi va ma’lumotlar bazasining loyihasi ishlab chiqilgan.
69-74 0 0

Ta’lim samaradorligini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Dildora Xolmatova (Muallif)
Ushbu maqolada ta’lim samaradorligini oshirishda innovatsion pedagogik tcxnologiyalami qo’llash masalasi muhokama qilinadi. Maqolada, interaktiv o'qitish, gamifikatsiya, online ta’lim va shaxsiy yondashuv kabi innovatsion metodlarning ta’lim jarayoniga ta’siri tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari asosida, o’quvchilaming motivatsiyasi, akademik natijalari va ijodiy salohiyatini yaxshilanishiga erishilganligi ko’rsatildi.
77-81 0 0

Tarix fanini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati

Nargiza Yusupova (Muallif)
Ushbu maqola tarix fanini o’qitishda pcdagogik tcxnologiyalaming ahamiyatini tadqiq etadi. Ta’lim jarayonida innovatsion metodlar, xususan, interaktiv o'yinlar, guruhli muhokamalar va amaliy tadbirlar orqali o'quvchilaming tarixiy bilish jarayoni qanday samarali olib borilishi ko'rsatilgan. Ota-onalar va jamoatchilikning ta’lim jarayonidagi ishtiroki, o’quvchilaming tarixga bo’lgan qiziqishini oshirish borasidagi roli muhokama qilinadi.
81-84 1 0

Ta’lim jarayonida sun’iy intellektning roli

Durdona Abdualiyeva (Muallif)
Ushbu tadqiqotning maqsadi sun’iy intellekt Al ta’lim jarayonida qanday muhim rol o'ynashini tahlil qilishdir. Maqolada zamonaviy Al texnologiyalari ta’lim sohasidagi bir qator muammolami, masalan, o’quv materiallariga kirish to'siqlari, o’qishdagi qiyinchiliklar va ta’lim resurslarining yctishmasligi kabi muammolami qanday hal qilishi mumkinligi ko'rib chiqiladi.
85-88 0 1

Xalqaro iqtisodiy integratsiya sharoitida o‘zbekiston hududlarining eksport salohiyatini tahlil etishda aqlli tizimlar va raqamli texnologiyalardan foydalanish

Akmal Abdujabborov (Muallif)
Maqolada xalqaro integratsiya sharoitida О zbekiston hududlanning eksport salohiyatini baholash va rivojlantirishda aqlli tizimlar va raqamli tcxnologiyalaming roli tahlil qilingan. Mavjud muammolar o‘rganilib, eksportning barqaror o'sishini ta’minlash uchun raqamli vositalami samarali joriy ctish bo‘yicha tavsiyalar bcrilgan.
88-91 0 0

Ai hayotimizni qanday o‘zgartirmoqda: zamonaviy voqelik va kelajak

Zoyirjon Ibragimov, Nargiza Ibragimova (Muallif)
Sun’iy intellekt (Al) inson faoliyatining ko’plab jabhalariga faol ta’sir ko‘rsatuvchi kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Al lexnologiyalari kundalik vazifalami avtomatlashtirish, xizmat sifatini yaxshilash va tibbiyot, ta’lim, transport, moliya va o‘yin-kulgi kabi turli sohalarda qulaylikni oshirish uchun ishlatiladi. Masalan, ovozli yordamchilar, tavsiya tizimlari, aqlli uylar va chatbotlar kundalik ishlarni ancha osonlashtiradi. Biroq, afzalliklari bilan bir qatorda, Al axloq, maxfiylik va ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog'liq savollami tug’diradi. Sun’iy intcllcktning mehnat bozoriga ta’siri inson mehnatini almashtirish haqida tashvish uyg’otadi, texnologiyaning jadal rivojlanishi esa yangi sharoitlarga moslashish zaruratini kcltirib chiqaradi. Ushbu mavzu sun’iy intcllcktni joriy qilish bilan bog’liq foyda va xavflarni o’rganish, shuningdek, hayot sifatini yaxshilash va potentsial tahdidlarni minimallashtirish uchun undan samarali foydalanish strategiyalarini ishlab chiqish muhimligini ta’kidlaydi.
102-106 0 0

O‘zbekiston Respublikasida yer resurslarini boshqarish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi

Rasuljon Mamatov (Muallif)
Maqolada yer tuzish bo'yicha xorijiy tajribalar tahlil qilinib, yer tuzishdagi muammo va ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan. Xorijiy mamlakatlarda ycrlami kadastr ro'yxatidan o‘tkazish va xatlovni amalga oshirish bo‘yicha tasniflanishlari muhokama qilingan.
112-114 0 0

Ilmiy merosni saqlashda sun’iy intellektdan foydalanish: fizika-texnika instituti arxivlarini tizimlashtirish va raqamli tahlil qilish

Dilrabo Fazilova (Muallif)
Ushbu maqolada ilmiy-tarixiy merosni raqamlashtirish, tizimlashtirish va tahlil qilishda sun’iy intellekt tcxnologiyalarining imkoniyatlari tahlil qilinadi. Fizika-tcxnika instituti arxiv materiallari misolida amaliy tajriba asosida yaratilgan raqamli platformaning metodologiyasi va dasturiy vositalari ko’rib chiqiladi. Arxiv hujjatlarini OCR tcxnologiyalari yordamida raqamlashtirish, semantik tahlil, avtomatik tasniflash va ilmiy bilimlar grafikini yaratish kabi yo’nalishlar tahlil qilinadi.
126-129 0 0

Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning funksional modeli

Marxabo Qilichova (Muallif)
Ushbu maqolada Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglami ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari, Sharof Rashidov asarlari asosida bo’lajak pedagoglami ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning funksional modeli, bo’lajak pedagoglami ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning innovatsion usullari tadqiq etiladi.
133-137 0 0

Intuitsion noravshan choquet integral operatoriga asoslangan ko‘p mezonli qaror qabul qilish uchun ishonchli yondashuv

Dilnoz Muhamedieva, Charos Xidirova (Muallif)
Mazkur maqolada ko‘p mezonli qaror qabul qilish masalalarini yechishda intuitsionistik noravshan to'plamlar hamda agrcgatsiya opcratorlaridan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Asosiy e’tibor mezonlararo o'zaro bog'liqliklarni samarali hisobga oluvchi intuitsionistik noravshan Choquet integral operatoriga qaratilgan bo'lib, u lingvistik baholash natijalarini intuitsionistik noravshan qiymatlar ko'rinishida ifodalash imkonini beradi.
140-143 0 1

Yerni masofadan zondlash tasvirlariga dastlabki ishlov berishda diskret gistogramma modeli

Mirzayan Kamilov, Mirzaakbar Xudayberdiyev, Anvar Ravshanov, Feruza Samadova (Muallif)
Ushbu maqolada yerni masofadan zondlash tasvirlariga dastlabki ishlov berishda diskret gistogramma modeli asosida tahlil qilingan. Modelni qo'llash samaradorligi va uning muhim darajasi, sifati va o'ziga xosligi kcltirib o'tilgan. Bundan tashqari, ycmi masofadan zondlash orqali obektlami tanib olish samaradorligini oshirishda infraqizil kanallaming amaliy ahamiyati kcltirilgan.
150-153 0 0

Raqamli video tasvirni qayta ishlashga zamonaviy yondashuvlar tahlili

Mirzaakbar Xudayberdiyev, Ra’noxon To‘xtasinova (Muallif)
Ushbu maqola raqamli video tasvirlarni qayta ishlash - bu videolarning sifatini yaxshilash, tasvirlarni optimallashtirish va tahlil qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Maqolada zamonaviy tcxnologiyalar, xususan, sun’iy intcllckt va mashinaga o'qitish asosidagi usullar, shuningdek, videolarda shovqinlarni kamaytirish, tasvimi tikiash, rangni to‘g‘rilash va video siqishni takomillashtirish kabi yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.
158-163 0 0

Ўпка соҳасини аниқлашни такомиллаштирилган нейрон тармоқ модели

Нарзулло Маматов, Малика Жалелова, Вохид Файзиев (Muallif)
Мазкур тадқикот иши ўпка рентген таевирларини ссгмснтациялаш масаласига бағишланган бўлиб, унда анъанавий U-Net архитектурасини резидуал боғланишлар ва адаптив ўқитиш механизмлари билан такомиллаштириш гояси илгари сурилган ҳамда ушбу моделни тажрибаларда синовлардан ўтказиш амалга оширилган. Натижада модель юқори аниқлик, Dice коэффициента ва IoU кўрсагкичларига эришганлиги қайд этилган.
164-166 0 0

Neyron tarmoqlardan foydalangan holda geomagnit faollik indeksini prognoz qilish

Alisher Nazarov (Muallif)
Maqolada neyron tarmoqlardan foydalangan holda geomagnit К - indeksini neyron tarmoqli prognozlash keltirilgan. Neyron tarmoqlami qurish ko'p qatlamli perseptron va radial bazis funksiyalar tarmog'i uchun amalga oshirildi. Neyron tarmoq modellari statistik modellarga nisbatan geomagnit К indeksini qisqa muddatli prognozlashda minimal xatoga ega.
170-172 0 0

Tibbiyotda endokrin kasalliklarning oldini olishda mashinaviy o‘qitishga asoslangan yondashuvni qo‘llash

Axram Nishanov, Farxod Mengturayev (Muallif)
Maqolada tibbiyotda cndokrin kasalliklar profilaktikasida mashinali o'qitishga asoslangan yondashuvlar, ularning afzalliklari va qo‘llanilish istiqbollari yoritilgan. Ma’lumotlami yig'ish, tahlil qilish va mashinali o'qitish algoritmlari yordamida kasalliklaming erta bosqichlarini bashorat qilish imkoniyati ko'rib chiqilgan.
173-177 0 0

Mexanik ishlov berish sanoatida raqamli texnologiyalar kesib aylana silliqlash jarayonini modellashtirish misolida

Larisa Sulyukova, Sindor Jumayev, Mavludaxon Iminjonova (Muallif)
Ushbu maqolada mexanik ishlov bcrish sanoatining texnologik jarayonlarini tahlil qilish va optimallashtirishda metama’lumotlarga asoslangan raqamli modeliar va tizimlaming o'mi ko‘rib chiqilgan. Dasturiy muhitda modcllashtirilgan dumaloq tashqi o'yma silliqlash jarayoni misolida jarayonning dinamik tizimini bosqichma-bosqich tahlil qilish amalga oshirildi.
183-186 0 0

Termoelastiklik nazariyasi masalalarini kuchlanishlardagi model tenglamasi

Otajon Tilovov, Akmal Bobanazarov (Muallif)
Termoelastiklik nazariyasi masalalarni odatda kuchlanishlarda yechishda Eri kuchlanish funksiyasi kiritib yechilgan lekin biz bu ishda hech qanday qo'shimcha funksiya kiritmasdan to‘g‘ridan tog'ri kuehlanishlarga nisbatan termoelastiklik nazariyasi masalasini fazoviy holatda qo'yilishi va yechish algoritmi ko‘rsatib o‘tilgan.
186-188 0 0

Shaxsni tanib olishda nutq signallarining xususiyatlari va parametrlarini shakllantirish

Faxriddin Abdirazakov (Muallif)
Ushbu maqolada shaxsni tanib olish tizimlarida nutq signallarining roli, ularning xususiyatlarini ajratib olish va parametrlarini shakllantirish jarayonlari yoritiladi. Nutq signalining biomctrik idcntifikatsiyadagi o'ziga xosligi, ayniqsa, har bir insonning fonctik va akustik jihatdan takrorlanmas nutq xususiyatlariga asoslanadi.
194-198 0 0

SI/Cu plenka sirtiga O 2 + ionlari bilan implantatsiya qilinganda nanoo‘lchamli plyonkasining hosil bo‘lishi

E Rabbimov, R Saitqulova (Muallif)
O2+ ionlari bilan implantatsiya qilingandan kcyingi Si-Cu(lOO) sirt yuzasi va sirt qismi tarkibining va tarkibidagi atomlar taqsimlanishi tekshirilgan. Bu ishda Si/Cu(100) tizimini Ch+ ionlari bilan ionli implantatsiya qilish natijasida sirt yuza bo'ylab va sirt yuza qatlami tarkibidagi atomlarning taqsimlanishini tekshirish ishi birinchi marta o‘tkazilmoqda. Toza Si/Cu tizimini Ch+ iolari bilan implantatsiya qilish va qizdirish yo‘li bilan d ~1,5-2 nm qalinlikdagi SiCh nanoplyonkasini olish imkonini bcrar ckan.
198-201 0 0

Нутқни қайта ишлашда коҳонен харитасини қўллаш ва уни самарадорлигини баҳолаш

Нилуфар Ниёзматова, Куаныш Жалелов, Барно Абдуллаева (Muallif)
Мазкур тадқиқотда нутқ сигналини шовкинлардан тозалаш учун Кохонсн харитасига асосланган янги сндашув таклиф этилган. Бунда нугқни частота ва энергия хусусиятлари асосида ва Коҳонен харитаси ёрдамида шовқинли кластерлар аниқланган ҳамда шовқин даражасини тахмин қилиш учун “Minimum Statistics Noise Estimation” усулидан фойдаланилган. Бу юқори шовқин даражаларида хам баркарор натижалар олишга имкон берган. Хусусият сифатида паст шовқин даражаларида MFCC, юқори шовқин даражаларида эса Log-Mel спектрограммасидан фойдаланилган. Тажрибалар турли шовкин даражаларида (1%, 5%, 10%, 15%, 20%, 25% ок шовкин) ўтказилиб, натижалар PESQ (Perceptual Evaluation of Speech Quality) метрикаси ёрдамида баҳоланган.
201-204 0 0

Фермер хўжаликларида чекланган сув ресурсларини тақсимлаш масаласининг алгоримтлари

Бахтияр Жарилканов (Muallif)
Мазкур мақолада табиий ресурсларни фойдаланиш билан боғлиқ бўлган кўпчилик масалаларни экологик-иқтисодий кўз-қараш асосида счиш учун математик моделларнинг мажмуасини тузиш керак. Бу моделлар экологик - иқтисодий тизимларнинг хар хил хусусиятларини хисобга олган холда, урганиластган тизимнинг амалга оширишнинг аник томонларини тасвирлаб бериши керак. Бу ҳолатда кўп сонли янги масалаларни ечиш керак бўлади. У масалалар экологик-иқтисодий тизимлароии моделлаштиришга ва анализ қилишда пайдо бўлади.
211-215 0 0

Kaft tasviri bazalarini tuzilishi, texnik xususiyatlari, qo‘llanilishi va zamonaviy muammolari

Ergash Saliyev, Elmurod Kodirov, Bektosh Shukrulloyev (Muallif)
Mazkur tadqiqotda kaft tasviri bazalari biometrik identifikatsiya tizimlarining asosiy resursi sifatida har tomonlama tahlil qilingan bo'lib. unda bazalami tuzish jarayoni, ularni texnik xususiyatlari va qo'llanilish sohalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, CASIA Palmprint, NEC Palm Database va PolyU Multispcetral kabi mavjud bazalar tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida sifat muammolari, maxfiylik masalalari, standartlashtirishdagu muammolar va texnik cheklovlar aniqlangan bo'lib, ishda ularni hal etish uchun tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.
228-232 0 0

Sust shakllangan jarayonlar tushunchasi va xususiyatlari

Aleksandr Kabildjanov , G‘iyos Pulatov (Muallif)
Mazkur tadqiqot ishi sust shakllangan jarayonlami asosiy tushunchalarini va xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan bo'lib, unda tibbiy, ijtimoiy va texnologik tizimlarda uchraydigan jarayonlar, jumladan noaniqlik, ko‘p omillilik va formal modellashtirish murakkabligi kabilar bayon etilgan.
225-228 0 0

Atmosferada zararli moddalarning tarqalish jarayonining diffuziya koeffitsiyentlarini inobatga olib matematik modellashtirish

Iroda Nabieva (Muallif)
Ushbu tadqiqotda atmosferadagi zararli moddalaming tarqalishida, diffuziya jarayonini hisoblashda shamol tczligi, zarrachalar o'lchami va harorat kabi diffuziya koeffitsentlarini hisobga olgan holda matematik modellashtirildi.
223-225 0 0

Dasturiy ta’minotni loyihalashda idef metodologiyalarini qo‘llash

Narzullo Mamatov, Nurbek Nuritdinov (Muallif)
Mazkur tadqiqotda IDEF mctodologiyasini turlari tahlil qilingan bo'lib. unda nutqni matnga va matnni nutqqa o‘tkazish hamda o‘zbek tilidan rus va ingliz tillariga tarjima qilish jarayonlarini modellashtirish uchun mos metodologiyalar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, STT va TTS jarayonlari uchun IDEFO va IDEF3, tarjima tizimlari uchun esa IDEF1X eng maqbul metodologiyalar sifatida tanlangan hamda ushbu model asosida foydalanuvchilami nutq va matnli ma’lumotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan veb-ilova ishlab chiqilgan.
259-260 0 0

Klassik tasvirni kvant tasvirga aylantirish algoritmlari va vositalari

Ozod Babomuradov, Ro‘zimboy Sobirov (Muallif)
Ushbu tadqiqotda klassik tasvirlarni kvant tasvirlariga aylantirish algoritmlari tahlil qilinadi, bu esa kvant tasvirlarni qayta ishlashning muhim bosqichlaridan biridir. IBM real vaqt kompyuterida va Aer simulyatorida 8 000 ta tortishish bilan kvant sxemasi, tasvirni kvant fonnatiga samarali kodlash va qubitlardan foydalanish miqdorini optimallashtirish bo'yicha taklif etilgan yondashuvni taqdim etamiz. Tadqiqot natijalari kvant tasvirlarni qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirishga hissa qo'shishi mumkin.
246-250 0 1

Atmosferada shamol tezligining fazoviy taqsimlanishini modellashtirish

Nodira Eshboyeva (Muallif)
Ishda Navye-Stoks tenglamalari asosida atmosferadagi uch o‘lchovli shamol tezligi maydonini sonli modellashtirish keltirilgan. Oshkormas ayirmali sxema va yuqori tartibli approksimatsiya yordamida gidrodinamik masalani yechishning turg'un algoritmi ishlab chiqilgan. Modelda havo massasi tezligining u, v va w yo'nalishlarida fazoviy-vaqt bo'yicha o‘zgaruvchanligi hisobga olingan, bu esa atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning ko‘chishi iarayonlarini aniqroq tavsiflash imkonini beradi.
239-242 0 0

Ikkinchi tartibli singulyar differensial tenglama uchun chegaraviy masalaning chebishev polinomlari bilan yechimini spektral usulda o ‘rganish

Jangeldi Uzakbaev (Muallif)
Ushbu maqolada ikkinchi tartibli singulyar diffcrcnsial tcnglama uchun chegaraviy masalaning Chebishev polinomlari yordamida spektral usulda yechimini topish va tahlil qilish masalasi ko'rib chiqilgan.
237-239 0 0

Qismiy pretsedentlik tamoyillariga asoslanib ishlab chiqilgan algoritmlar ansamblidan foydalanib saraton bosqichlarini tasniflash

Mirzayan Kamilov, Nurmuhammad Alimqulov, Mahliyoxon Madaminova (Muallif)
Maqolada qismiy pretsedentlik tamoyillariga asoslangan ansambl algoritmlaming saraton bosqichlarini tasniflashdagi samaradorligi o'rganilgan. Chiziqli tutashuv asosidagi vaznlashgan qaror qabul qilish mexanizmi saraton turlarini (Cl6, Cl7, Cl8, C44, C50, COO) yuqori aniqlikda tasniflash imkonini berdi. Manhattan masofasi va bo‘sag‘a qiymatlari asosidagi tasniflash usuli ishlab chiqilib, natijalari klassik algoritmlar bilan taqqoslangan. Taklif etilgan ansambl algoritm tasniflash aniqligini 94,7-96,2% ga oshirib, mavjud algoritmlardan 3-10% yaxshiroq natija ko'rsatdi.
264-268 0 0

Чуқур нейрон тармоқ технологиялари ёрдамида буйрак патологияларини фарқлаш

Нарзулло Маматов, Исломжон Жўраев, Барно Абдуллаева (Muallif)
Мазкур тадқиқот иши буйрак компьютер томография тасвирларидаги патологияларни чукур нейрон тармоклар ёрдамида таснифлаш масаласига бағишланган бўлиб, унда нафакат «нормал/патологик» каби бинар таснифлаш, балки патологиялар ўртасидаги мураккаб дифференциал ташхис масалалари х,ам тахдил қилинган. Шунингдек, ишда патологияларни таснифлаш учун комбинатор ёндашув таклиф этилган бўлиб, бунда дастлаб тўртлик таснифлаш модели орқали умумий ташхис қўйиш, шубҳали холатларда эса иккилик ёки учлик моделлар билан қўшимча текширув ўтказиш клиник амалиёт учуй мақбул бўлиши кўрсатиб бсрилган.
268-271 0 0

To‘liq fazoda pretsident obyektlarni aniqlash algoritmi

Axram Nishanov, Fayzulla Ollamberganov, Umidjon Odiljonov (Muallif)
Ushbu tadqiqot timsollarni tanib olish va tasniflash jarayonlarida multiklasterlashning muhim jihati bo'lgan prctsidcnt obycktlami tanlash muammosini hal qilishga bag‘ishlangan. Nominal va sonli belgilar fazosini hisobga olgan holda pretsident obyektlarni tanlashning yangi algoritmi taklif etildi. Bu algoritm ma’lumotlaming aniq, barqaror va shaffof klassifikatsiyasini ta’minlab, ayniqsa tibbiy diagnostika jarayonlarida tahliliy qarorlar qabul qilish samaradorligini oshiradi.
280-283 0 0

Kaft izi ma’lumotlarini to‘plash usullari

Usmon Shadiyev, Asliddin Qodirov, Muhammad Abduraxmonov (Muallif)
Mazkur maqolada insonning biometrik identifikatsiyasi sohasida kaft izi ma’lumotlarini to'plash usullari tahlil qilingan. Asosan, kaft izini to'plashning ikki xil usuli -oflayn va onlayn metodlari solishtirilib, ularning afzalliklari va kamchiliklari yoritilgan. Oflayn usulda siyohli tasvirlar asosida ma’lumot yig'ish tcxnikasi izohlangan, onlayn usulda esa real vaqt rejimida ishlaydigan qurilmalarning arxitekturasi, foydalanuvchi interfeysi va optik tizim talablari ko‘rib chiqilgan.
283-286 0 1

Тасвирлардан объектларни ажратиб олиш усуллари

Ахмад Хашимов (Muallif)
Тасвирлардан объектларни ажратиб олиш усуллари мақоласида Тасвирда объектларни сегментлаш алгоритмларининг асосий турлари ўрганилган ҳамда уларнинг асосий афзалликлари ва камчиликлари ҳақида маълумот келтирилган. Қўйилган масаланинг хусусиятига қараб усуллардан бирини ёки бир нечтасини танлаш имкониятлари келтирилган.
286-289 0 0

Sun’iy intellekt muammolarini hal qilishda algoritmlash masalalari

Buvsara Djurayeva (Muallif)
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) muammolarini hal qilishda algoritmlaming o'rni va ulaming samaradorligini oshirish usullari haqida so‘z yuritiladi. SI tizimlarida qo‘llaniladigan asosiy algoritmik yondashuvlar tahlil qilinadi hamda ulaming afzalliklari va chcklovlari yoritiladi. Maqolada ilg‘or adabiyotlardan foydalanilgan bo’lib, ular sun’iy intellekt algoritmlarining nazariy va amaliy jihatlarini o’rganishga yordain beradi.
289-293 0 0

Inson oyog‘i rentgenografik tasvirlariga ishlov berish algoritmlari

Ozod Yusupov, Xabiba Abdiyeva, Oybarchin Davronova (Muallif)
Ushbu tezisda inson oyog‘ining rentgen tasvirlariga ishlov bcrish algoritmlarining umumiy tavsifi keltirilgan bo'lib, ular oyoqdagi turli holatlami, jumladan, sinishlar, deformatsiyalar va bo'g'im kasalliklarini tashxislash uchun muhimdir. Tadqiqot tasvirlarda o‘zgarishlami aniqlash, segmentatsiya va belgilami ajratib olish kabi bir nechta tasvirga ishlov berish usullarini o'rganadi, bu csa rentgen tasvirlarining sifatini yaxshilash va tashxis aniqligini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, tezisda rentgen tasvirlarida shovqin, buzilish va past kontrastni boshqarishdagi qiyinchiliklar muhokama qilinadi va ushbu muammolami kamaytirish bo‘yicha usullar bayon etilgan. Ushbu algoritmlami amalga oshirish orqali tadqiqot oyoq bilan bog‘liq tashxislaming samaradorligini oshirish va tibbiy qarorlar qabul qilishni yanada samarali qilishni maqsad qiladi.
298-300 0 0

Nutq signallari asosida tilni aniqlashning zamonaviy yondashuvlari

Kamoliddin Shukurov, Umidjon Xasanov, Mohidil Rahmonova (Muallif)
Hozirgi kunda inson va mashina o'rtasidagi tabiiy muloqotni ta’minlovchi tizimlar kcng rivojlanmoqda. Ular orasida foydalanuvchining tilini aniqlash masalasi alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada nutq signallari asosida tilni aniqlash (Language Identification - LID) masalasi, uning qo'llanilish sohalari, muammolari va zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Tilni aniqlash tizimlarida klassik mashinali o'rganish (GMM, SVM, i-vector) hamda chuqur neyron tarmoqlarga (CNN, RNN, Transformer) asoslangan yondashuvlar solishtiriladi. Code-switching va Open-set LID kabi murakkab holatlar uchun ishlatilayotgan ilg‘or yondashuvlar ko'rib chiqilib, o'zbek tili kabi kam o'rganilgan tillar uchun amaliy istiqbollar muhokama qilinadi. Maqola natijalari ko‘p tilli interaktiv ovozli tizimlarni yaratishda muhim nazariy va amaliy asos bo'lib xizmat qiladi.
300-304 0 0

Nutq signallarini intellektual tahlil qilish algoritmlari tahlili

Faxriddin Abdirazakov, Sulton Nasirov, Urolboy Husanov (Muallif)
Ushbu maqolada nutq signallarini intellektual tahlil qilishda qo'llaniladigan zamonaviy algoritmlar va ulaming ilmiy-amaliy ahamiyati ko'rib chiqiladi. Sun’iy intellekt va mashinali o'rganish texnologiyalarining rivojlanishi natijasida nutq signalini avtomatik qayta ishlash, xususiyatlarini ajratib olish va tanib olish imkoniyatlari kengaymoqda. Tadqiqotda MFCC, CNN va RNN kabi ilg'or mctodlar asosida modellashtirish jarayonlari tahlil qilinadi. Nutqni matnga aylantirish, gapiruvchini identifikatsiyalash hamda kontekstni tushunish kabi muammolami hal qilishga xizmat qiluvchi algoritmlar yoritiladi. Natijalar intellektual ovozli intcrfcyslar, xavfsizlik tizimlari va lingvistik ilovalarda qo'llanishi mumkin.
304-307 14 6

Фанга бахшида ҳаёт

Озод Бабомурадов (Muallif)
Ҳар бир инсон хаёти давомида қайсидир йўналишда қандайдир даражада из қолдиради. Баъзилар билинар-билинмас из қолдирса, айрим катта ҳарфлар билан ёзилувчи инсонлар хаётда шундай из қолдирадики, ундан нафақат ушбу инсонни ёдлаш, балки, бир нсча авлод ёшлари учун ўрнак машъали ва тимсоли бўлиб қолади.
308-310 0 1

LSTM Asosida matnlardan bilimlar bazasini yaratish

Dilnoz Muhamediyeva, Sanjar Ungalov, Nafisaxon Turg‘unova (Muallif)
Ushbu maqolada matnlardan muhim obyektlami ajratib olish va bilimlar bazasini yaratish uchun chuqur o'rganishga asoslangan model taklif etiladi. Nomlangan obyektlami aniqlash (Named Entity Recognition, NER) vazifasi uchun uzoq qisqa muddatli xotira (Long Short-Term Memory, LSTM) modcli qo'llanilgan. Ma’lumotlar oldindan qayta ishlanib, tokenizatsiya va one-hot kodlash usullari orqali raqamli shaklga o‘tkaziladi. Model turli obyekt turlarini (shaxs nomlari, sanalar, joy nomlari) ajratib olish uchun o'qitiladi va baholanadi. Eksperimental natijalar modelning samaradorligini ko‘rsatadi va turli parametrlaming ta’siri tahlil qilinadi.
315-318 0 1

Маълумотларни интеллектуал таҳлиллаш учун башоратлаш ёндашувлари

Озод Бабомурадов, Озоджон Хайдaров (Muallif)
Ушбу макола бошқарув тизимларида сифатли қарорлар кабул қилиш учун маълумотлар асосида башорат модслларини ишлаб чиқиш заруратига бағишланган. Маълумотларни таҳлил қилиш ва башоратлаш жараёнида вактли каторлар асосидаги усуллар кўрсатилган. Вақтли каторлар анализи ва бошкарув стратегияеини шакллантиришдаги аҳамияти, аниқлик ва самарадорликка таъсири ҳамда натижаларнинг ишончлилигини ошириш учун зарур бўлган математик модель ва алгоритмлар тахдили келтирилган.
318-322 0 1